• Tarmoq platasi
  • RJ (Registered jack) 45
  • 2-3 Labaratorya jumısı. Tarmoq tashkil etishda qo`llaniladigan qurilmalar




    Download 5.38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/12
    Sana25.05.2022
    Hajmi5.38 Mb.
    #21839
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Lab.jumis-3
    maruza 6, Mavzu Kasblar tasnifi(odam-odam,odam-tabiat,odam-texnika, odam-, Unit 6 Lesson 6B Roles people play (1), Тема, юю, Zichlikni o’lchash va boshqarish., Xiv bob qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolari-fayllar.org (1), Biologiya o\'qitish metodikasi (J.Tolipova, A.G\'ofurov), Academic-Data-389191100084, Mavzu №8, pak, j1psJ9XeZzNjm3M7UgjyATeSwTJXmiDmAd5fzuRa, 4, 1-laboratoriya ishi Shuhratova
    Tarmoq platasi
    Tarmoq platasi(tarmoq platasi, Ethernet-adapter, NIC(network interface controller)) –
    kompyuterni tarmoqdagi
    boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishi uchun mo’ljallangan
    kompyuterning periferik qurilmasidir.
    Tarmoq platasi – bilan biz tarmoqni tashkil etishimiz mumkin bo`ladi. Chunki tarmoq
    platasining vazifasi asosiy plata bilan tashqi qurilma (kabеl, HUB yoki Switch) o`rtasidagi
    vositachi. Ya'ni kelayotgan signalni qabul qilib asosiy plataga o`tkazish yoki aksincha asosiy
    platadan chiqayotgan signalni tashqariga uzatish uchun xizmat qiladi.
    Tarmoq platasi drayverini aksariyat opеratsion sistеmalarning o`zi avtomatik ravishda
    o`rnatadi. Tarmoq platasi uch xil ko’rinishda bo’ladi:
    1. Ichki tarmoq platasi. Kompyuterning ISA, PCI portlariga ulanadigan plata.
    2. Tashqi tarmoq qurilmasi. Bu tarmoq qurilmasi alohida bir qurilma bo’lib, USB,
    PCMCIA yoki LPT portlari orqali kompyuterga ulanadi. Bu turdagi tarmoq qurilmasidan asosan
    notebook foydalanuvchilari foydalanishadi.
    3. Birlashtirilgan tarmoq platasi. Kompyuterning ona platasiga birlashtirilgan bo’ladi.
    Zamonaviy kompyuterlar tarmoq qurilmasining shu turi orqali boshqa kompyuterlar bilan aloqa
    o’rnatadi.
    Tarmoq platalari bir vaqtning o’zida ma’lumotlarni qabul qilib jo’natishi mumkin, 10,
    100, 1000 Mbit/sek (Mbitlarda o’lchanadi) tezliklarda ishlay oladi.
    Ilk tarmoq platalari diskret mantiqiy mikrosxema asosida yig’ilgan bo’lib, bufer xotirasi 1
    kadrga ega edi. Ishonchliligi juda past bo’lgan. Ma’lumotlar oqimi ko’p va ketma-ket
    uzatilganda bufer xotira ulgurib bera olmay, ma’lumotlar yo’qotilishi sodir bo’ladi. Bu esa


    tarmoq platasini qayta qayta so’rov jo’natishiga sabab bo’lib, ishlash tezligining keskin
    kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga ilk tarmoq platalarining har biri uchun aloxida drayver
    kerak bo’lgan.
    Ikkinchi avlod tarmoq platasi bufer xotirasi ko’p kadrga asoslangan bo’lib, kompyuterdan
    yuklangan kadr tarmoqqa uzatilguncha ikkinchi kadr ham qabul qilinadi. Bu avlod tarmoq
    platalarida integrallashgan mikrosxemalar qo’llanila boshladi. Bu esa ishonchlilikning
    oshganligini anglatadi. Shu bilan birga drayverlar 3Com, Microsoft, Novell firmalari tomonidan
    standartlashtirilishiga erishildi.
    ISA shinali AUI raz’yomli tarmoq platasi
    ISA shina: 4 ta 16 bitli va 1 ta 8 bitli raz’yom
    Uchinchi avlod tarmoq platalari operativ xotiradan olgan ma’lumotlarni bufer xotirada
    konveyer sxemasi asosida qayta ishlaydi. Bu esa ish jarayoni tezligining 25-55% ga oshishini
    ta’minlaydi. Bu avlod platalari maxsus integral sxemalar asosida yig’ilgan bo’lib, ishchanligi va
    ishonchliligini oshishiga, narxini esa kamayishiga olib keldi.
    To’rtinchi avlod tarmoq platalari – hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan platalardir. Bu
    avlod tarmoq platalari kompyuterni tarmoq orqali masofadan boshqarish, tarmoqdan operastion
    tizimni yuklash va boshqa imkoniyatlarga ega.


    PCI raz’yomli tarmoq platasi
    PCI shina
    Hozirgi tarmoq platalari RJ (Registered jack) 45 razyomiga mo’ljallangan bo’lib, juda
    katta tezliklarni ta’minlab bera oladi. Mis kabellar, optik kabellar orqali ma’lumotlar
    almashinuvini amalga oshirish mumkin. Eski ISA shinali tarmoq platalarida esa koaksial
    kabellar ishlatilar edi.

    Download 5.38 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 5.38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-3 Labaratorya jumısı. Tarmoq tashkil etishda qo`llaniladigan qurilmalar

    Download 5.38 Mb.
    Pdf ko'rish