• Banklar faoliyatini boshqarishning tashkiliy tuzilishi.
  • 2. mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishi




    Download 71,6 Kb.
    bet1/12
    Sana28.05.2024
    Hajmi71,6 Kb.
    #255555
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    2.mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishi

    2.mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishi.

    Reja


    1.Banklar faoliyatini boshqarishning tashkiliy tuzilishi.
    2.Bank faoliyatini boshqarishning matritsali va chiziqli modellari.
    3.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari tashkiliy tuzilishiga ta’sir qiluvchi omillar.
    4.Tijorat banklari faoliyatini strategik va taktik boshqarish.


    1. Banklar faoliyatini boshqarishning tashkiliy tuzilishi.


    O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqarorlashtirishning asosi bo‘lgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish avvalambor moliyaviy holatni sog‘lomlashtirish, bank tizimini takomillashtirish va moliyaviy bozorlarni tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o‘tishida banklarning ahamiyati kuchliligi qaysidir ma’noda ushbu sohani tez sur’atlarda rivojlanishini taqozo etdi. Bank tizimining bosqichma-bosqich shakllanishi va rivojlanishi, yangi bank xizmatlari turlarining tadbiq etilishi maqsadida bir qancha qonunchilik ishlari olib borildi. O‘tgan yillar davomida respublikada zamonaviy bozor sharoitlarida mustahkam va samarali faoliyat ko‘rsata oladigan, xo‘jalik sub’ektlari va respublika aholisini bank xizmatlari bilan ta’minlay oladigan, mijozlar talablari va jahon bank ishi standartlariga javob bera oladigan bank tizimi asoslarini tashkil etishga erishildi.


    Bank menejmentining muhim masalalaridan biri kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish hisoblanadi. Banklar faoliyatini tashkil qilishda mehnatni funksional taqsimlash sharoitida ma’lum tartib-qoidalarni qabul qilinishi tushuniladi. Banklar faoliyatini boshqarishda va tarkibiy bo‘linmalarida kamida eng asosiy 3 ta maqsadni amalga oshirish lozim:

        • yuqori samaradorlikka erishish;

        • etarli darajada likvidlilikni saqlash

        • bank barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash;

    Banklarning oldiga boshqa maqsadlar ham qo‘yilishi mumkin. Masalan, operatsiyalar hajmining son va sifat jihatdan o‘stirish, shuningdek, o‘z kapitali va bank rezervlarini oshirib borish kabi maqsadlar bular jumlasidandir. Biroq, yuqorida aytib o‘tilgan asosiy uchta maqsad ustuvor maqsadlar sirasiga kiradi.
    Samaradorlik foydaning xarajatga nisbati bilan aniqlanib, unda xarajatlarni bank faoliyatidagi yuqori o‘rin tutishi ma’lum. Bank xarajatlarini kamaytirish, bank faolyatining samaradorligi shuncha yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Banklarni xarajatlar hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmay, balki tashkiliy tuzilishni, bank texnologiyalarini qo‘llash orqali ham yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Masalan, kreditlash jarayonini takomillashtirish bilan kredit berishni va uni qaytarish tizimi takomilashib yuqori natijalarni ta’minlashi mumkin.
    Banklar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, banklarning tarki biy bo‘linmalari o‘rtasidagi munsabatlarning rivojlanishi, qarorlar qabul qilinishiga nazoratni kuchaytirib bank faoliyatini ratsional boshqarishga erishiladi. Buning natijasida bankning tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni tartibga solib
    qolmay, balki bankning tarkibiy tuzilmasida hamma elementlar aloqadorligi rivojlanadi.
    Banklar faoliyatini tashkil qilishning vazifasi shundan iboratki, mehnatni taqsimlash vositasida bo‘limlar filiallar, boshqarmalar, qo‘mitalar, departamentlar tashkil etilib bankning maqsadlarini amalga oshirishda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Buning uchun esa, ma’lumot, axborot ta’minot, ma’lum tartiblar ishlab chiqish va bank faoliyatini amalga oshiriruvchi protseduralar zarur bo‘ladi.
    Banklar faoliyatini tashkil qilishning xususiyatlari. Banklar faoliyatini tashkil qilish quyidagi xususiyatlarga ega:

        • bankning boshqa sub’ektlardan operatsiyalari va mahsulotlari bilan farq qiladi;

        • banklar moliyaviy aktivlar bilan o‘z operatsiyalarini amalga oshiradi.


    Download 71,6 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 71,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishi

    Download 71,6 Kb.