• Tizim kengaytmasi va yordam tizimi.
  • MATLABdagi oddiy xisoblashlar, tizim o’zgaruvchilari va konstantalari .
  • “savol berildi - javob olindi”
  • clear - barcha aniqlangan o’zgaruvchilarni yo’qotish; clear x




    Download 2.8 Mb.
    bet3/27
    Sana04.11.2022
    Hajmi2.8 Mb.
    #29064
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    2-амалиёт-(26-77)
    1 курс кузги семестровка 2021 тегишли, Xazratqulov Shaxzod MTA , Sharipov Ruslan MTA , maqolam, Алишер Наваи, zamonaviy menejr, 123456, 37lFkFjlqjnzBLe61HBS0sH9a0FCpIBoVdby2gEd, 2-labaratoriya, kurs ishi nbb(2), Buxoro Norbutayeva Farangiz, Operatsion Tizimlar (Syllabus-2023-2024)-07, Fazluddin Iqroruddin. Nikoh va oila risolasi, Fibonachchi qo\'llanmasi
    clear - barcha aniqlangan o’zgaruvchilarni yo’qotish;
    clear x - aniqlangan x o’zgaruvchini yo’qotish;
    clear a, b, c - aniqlangan bir necha o’zgaruvchilarni yo’qotish.
    Umuman olganda, AMDP neyron to’ri, elektrotexnik qurilmalarni modellashtirish, murakkab matematik masalalarni yechish, fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish kabi ko’plab sohalarda qo’llash uchun yaratilgan. Shuning uchun ham bu sohani chuqur o’rganish katta ahamiyatga ega.
    Tizim kengaytmasi va yordam tizimi. MATLAB dasturchilarga quyidagi sohalardagi paketlar kengaytmasini taqdim etdi: harbiy sanoat majmualari, energetika, aerokosmik va avtomobil qurilishi va boshqalar. Ammo shular ichidan turli tizim va qurilmalarni blokli imitasion modelini qiluvchi Simulink paketi eng mashщuriga aylandi.
    M
    ATLAB+ Simulink tipik kompleksi katta qiymatdagi MATLAB paketlar instrumentlar “qutisi” Toolboxes va vizual-mo’ljallangan blokli imitasion modellashgan Simulink dinamik tizimini imkoniyatlarni kengaytiruvchi Blocksets dan iborat. Simulink paketi MATLAB bilan birga o’rnatiladi (2.3-rasm).
    2.3 - rasm. MATLAB + Simulink tizimi tuzilishi.
    Simulink paketu to’g’risida keyingi darslarimizda batafsil ma’lumot berib boramiz. Yordam tizimi >> help; buyrug’i yoki menu panelining help bo’limidan olish mumkin. Help bo’limi MATLAB so’rovnoma qismi va MATLAB dasturi ishlab chiqarish haqida ma’lumot beradi.
    Konkret funksiya bo’yicha yordamni olish help buyrug’idan foydalaniladi.
    Agar funksiya, operator yoki o’zgaruvchilarni nomi ma’lum bo’lmasa va biror kalit so’z ma’lum bo’lsa kerakli faylni quyidagi buyruq yordamida topamiz:
    look for .
    Bu buyruq yordamida kalit so’z yordam tizimining barcha bo’limlarida qidiriladi va shu so’z bor bo’lim yoki fayl ko’rsatiladi.
    MATLABdagi oddiy xisoblashlar, tizim o’zgaruvchilari va konstantalari.
    MATLAB tizimi shunday ishlab chiqilganki, hisoblashlarni, foydalanuvchi dasturini tayyorlamasdan to’g’ridan-to’g’ri bajarish mumkin. Bunda MATLAB superkalkulyator vazifasini bajarib, qatorli buyruq rejimida ishlaydi.
    Misol.
    >>2+3,
    ans=5;
    >>2*3, ans=6 va xokazo.
    Tizimda ishlash muloqotli (dialogli) tavsifga ega bo’lib, “savol berildi - javob olindi” qoidasi bo’yicha ishlanadi. Ya’ni foydalanuvchi klaviatura yordamida hisoblanishi lozim bo’lgan ifodani kiritadi, tahrir qiladi (agar lozim bo’lsa) va kiritishni ENTER klaviaturasini bosish bilan yakunlaydi.
    Umuman olganda, ma’lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
    • boshlang’ich ma’lumotlarni kiritishni ko’rsatish uchun >> belgidan foydalaniladi;
    • ma’lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi;
    • biror bir ifoda hisoblash natijasini blokirovka qilish uchun mazkur ifodadan keyin - ; (nuqta vergul) qo’yiladi;
    • hisoblashlar natijasini ko’rsatuvchi o’zgaruvchi aniqlanmagan bo’lsa, u holda MATLAB tizimi bunday o’zgaruvchi deb ans oladi;
