§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha bank nazorati




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/92
Sana27.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#43723
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
4§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha bank nazorati. 


54
Ko’pgina 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
bank tizimlari iqtisodiyotning boshqa 
tizimlariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat va tekshiruv ob’ektlari hisoblanadi, 
chunki tijorat banklari o’z mijozlari hisoblangan davlat tashkilotlari, tijorat 
korxonalari va xususiy shaxslarning manfaatlari himoyalanishi uchun javob beradi. 
Shu sababli davlat respublika bank tizimining barqarorligi, bu barqarorlik xuquqiy 
ta’minlanishi va uning rivojlanishidan manfaatdordir. Respublika iqtisodiyotida 
davlat asosiy islohotchi bo’lsa, bank tizimida esa bu vazifa Respublika Markaziy 
bankiga yuklatilgan. «Markaziy bank to’g’risida»gi qonunining, 3-moddasida 
ko’rsatilgandek, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri - respublikada 
to’lovlarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlashdan iboratdir.
Markaziy bank tejamkor to’lovlar tizimini ta’minlash maqsadida milliy 
to’lovlar tizimining yaqin kelgusidagi istiqbollari va rivojlanish strategiyasini 
belgilaydi. To’lovlar tizimi sohasida bosh moliyaviy maqsad, joylarda pul 
mablag’larini xavfsiz va samarali o’tkazishdan iborat. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
o’tkazishdagi tejamkorlik masalasi esa to’lovlar tizimi samaradorligini baholashning 
asosiy mezonlaridan biridir.
Iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-kitoblarning samaradorligini oshirish 
maqsadida Markaziy bank tomonidan «Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish 
to’g’risida» Nizom ishlab chiqildi va 2002 yil 12 yanvarda O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlandi. «Naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
amalga oshirish to’g’risida»gi Nizom fuqarolik kodeksi. «Markaziy bank 
to’g’risida»gi «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi 
korxonalari to’g’risida»gi Qonunlar va Markaziy bankning O’zbekiston Respublikasi 
hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga 
muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu Nizomning bir maromda ko’llanilishi mamlakatning 
butun iqtisodiy makonida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-kitoblarning o’tkazilishi ustidan nazorat 
Nizomda ko’rsatib o’tilgan naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish printsiplarning 
bajarilishini tekshirishdan boshlanadi. Korxona va tashkilotlarning pul mablag’lari 
bankdagi depozitlar bo’yicha hisobvaraqlarda saqlangani uchun naqd pulsiz hisob-
kitoblarning barchasi banklardagi hisobvaraqlardan o’tkaziladi, bu esa, korxona va 
tashkilotlarning kunlik faoliyatining bank tomonidan nazorat qilib turishga sharoit 
yaratadi. Shu bilan birga xo’jaliklar va yuqori tashkilotlar o’rtasida ham o’zaro 
nazoratni yuzaga keltiradi.
Mulkchlik 
shakllarining 
xilma-xilligi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanishi sharoitida naqd pulsiz hisob-kitoblar 
qoidalari xo’jalik organlari tomonidan hisob-kitob shakllarini erkin tanlash 
printsiplardan kelib chiqadi va ular shartnomalarda mustahkamlanadi. Xo’jalik 
organlarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi. Xo’jaliklar o’zaro 
hisob-kitoblarda Nizomda ko’rsatilgan istagan naqd pulsiz hisob-kitob shaklidan 
foydalanishlari mumkin. Bank esa naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha nazoratni naqd 
pulsiz hisob-kitob shakli bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish davrida olib 
boradi. Eng avvalo, hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda ularning to’g’ri va to’liq 
rasmiylashtirilganligi xamda o’z vaqtida taqdim etilayotganligi tekshiriladi.


