• Ikki kaskadli kodlashda uch iterasiyalangan turbo dekoder
  • Turbo-kodning afzalliklari va kamchiliklari Afzalliklari
  • Kamchiliklari.
  • Ikkilik kaskaddagi iterasiyalangan Turbo koderning bitta iterasiyaning kodlanishi




    Download 146,31 Kb.
    bet3/4
    Sana18.05.2024
    Hajmi146,31 Kb.
    #241285
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-laboratoriya ishi

    Ikkilik kaskaddagi iterasiyalangan Turbo koderning bitta iterasiyaning kodlanishi


    Ikkinchi rasmda ikki kaskadli bitta iterasiyalangan turbo dekoderning kodlanish sxemasi keltirilgan. Bu sxema istalgan miqdordagi kaskadlarni kodlashda murakkab bo‘lmagan umumlashgan echim xisoblanadi. Bitta iterasiyalangan dekoder ikkita kaskad dekoderning bog‘lanishiga bog‘liq bo‘lgan xolda, yuborilgan belgi to‘g‘risida yumshoq echim chiqaruvchi yuqori aposterior extimollikka ega bo‘ladi. Birinchi iterasiyalangan dekoderga demodulyatorning chiqishidagi yumshoq echimga ega bo‘lgan  va  ketma ketlik kelib tushadi. Shu tarzda birinchi dekoderning chiqishida ma’lumotli belgini baxosi xosil bo‘ladi. Keyin ikkinchi dekoder qurilmasining kirishiga o‘zgargichdan o‘tgan ma’lumot kelib tushadi va u aprior ma’lumot deb ataladi. ketma ketlikda yumshoq echimni qo‘llagan xolda, ikkinchi dekoder o‘zining baxosini shakllantiradi.




    Ikki kaskadli kodlashda uch iterasiyalangan turbo dekoder



    Xar bir chiquvchi iterasiyalar echimi keyingi kiruvchi ketma- ketlikka o‘tadi. Uch iterasiyalangan turbo dekoderning ishini tashkil qilish 3 rasmda keltirilgan. Iterasiyadan iterasiyaga o‘tishda echimlarni aniqlash sodir bo‘ladi. Bunda xar bir iterasiya yumshoq baxolash bilan ishlaydi va chiqishga xam yumshoq baxoni uzatadi. Shuning uchun bunday sxemalar yumshoq kirish va chiqishga ega bo‘lgan dekoderlar deb yuritiladi. (angl. Soft Input Soft Output (SISO)).


    Dekodlash jarayoni, barcha iterasiyalar a’malga oshgandan so‘ng yoki extimolli bitlar xatoligi talab etilgan ko‘rsatkichga etgandan so‘ng a’malga oshiriladi. Dekodlashdan so‘ng xosil bo‘lgan «yumshoq» echimga, yakuniy «qattiq» echim ishlab chiqariladi.


    Turbo-kodning afzalliklari va kamchiliklari


    Afzalliklari
    Amaldagi barcha foydalanilayotgan zamonaviy xatolarni to‘g‘irlash uslubdagi kodlar, turbo kodlar va zichlikka aniqlikni past tekshiruvchi kodlar, nazariy jixatdan shovqinli kanalda yuqori tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi, shu sababdan ular Shennon chegarasiga mos keladi. Turbo kodlar uzatgichning quvvatini oshirmagan xolda, yuqori tezlikda ma’lumot uzatish imkonini beradi. Ular berilgan tezlikda talab etilgan quvvatni pasaytirgan xolda ma’lumot uzatishda foydalaniladi. Turbo kodlarning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, ma’lumot blokining uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan xolda, dekodlash jarayonining oson bo‘lishidir. Ya’ni ma’lumotlar bloki kanchalik uzun bo‘lsa dekodlashda xatolar extimolligining kamayishiga olib keladi.
    Kamchiliklari.
    Turbo kodlarning asosiy kamchiligi - dekodlashning murakkabligi va uzoq kutib qolishning mavjudligidir, bu esa ba’zi qo‘llash soxalariga noqulaylikni xosil qiladi. Masalan, su’niy yuldoshli aloqa kanalida foydalanganimizda bu kamchilik aniq kamchilik xisoblanmaydi, chunki aloqa kanalining uzunligi oxirgi yorug‘liq tezligi tomonida chaqirilgan kutib qolishlarga ega.
    Turbo kodlarning ya’na bitta asosiy kamchiliklaridan biri — kodlar masofasining uncha katta bo‘lmagan taqqoslanishidir. Bu kiruvchi yuqori extimollik xatolarida (ya’ni yomon kanalda) turbo kodlarning samaradorligi yuqori, kichik kiruvchi xatolar extimolligida turbo kodlarning samaradorligi chegaralangan. Shu sababli yaxshi kanallarda xatolar extimolligini kamaytirish maqsadida turbo kodlar emas, balki LDPC- kodlari qo‘llaniladi.
    Turbo kodlashda murrakab algoritmlardan foydalansak xam, dasturiy ta’minotning ochiq bo‘lmaganligi turbo kodlarni tatbiq etishda asosiy kamchilikdan biri deb xisoblanadi, shunga qaramay xozirgi kunda barcha zamonaviy tizimlar turbo kodlardan foydalanadi.



    Download 146,31 Kb.
    1   2   3   4




    Download 146,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkilik kaskaddagi iterasiyalangan Turbo koderning bitta iterasiyaning kodlanishi

    Download 146,31 Kb.