• 13 -mashq.
  • 14 -mashq
  • 2-amaliy mashg‘ulot




    Download 82.5 Kb.
    bet6/7
    Sana01.11.2023
    Hajmi82.5 Kb.
    #92611
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-amaliy
    Kanalizatsiya va oqava suvlarni tozalash. Djalillova A, 1
    11-mashq. -li, -chan, -don, no-, be-, ser-, -siz, -simon affikslari yordamida sifatlar yasang va yozing, sifat yasovchilar tagiga chizing va qaysi so‘z turkumidan sifat yasalganini ayting.
    12-mashq. I. Sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida yaltira, aylan, bil, bot, buz, buk, bura, bo‘l, bo‘g‘, dimla, yoyish, yoy, yoz, yop, ishonar, yig‘, kes, sirg‘an, sovi, tortin, tug‘, chanqa, qaqra, qirq, qis, quy, qo‘rq fe’llaridan sifatlar yasab yozing va imlosini tushuntiring.
    II.Quyidagi sifatlarning yasalishini tushuntiring, sifat yasovchi affikslarni ajratib ko‘rsating.
    Yopishqoq, jo‘shqin, iliq, kemtik, oqsoq, tiniq, erinchoq, hurkak, asrandi, baqiroq, bilarmon, burma, bo‘lmag‘ur, qotma.
    13-mashq. Komponentlari vertikal chiziqlar bilan ajratib berilgan sifatlarni imlo qoidasiga muvofiq qo‘shib, ajratib yoki chiziqcha bilan yozing.
    I.Baland/bo‘yli, amaliy/nazariy, betga/chopar, boqi/beg‘am, bug‘doy/rang, bo‘sh/bayov, gazet/bop, dali/g‘uli, darvesh/sifat, dil/ozor, do‘ng/peshana, yolg‘iz/oyoq, yoqa/vayron, jingalak/sochli, jon/baxsh, zil/zambil, ilmii/ommabop, ish/bilarmon, kam/erli, kam/quvvat, kul/rang, maza/bemaza, malla/rang, mo‘min/qobil, nim/ko‘k, nim/tatir, ola/bayroq, ola/qura, orom/baxsh, ochiq/ ko‘ngil, och/sariq, sof/dil, tinch/totuv, umum/shahar, xush/xat, chala/chulpa, sher/yurak, sho‘r/peshana, eski/tuski, yalang/oyoq, tez/ pishar, qing‘ir/qiyshiq, qo‘l/bola, g‘adir/budur, hozir/javob.
    II. 1. Darvoqe, qozoq sultoni Tavakkalxon huzuriga Moskva elchisi Velyamin Stepanov qimmat/baho tortiqlar bilan kelgan edi. (M. Osim.) 2. Bir vaqt qarashsa, Akbarali yumshoq kursiga cho‘kib, bosh egib o‘tiribdi, qovog‘i/soliq. Xush/chaqchaq shovqin birdan tindi. (As. M.) 3. So‘fi malla/rang, shalpang/quloq, xum/kalla, so‘xtasi/sovuq, ajiriq singari o‘sib bir-biriga tutashib ketgan soch-soqoli orasida, tulkiniki singari ayyor ko‘k ko‘zlari miltirab ko‘rinadigan bir odam edi. (N. S.) 4. Akbarali otasiga uncha o‘xshamas, novcha, ingichka, kam/gaproq edi. Lekin kechasidagi hikoyalaridan keyin oq/ ko‘ngil Bektemir aka unga yoqib qoldi, ota o‘rniga mehribon bir odam orttirgandek bo‘ldi Akbarali. (As. M.) 5. O‘zi saxiy va donishmand, odil va qonun/parast, Suhbatlarda shakar/ guftor, urushlarda zabardast. (SH. Rustaveli.) 6. Bektemir aka bosh ustidagi yo‘g‘on/yo‘g‘on kabellarni, issiq/sovuq suv, havo quvurlarini, elektr, telefon simlarini ushlab qo‘yar edi. (As. M.) 7. Tars yorilgan zarang yerlar ustida qizil/qanot chigirtkalar uchib yuradi, yerda esa katta/kichik kaltakesaklardan bo‘lak jonivor yo‘q. (M.Osim.)
    14-mashq. Sifatlarni aniqlab, to‘liq morfologik tahlil qiling.
    1.O‘ktam Komila orqasidan yurib, olchazor orqali keng, tekis, bahavo maydonga chiqdi; maydonning bir tomonidagi tepalikka ustalar ikki qavatli katta imorat qurmoqda edilar. (O.) 2. Manzuraxon, men va menga o‘xshaganlar haqida gazetada chiqqan tanqidiy maqolani o‘qigandirsan. (M. Salom) 3. Toshlar ko‘k, qizg‘ish, yashil va firuza rang nur taratar, bu nurlar bir-biriga qo‘shilib kamalakday ajib bir manzara kasb etardi. (O.Y.) 4. Hozir shahardagi qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash bilim yurtiga kirib o‘qiyapman. (M.Salom) 5. Bir dona so‘lg‘in gul guldasta husniga puturyetkazganidek, she’rdagi yagona o‘rinsiz so‘z ham uning jarangdorligi va mazmuniga salbiy ta’sir etadi. (K.Hamro) 6. Izzattalabroq cholga o‘xshaydi! (N.Biryukov.)

    Download 82.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 82.5 Kb.