|
Nazoratni amalga oshirish
|
bet | 6/12 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 71,6 Kb. | | #255555 |
Bog'liq 2.mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishiNazoratni amalga oshirish. Front-ofis zimmasiga mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning rasmiylashtirilishi va ular tomonidan boshlangan operatsiyalarning to‘g‘riligini dastlabki nazorat qilish yuklatiladi. Qo‘shimcha nazorat zarur hollarda (bank qo‘shimcha nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar ro‘yxati va ularni nazorat qilish tartibini ishlab chiqadi) Front-ofis xodimi operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni nazoratchi xodimga taqdim etadi.
Bank tomonidan amalga oshiriladigan mijoz operatsiyalarining nazoratini o‘z xususiyatlari bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Mijozning shartnomaga asoslangan xarakatini tekshirish;
Mijoz o‘z operatsiyalarini qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda bajarayotganligini tekshirish;
Hujjatlarning rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablarga rioya qilinishini ta’minlash;
To‘lovlarni amalga oshirish uchun moliyaviy sharoitlar mavjudligini aniqlash.
YAkuniy nazoratning vazifasi operatsiyalarning yakuniy nazoratini amalga oshiruvchi Bek-ofis xodimlari tomonidan keyingi bank ish kunidan kechiktirmagan holda o‘tkazish hisoblanadi.
Tashkiliy tarkibi Front-ofis va Bek-ofisdan iborat bo‘lgan banklarning buxgalteriya apparati xam shu tamoyil asosida tashkil etiladi.
Front-ofis - bankning tarkibiy kismi bo‘lib, konun xujjatlarida nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqatda bo‘lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlar guruhi. Ushbu guruxga Front-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi. Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlar topshirig‘i hamda bank ichki faoliyati bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan operatsiyalarning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlashdan iborat;
Front-ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi. Front-ofisning umumiy vazifasi quyidagilardan iborat:
Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish;
Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shu bilan birga "Bank-mijoz" dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
Mijozlarning bank orkali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish;
Mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarini o‘tkazilishini tasdiqlovchi hujjatlar berish.
Front-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
YUridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi korporativ bo‘lim;
Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim;
Bankning ichki operatsiyalari (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari.) amalga oshiruvchi bo‘lim.
Front-ofis tarkibida bank uchun o‘ta muhim mijozlar (VIP) ga xizmat ko‘rsatuvchi alohida bo‘lim tashkil etilishi mumkin. Quyida Front-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari keltirilgan.
Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limi:
Bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini mijozlarga tushuntirish va maslahatlar berish;
Bank xizmatlari bo‘yicha mijozlar bilan shartnomalar tuzish;
Korporativ mijozlardan (shu bilan birga shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar) pul hisob-kitob xujjatlarini qabul qilish;
Mijozlarga amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi bank hisobvarag‘idan ko‘chirmalar, kvitansiyalar va boshqa ma’lumot hujjatlarini berish;
Mijozlar bilan standart shakldagi depozit shartnomalarini tuzish jarayonini amalga oshirish;
Bank mijozlarining shartnomalarini tekshirish va qabul qilish;
Mijozlarning konvertatsiyaga berilgan arizalarni ko‘rib chiqish;
Mijozlarning nakd pul operatsiyalarini bank axborotlashtirish bazasida kayd etish (tashki to‘lovlar istisno kilinishi mumkin). Bunda, nakd pul operatsiyalari deganda mijozning ishtirokida darhol amalga oshirish lozim bo‘lgan operatsiyalar nazarda tutiladi. Ushbu yozuvlar (qaydlar) asosida bank axborotlashtirish bazasida buxgalteriya xisobida ifodalash uchun o‘tkazmalar avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xisobotlarni tuzish, tekshirish, taxlil kilish va o‘z vaktida takdim etish.
Hujjatlarni arxivga tayyorlash va o‘z vaktida shakllantirish.
|
| |