• Kreditlash bo‘limi
  • CHakana operatsiyalar bo‘limi




    Download 71,6 Kb.
    bet7/12
    Sana28.05.2024
    Hajmi71,6 Kb.
    #255555
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    2.mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishi

    CHakana operatsiyalar bo‘limi:


    1. Bank chakana operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini mijozlarga tushuntirish va maslahatlar berish;

    2. Bank xizmatlari bo‘yicha mijozlar bilan shartnomalar tuzish;

    3. Jismoniy shaxs-mijozlardan (shu bilan birga shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar) pul xisob-kitob hujjatlarini qabul qilish;

    4. Mijozlarga bank orkali amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiklovchi bank xisobvaragidan ko‘chirmalar, kvitansiyalar va boshqa ma’lumot hujjatlarini berish;

    5. Mijozlar bilan standart shakldagi depozit shartnomalarini tuzish jarayonini amalga oshirish;

    6. Mijozlarning nakd pul operatsiyalarini bank axborotlashtirish bazasida kayd etish (tashqi to‘lovlar istisno qilinishi mumkin).

    7. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisobotlarni tuzish, tekshirish, tahlil qilish va o‘z vaqtida taqdim etish.

    8. Hujjatlarni arxivga tayyorlash va o‘z vaqtida shakllantirish.

    Kreditlash bo‘limi:


    1. Standart kredit shartnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

    2. Kreditlarning yangi turlariga takliflarni yig‘ish;

    3. Bank kredit siyosatining yo‘nalishlarini aniqlash uchun har xil iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy tahlil kilish;

    4. Kredit berish shartlari bo‘yicha mijozlarga maslahat berish va tushuntirish ishlari olib borish, mijoz bilan kredit maqsadini dastlabki muhokamadan o‘tkazish;

    5. Kredit berish uchun qaror qabul qilish uchun mijoz tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni ro‘yxatini aniqlash;

    6. Mijozdan kredit olish uchun ariza qabul qilish;

    7. Mijozning kreditga layoqatligini va kredit olishning iqtisodiy asoslanganligini tahlil qilish;

    8. Kredit ko‘mitasiga kredit berish uchun takliflar tayyorlash;

    9. Kredit shartnomasini tayyorlash;

    10. Mijoz bilan kredit shartnomasining shartlarini muhokama qilish;

    11. Mijozdan garov (kafolat) majburiyatlarini qabul qilish;

    12. Bek-ofis uchun kreditning barcha moliyaviy shartlarini o‘z ichiga olgan kredit anketasini tayyorlash;

    13. Imzolarni tekshirish;

    14. Mijoz tomonidan taqdim etilgan balans va boshqa hisobotlar asosida, uning moliyaviy holati bo‘yicha monitoring olib borish.

    15. YAngi berilgan kreditlar monitoringini va amaldagi kreditlarning doimiy tekshiruvini olib borish (maqsadli ishlatilishi, o‘z vaqtida so‘ndirilishi);

    16. Mijozning hisobvarag‘ida so‘ndirish uchun mablag‘ etarli bo‘lmagan hollarda, mijozga kredit vayoki foizlarni so‘ndirish to‘g‘risida eslatib turish;

    17. Mijozlardan qarzni uzish uchun mablag‘larning kelib tushmaslik sabablarini aniqlash;

    18. Kredit shartlari o‘zgargan holda (ya’ni, muddatini uzaytirish, qarz uzish jadvalining o‘zgarishi va boshqalar) Bek-ofisga farmoyishlar tayyorlash;

    19. Kredit qo‘mitasi qarorlari va kredit anketasi asosida qo‘shimcha shartnomalarni tayyorlash;

    20. Kreditni "foiz o‘stirmaslik" maqomiga o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar tayyorlash;

    21. Bek-ofis xodimlariga kreditni kaytarish masalalari bo‘yicha malakaviy yordam ko‘rsatish.

    Download 71,6 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 71,6 Kb.