    • o’zlashtirish amali sifatida juda ko’plab dasturlash tillari kabi : = belgi emas, balki matematikadagi oddiy = ni o’zi olinadi;
    • sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma harflar bilan yoziladi hamda ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi;
    • hisoblashlar natijasi yangi qatorda >> belgisiz chiqadi;
    • muloqot “Savol berildi - javob olindi” ko’rinishida amalga oshadi.
    Ma’lumki, juda ko’plab matematik tizimlarda, agar u son bo’lmasa, u holda sin(v) va yexr(v) ifodalarni hisoblab bo’lmaydi, ya’ni tizim bunday ifodalarni xato deb beradi. MATLABda esa agar berilgan o’zgaruvchi vektor bo’lsa, natija ham mazkur o’lchamdagi vektor bo’ladi, agar matrisa bo’lsa, natija ham matrisa
    bo’ladi.
    Komandali rejimda bir qatordagi belgilarning maksimal soni - 4096, m - fayllarda esa chegaralanmagan.
    Barcha matematik tizimlarning markaziy tushunchasi bu matematik ifodalardir. Ma’lumki, ular ustida amallar bajarilayotganda, asosan ularning sonli qiymatlaridan foydalaniladi (kam holatlarda belgi ko’rinishlaridan ham foydalaniladi).
    MATLAB ham matematik tizim bo’lgani uchun bu yerda ham asosiy tushuncha matematik ifodalardir. MATLABda matematik ifodalarni ifodalashni qarab chiqaylik. MATLABda ifodalar bir qator ko’rinishida ifodalanib, sonlarni butun qismlarini ajratish uchun verguldan emas balki nuqtalardan foydalaniladi. Quyida ba’zi bir ifodalarni MATLAB va oddiy matematikadagi ifodalanishini ko’rib chiqamiz:
    MATLABda Matematikada
    2+3; 2+3;
    2^3*sqrt(y)/2; 23√y/2;
    2.301*sin(x); 2,301sin(x);
    4+exp(3)/5; 4+e3/5,
    Matematik ifodalar sonlar, konstantalar, o’zgaruvchilar, operatorlar, funksiyalar va turli xil maxsus belgilar ustiga quriladi. Ilgari aytib o’tganimizdek, nuqta vergul, ya’ni ; belgi natijani chiqishini blokirovka qiladi, ammo ans maxsus o’zgaruvchi yordamida natijani olishimiz mumkin.
    Son - MATLAB tilining eng oddiy obyektlaridan biri bo’lib, u miqdoriy ma’lumotlarni ifodalab beradi. Sonlarni konstanta deb hisoblash mumkin. Sonlar butun, kasr, fiksirlangan va suzuvchi nuqtali bo’lishi mumkin. Ularni yaxshi ma’lum bo’lgan ilmiy shaklda, ya’ni mantissa va son tartibini ko’rsatgan holda ifodalash mumkin:
    0; -3; 2.301; 123.456ye-24; -234.456ye10.
    Yuqoridan ko’rinib turibdiki, mantisadan sonning butun qismi kasr qismidan, juda ko’plab dasturlash tillarida qabul qilinganidek, vergul orqali emas, balki nuqta orqali ajratiladi. Son tartibini mantisadan ajratish uchun ular orasiga ye belgisi qo’yiladi. “+” ishora sonlar oldiga qo’yilmaydi, “-” ishora esa qo’yiladi va uni unar minus deb nomlanadi. Sonlarda belgilar orasiga probel (bo’sh joy) qo’yish ruxsat etilmaydi.
    Bundan tashqari sonlar kompleks bo’lishi mumkin: z=Re(z) + Im(z)*i. Bunday sonlar Re(z) haqiqiy va Im(z) mavhum qismga ega bo’linadilar. mavhum qism kvadrat darajasi -1 ga teng bo’lgan, i va j ko’paytuvchilarga ega bo’ladi:
    3i; 2j; 2+3i; -3.141i; -123.456+2.7e-3i.
    real (z) funksiya kompleks sonning butun qismini, image(z) - esa mavxum qismini ajratib beradi. Kompleks sonning modulini (kattaligini) abs(z) funksiya, fazasini angle(z) funksiya hisoblab beradi.
    Misol:
    >> i
    Ans=0+1.000i
    >>z=2+3i
    Z=2.000+3.000i
    >>abs(z)
    Ans=3.6056
    >>real(z)
    Ans=2
    >>Imag(z)
    Ans=3
    >>angle(z)
    Ans=0.9828



    Download 2.8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 2.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    clear - barcha aniqlangan o’zgaruvchilarni yo’qotish; clear x

    Download 2.8 Mb.