|
Bank faoliyatini tashkil etishning matritsali modeli
|
bet | 4/12 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 71,6 Kb. | | #255555 |
Bog'liq 2.mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishiBank faoliyatini tashkil etishning matritsali modeli.
Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan banklar faoliyatini tashkil qilishning chiziqli modellarini kombinatsiyalashgan holda, ya’ni 2 va undan ortiq modelning bir vaqtda qo‘llanishi matritsali model bo‘lib hisoblanadi.
Matritsali model bir necha turlarga bo‘linadi:
Ikki o‘lchamli matritsali model;
Uch o‘lchamli matritsali model;
Ko‘p o‘lchamli matritsali model.
Ikki o‘lchamli matritsali model – funksional bo‘linish va mijozlar guruhlari bo‘yicha bo‘linishining kombinatsiyasi sifatida foydalanib tashkil etiladi. Ikki o‘lchamli matritsali modeldan foydalanish u yoki bu operatsiyalarni amalga oshiruvchi bo‘limlarni shakllantirish, mahsulot va xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib
chiqadi. Xalqaro bank amaliyotida bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlarni bek ofis va front ofis deb ataladi.
Buxgalteriya apparatini front-ofis va bek-ofisga ajratish zaruriyati. Bank nuqtai-nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishini ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa, dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichni tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga etkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.
Mijoz nuqtai-nazaridan bo‘linishning ahamiyati shundaki, bankning bitta bo‘limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining barcha masalalarini echish imkoniyatini yaratish. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz bo‘lib hisoblanadi.
Bank tarkibiy tuzilmasining mas’uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo‘limlar bo‘yicha vazifalar taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. SHuni qayd etish zarurki, bo‘linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo‘lishi shart emas. Bank bo‘linmalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining avtomatlashtirilgan darajasiga bog‘liq ravishda, Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida ayrim bo‘lim/sektor bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo‘lim/sektor vazifalarini boshqa bo‘lim/sektor bajarishi ko‘zda tutilishi lozim.
Vazifalar, bank tarkibiy tuzilmasining har bir bo‘limi uchun alohida taqsimlanadi.
|
| |