• 5 -mashq.
  • 2-amaliy mashg‘ulot




    Download 82.5 Kb.
    bet2/7
    Sana01.11.2023
    Hajmi82.5 Kb.
    #92611
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-amaliy
    Kanalizatsiya va oqava suvlarni tozalash. Djalillova A, 1
    4-mashq. Otlarni aniqlab, to‘liq morfologik tahlil qiling. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni morfemalarga ajrating.
    Gaz hamon dahshat solib bo‘kirmoqda. Quduq atrofi tobora qattiq titraydi. Nafas olish ilgarigidan xiyla og‘ir, havoda gaz ko‘paymoqda. Lekin cho‘l keng, shuning uchun u qadar bilinmaydi.
    Agar fontan bu darajada bahaybat va xatarli bo‘lmaganda, hamma do‘ppisini osmonga otib suyungan bo‘lardi. Axir, ko‘pdan beri kutilgan zo‘r kon ochilgan edi! Geologlarning aytgani tasdiqlangan edi. Shaharchamizni katta kelajak kutmoqda edi. (P. Q.) Bahor kelgach, har yili dalalarga chiqardik, etak-etak chuchmoma, boychechaklar yig‘ardik. (H. S.)
    Otlarni tahlil qilish tartibi va namunasi:
    1. Otning bosh formasi (bosh kelishik va birlik).
    2. Ma’no turi.
    3. Grammatik soni.
    4. Egalik qo‘shimchasi, shaxs-soni.
    5. Kelishik shakli.
    6. Tuzilish jihatdan turi: tub va yasamaligi.
    7. Gapdagi vazifasi.
    Kitob yashashga o‘rgatadi. Kitob – nima, ot, turdosh, aniq, yakka, birlikda, bosh kelishikda, sodda, tub, ega.

    Sifat. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari. Belgini darajalab ko‘rsata olishi – sifat darajalari: oddiy, qiyosiy va orttirma daraja.


    5-mashq. O‘qing, sifatlarning qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniqlang. Otga bog‘langan sifatlarni birikma tarzida ko‘chiring.
    1. Qarshimda onam o‘tiribdi. Bag‘ri olamday keng, ko‘ngli paxtaday yumshoq uning. Tongday go‘zal, tongday musaffo, ey muqaddas zot, sening muhabbating mangu qalbimda, hurmating boshimga do‘ppi. (M.Mirzarahimov) 2. Sariq, pushti, pistoqi ranglarga boy ipagim. (Q.H.) 3. Sertuproq yo‘llar, olisdagi uylarning tomlari oydindan yiltiraydi, boshlarida, qo‘yinlarida yulduzlar chaqnagan teraklarning bo‘ylari yana balandroq, adlroq ko‘rinadi. (O.) 4. Fanda oson yo‘l bo‘lmaydi, oson yo‘l tanlagan uzoqqa bormaydi. (J.Abd.) 5. Bu xatlarga samimiy, insoniy tuyg‘ular bitilgan edi. (S.Ahm.) 6. yer baquvvat bo‘lsa, g‘o‘za ham baquvvat o‘sib, hech qanday dardga chalinmaydi. (J.Abd.) 7. O‘sar mitti azamat: Serharakat, mard, durkun. Ammo hayron qoldirar Kulganlarni u bir kun. (Q.H.)

    Download 82.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 82.5 Kb.