Namunaviy torshiriqlar
Meva va gullar tasviridan yo’lsimon, kvadrat, to’rtburchak shaklda naqsh namunalaridan ko’chirish. Ijodiy tarzda naqshlar ishlash. Hayvonlar tasvirini tabiiy materiallardan (barglar, o’t-o’lanlar va hokazo) applikatsiya yo’li bilan ishlash. "Toshbaqa bilan chayon" masali, o’zbek xalq ertaklaridan "Sham ko’targan mushuk", "Bo’ri bilan mergan", "Echki va uning bolalari" va "Tulki bilan tovus" ertaklari asosida rasm ishlash. "Navro’z" bayramiga atab tabriknoma eskizini tayyorlash.
v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)
Harakatdagi odam, hayvonlarning asosiy va tana qismlari, harakatdagi holatlarini, xalq ustalarining o’yinchoq yasash texnikasi bilan yaqindan tanishishtirish va bu texnikada ishlash malakalarini hosil qilish; tasvirlashga o’rgatish; tasvirlanayotgan obrazning kayfiyatini haykalda ifodalay olish, obraz yoki detallarning o’zaro bog’liqligini hisobga olib tasvirlashga o’rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
"Tuyalar karvoni" (jamoa ish), "Sirk sahnasidagi tomosha", “Xo’tik yetaklagan bola” mavzusida, shuningdek, “Bo’ri bilan mergan” ertagi asosida haykallar ishlash.
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san’at
asarlarining ro’yhati:
G.Kazakov “Qovun bozori”; U.Mo’min “Xirmon”,“Anorlar”; M.Jo’raboev “Hosil”; P.Benkov “Dugonalar”; P.Leviskiy "Susambil"ga ishlangan illyustrasiyalar; R.Ahmedov “Dam olish”; Ye.Melnikov “Anorlar”; Yu. Yelizarov “Tarvuzli natyurmort”; O’.Tansiqboev “Sirdaryo”, “Tog’da kuz”, “Chorvoq qurilishida”; A.Mahkamov “Dorbozlar”, "O’zbekiston ko’chma sirki" seriyasidan. Q.Basharov “O’zbekiston kuzi”, “Shaftolilar”, “Shohimardon yo’li”; N.Karaxan “Sari-Chelak ko’li”; D.Mursalimov “Eski shaharda”; N. Kashina “Childirma ushlagan qiz”; T.Muhamedov "Sham ko’targan mushuk" nomli xalq ertagiga ishlangan illyustrasiya. S.Abdullaev “Olmali natyurmort”.
4-sinf
Borliqni idrok etish (3 soat)
Borliqni idrok etish mashg’ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat: san’at, transport, qurilish va qishloqlardagi kishilar mehnatining o’ziga xos tomonlari bilan tanishtirish; kuzatilgan mehnat jarayonlaridan olingan taassurotlardan tasviriy faoliyatlarda foydalanishga o’rgatish; o’quvchilarning kuzatuvchanligi va xotirasini, obrazli tafakkurini yanada o’stirish.
|