• 7 -mashq.
  • 2-amaliy mashg‘ulot




    Download 82.5 Kb.
    bet3/7
    Sana01.11.2023
    Hajmi82.5 Kb.
    #92611
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-amaliy
    Kanalizatsiya va oqava suvlarni tozalash. Djalillova A, 1
    6-mashq. O‘qing. Asliy va nisbiy sifatlarni aniqlab, nisbiy sifatlarning yasalishini izohlang.
    1. Sobir quyoshda chaqnagan orden va medallarini jaranglatib, qizdan sal nari cho‘qqaydi va o‘choqdagi qorindor qo‘shaloq qumg‘on ostiga quruq shaldiroq xascho‘p tashladi. (O.) 2. Qish edi. Derazadan televizion antennalarning izg‘irinda hushtak chalgani eshitildi. (As. M.) 3. Ehson ustki labini tishlab, ko‘zini yuqoriga ko‘tardi. (A.Q.) 4. Ozarbayjonlik Soib Ismoilov to‘pdan tinmay o‘q uzardi. (T.Rustamov) 5. Egma-bukma kamonlarni va zarbyegan qalqonniyechintirib qiz oldi-yu, g‘orga eltdi o‘g‘lonni. (SH.Rustaveli) 6. Saidiy, haqiqatan, talabalik vaqtida ko‘p she’rlar yozgan, bularning ko‘pchiligi devoriy gazetada bosilgan... edi. (A. Q.) 7. Katta sandiq yal-yal yongan olmos, la’l, yoqut, inju, zabarjad va yana qandaydir nafis tovlangan qimmatbaho toshlar bilan limmo-lim edi. (O. YO.) Ko‘rasanmi, hu olisda ketayotir pahlavon, O‘z yo‘lidan aynamaydi quyoshsimon, oysimon. (SH. Rustaveli) 9. Endi qizning tasallibaxsh so‘zlarin tingladi u. (SH. Rustaveli) 10. Ular mavlono Muhiddinning bog‘ida, jar bo‘yidagi keksa yong‘oq tagida uchrashdilar. (O. YO.) 11. Rajab aka, siz o‘z vaxtangizda tarbiyaviy ish olib bormay qo‘yibsiz. (P.Q.) 12. Olis tog‘lar orqasidan ko‘tarilgan quyosh boshoqlarni oltin dengizga aylantirgan edi, ertalabki salqin shamol bu dengizni to‘lqinlantirib, g‘ir-g‘ir esardi. (O.)
    7-mashq. O‘qing. Sifatlarni aniqlang, qanday daraja shaklida qo‘llanganini ayting. Oddiy, qiyosiy va orttirma darajadagi sifatlarni uch ustun shaklida yozing, daraja ko‘rsatkichi tagiga chizing.
    1. Yangi klub. Katta zalda O‘tgan kuni bo‘ldi ball. (Q.H.) 2. Agar unga Toshkentdan chiroyliroq shahar ham bor, deb aytsalar, aslo ishonmasdi. (N.Biryukov) 3. Axir, eng jasur, eng tajribali dengizchilar ham Shimoliy qutbgacha yetaman deb, ... halok bo‘lganlar. (J.Vern.) 4. Sersoqol, baroq qoshli chol qushlar tiliga tushunardi. (Y.Semyonov.) 5. Chindan aytaman, sizdan ko‘ra menga og‘irroq. (N. Biryukov.) 6. Uning ovozini pasaytirdi va bundan kuy yana ravonroq, yoqimliroq tuyuldi. (H.G‘.) 7. Lekin bu ish avvalgi ishlaridan har jihatdan mushkulroq edi. (H.G‘.) 8. Ehtimol, eng so‘nggi misralarni u Qog‘ozni bo‘yagan qon-la bitgandir. (O.Xoldor) 9. Shu qorong‘ilikda tepalikdagi ekskavator tag‘in ham haybatliroq ko‘rindi. (H. G‘.) 10. ...Lekin undan kichikroq xarita ustiga egilishdi. (H. G‘.) 11. Goh Yo‘lchining marhum onasini xayol kuchi bilan jonli, ravshan tasavvur qilishga tirishadi. (O.) 12. Bu uy uning eng baxtiyor, eng azobli kunlariga guvoh. (S. Ahm.) 13. Rais uning ko‘ziga ilgarigidan kamsavlatroq ko‘rindi. (A. Q.)

    Download 82.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 82.5 Kb.