55
Hisob-kitob operatsiyalari amalga oshirilayotganda asosiy e’tibor hisob-kitob 
hujjatlarining tovarliligini nazorat qilishga qaratiladi. Korxonalarning davlat 
tassarufidan chiqarilayotgan bir vaqtda davlatga qarashli korxona va tashkilotlardan 
boshqa mulkchilik shakllariga tegishli korxona va tashkilotlarga pul o’tkazishni 
kuchliroq nazorat qilishni davr taqazo etadi. Shu maqsadda, davlat korxonalaridan 
xususiy korxonalar nomiga kelib tushgan pul mablag’lari avval alohida hisob varaqqa 
o’tkazib turiladi, 3 kun ichida xususiy korxona rahbarlari tomonidan tovar 
jo’natilgani, xizmatlar bajarilgani haqidagi va boshqa kerakli hujjatlar taqdim 
qilishlari lozim. Ushbu hujjatlar bankka taqdim qilingandan so’ng aloxida 
hisobvaraqdagi pul mablag’lari o’tkazishi lozim bo’lgan hisob varaqga o’tkaziladi. 
Agar tovar jo’natilganligi haqidagi hujjatlar bankka taqdim etilmasa, egasiga 
qaytariladi. Chunki, asossiz hisob-kitob hujjatlarini taqdim qilish to’lov tizimidagi 
jiddiy qonunbuzarchilik hisoblalanadi, hamda korxona va tashkilotlarning mavqeini 
va moliyaviy faoliyatini izdan chiqaradi. Bank agar korxona va tashkilotlar 
tomonidan nokonuniy hisob-kitoblar rasmiylashtirilganligini aniqlasa, jarima undirish 
va boshqa chora-tadbirlardan tashqari korxona yuqori tashkiloti va huquqiy 
organlarni ham bu haqda xabardor qiladi. 
Bank 
muassasalari 
korxona va tashkilotlarning o’zaro shartnoma va 
majburiyatlarining bajarilishi ustidan ham qisman bo’lsada, nazorat qiladilar. Lekin 
bank shartnoma shartlarining buzilish sabablari, yoki kelib chiqish sabablarini 
aniqlashga aralashmaydi va tahlil etmaydi. Shartnoma shartlarining bajarilishi, hisob-
kitoblarning o’z vaqtida tashkil etilishini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A. Karimovning «Xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazish 
uchun korxona va tashkilotlar raxbarlari ma’suliyatini oshirish chora-tadbirlari» 
to’g’risidagi Farmoni alohida o’rin tutadi. 1995 yil 12 mayda chiqarilgan ushbu 
Farmonga asosan, mulk shaklidan qat’iy nazar, har qanday korxona yoki tashkilot 
olinadigan mahsulot qiymatining albatta 15 foizidan kam bo’lmagan miqdorini 
oldindan to’lashi kerak. Bu jarayon ham bank nazorati orqali o’tadi. Bundan tashqari, 
xar qanday korxona uchun u jo’natgan mahsulot yoki ko’rsatgan xizmatning to’lov 
puli 60 kun ichida bankka kelib tushmasa, bu summa korxonaning debitorlik qarzi 
hisoblanadi. Bunday xolga yo’l qo’ygan korxona hamda bosh buxgalterlari 
ma’muriy, zarur bo’lgan hollarda esa jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
Respublikada korxona va tashkilotlar o’rtasida to’lov intizomini yaxshilash 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yana bir «Hisob-kitoblar tizimi 
hamda to’lov intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 1996 yil 24 
yanvardagi Farmoni chiqarildi. Farmonda korxona va tashkilotlar tomonidan 15 
foizdan kam bo’lmagan avans to’lovlari to’lanishi majburiyligi, to’lov 
topshiriqnomalarida qat’iy ravishda shartnoma nomeri, to’lov tartibi; avans 
to’lovining miqdori ko’rsatilishi shart qilib belgilandi. Bunday Farmonning 
chiqarilishiga asosiy sabab, xalq xo’jaligida o’zaro debitorlik va kreditorlik 
qarzdorliklarining mavjudligidir. O’zbekistonda o’zaro debitorlik va kreditorlik 
qarzlarning yuzaga kelishi ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog’liq bo’lib, u ayrim 
hollarda xo’jaliklarni bankrot bo’lishiga olib kelmoqda yoki korxonalarning ishlab 
chiqarish jarayonlarining qisqarishiga, ishchi-xizmatchilar ish xaqining o’z vaqtida 
berolmay qolishiga sabab bo’lmoqda. Umuman, debitorlik va kreditorlik qarzlarning 


56
ko’payishi iqtisodiyotda nochor va qoloq korxonalarning sonini oshishiga olib keladi, 
bu esa o’z navbatida bunday korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi bank reytingini 
pasaytiradi.
Hozirgi kunda respublika iqtisodiyoti oldida turgan dolzarb muammolardan 
biri debitor va kreditor qarzdorliklar zanjirini echishdir. Umuman olganda, naqd 
pulsiz hisob-kitoblar ustidan bank nazoratini to’g’ri tashkil etish nafaqat bank o’z 
faoliyatini yuritishda, balki butun xalq xo’jaligidagi makroiqtisodiy darajadagi 
ko’rsatkichlarning xolatiga, ularning dinamikasiga ta’sir ko’rsatadi, iqtisodiyotdagi 
to’lov tizimini yaxshilashga yordam beradi.

Download 0.64 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha bank nazorati

Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish