• 9 -mashq .
  • 2-amaliy mashg‘ulot




    Download 82.5 Kb.
    bet4/7
    Sana01.11.2023
    Hajmi82.5 Kb.
    #92611
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-amaliy
    Kanalizatsiya va oqava suvlarni tozalash. Djalillova A, 1
    8-mashq. O‘qing, tub va yasama sifatlarni aniqlang, yasama sifatlarning yasalish usulini tushuntiring. Morfologik (affiksatsiya) usulda yasalgan sifatlar ishtirok etgan gaplarni ko‘chirib, sifat yasovchilar tagiga chizing.
    1. Yarim kechaga borib serzavq odamlar bilan gavjum bo‘lgan vagon... tinchidi-qoldi. (A.Nazarov.) 2. Biroq Asqar hammasidan hamyengil tabiatliroq ko‘rinadi unga. (A.Nazarov.) Nihoyat, Ahmadjon askariy xizmatga chaqirildi. (A.Q.) “Shuncha kitob yozilgan-u, baribir menbop kitoblar kam”, – deb shikoyat ham qilib qo‘yadi. (L.Mahmudov.) 5. Qolgan vaqt ichida o‘zimning mineralogik hamda botanik va zoologik kolleksiyalarimni tartibga solmoqchi bo‘ldim. (J.Vern.) 6. Uchqur xayollarimning qarorgohi, oromgohi bo‘lgan ajoyib manzil. (M.Mirzarahimov.) 7. O, bir mahallar qanday yuksak, qanday sehrli eding sen? (M.Mirzarahimov.) 8. Seni shundoq yonginamda avvalgidek xushchaqchaq, mehribon, dilkash, samimiy bir holda ko‘rdim. (M.Mirzarahimov.) 9. Hovuz atrofidagi mis pardozlangan chiroyli oynaband vitrinalarga eng nodir dengiz mo‘‘jizalari qo‘yilgan. (J.Vern.) 10. O‘ychan, erinibgina qadam tashlab, fabrikadan chiqib kelyapman. (M.N.) 11. Oy nurida qizning cho‘zinchoq chiroyli oqish yuzi, hurkak ohunikidek shahlo, jovdiroq ko‘zlari baralla namoyon bo‘ldi. (O.Xalil)
    9-mashq. O‘qing, yasama sifatlarni aniqlang. Sintaktik (kompozitsiya) usulda yasalgan sifatlarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birgalikda ko‘chiring, sifatlarning tagiga chizing.
    1. Uning shishasimon jonsiz ko‘zlari... la’nat yog‘dirayotandek tuyular edi, (N. Biryukov) 2. Uning kampirdahan yuzlarida qizil dog‘lar paydo bo‘ldi. (N. Biryukov) 3. Xizmatda u juda ulfati odam. (V.yegorov.) 4. Nim rang toyipi, pushti rang hasayni, tilla rang qirmiska, qahrabo husayni, har donasi yong‘oqday keladigan kattaqo‘rg‘on – hammasi shig‘il pishgan. (S.An.) 5. Bo‘ynidagi tuproq rang sharfi jundan edi. (F. Niyoziy) 6. Gulnozning bu artistona o‘yini buvining arazini issiq choyning hovriday tarqatib yubordi. (H. G‘.) 7. Oftobga qaragan har ikki derazaning ichkarisidan ikki tavaqali gulkor eshigi bor edi. Uyga solingan bo‘yra ustiga guldor gilam to‘shalgandi. (F. Niyoziy)

    Download 82.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 82.5 Kb.