2-amaliy mashg‘ulot




Download 82.5 Kb.
bet5/7
Sana01.11.2023
Hajmi82.5 Kb.
#92611
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy
Kanalizatsiya va oqava suvlarni tozalash. Djalillova A, 1
10-mashq. O‘qing. Sifatlarni aniqlab, tuzilish jihatdan turlarga ajrating va quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Sodda

Qo‘shma

Murakkab

Juft

tub

yasama
















I.Kechga yaqin ular yaylov tugab, sahro boshlanadigan yerga yetib keldilar, sarg‘ish barxanlar, chiroyli gullagan saksovul butalari ko‘rindi. Botayotgan quyosh nurida uzoqdan bir nima oltinday charaqladi. Bu haykal edi. Bronzadan byust. U asfalt yo‘l tugab, dasht-biyobonga son-sanoqsiz karvon yo‘llari, cho‘pon so‘qmoqlari kirib ketadigan joyda, kichkinagina, chanqoq gulzor o‘rtasida, yo‘nilgan xarsang ustida turibdi.
Cho‘qqisoqolli, keksa odam. Kechki oftobda nurlanib turgan yuzining chuqur ajinlari bu xiyobonlarning qadimiy fojialaridan, uzoq zahmatkash umr va ajoyib g‘olibona taqdirdan darak berardi. Keksa cho‘pon bu sahrolarni tiz cho‘ktirgan bahodirday qisiq ko‘zlarini ufqlarga tikib turardi. (As. Muxtor)
II.1. Uning o‘ychan boqadigan qora ko‘zlari, uzun kipriklari, bug‘doy rang, sal cho‘ziqroq yuzlari va pushti rang, guldor ko‘ylagi ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lganda, yigit qalbi toqatsiz tepa boshladi. (M. Salom.) 2. Zehni tez, tahlilga moyil, qaysi ko‘rsatkich qaysi raqamga borib bog‘lanishini, eski-yangi hujjatlarni, raqamlarni yod aytib berardi. (As. M.) 3. Kelinchakning gul yuzi, shahlo ko‘zlari, qaldirg‘och qanoti singari qayrilma qop-qora qalam qoshlari, shabnamdek beg‘ubor tiniq ruxsori, jozibador nigohi, tovus qomati – hammasi iffat pardasiga burkangan... (N. S.) 4. O‘ktam turli-tuman yumushlar bilan qancha band bo‘lmasin, qurilishni bir minut ham unutmas edi. (O.)

Download 82.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 82.5 Kb.