|
Bank faoliyatini tashkil etishning tamoyillari
|
bet | 2/12 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 71,6 Kb. | | #255555 |
Bog'liq 2.mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishiBank faoliyatini tashkil etishning tamoyillari. Banklar faoliyatini tashkil qilishning tamoyillarida bank faoliyatini spetsikasi bankning zaruriy tarkibiy bo‘linmalarini aniqlab beriladi. Ixtiyoriy olingan bankada quyidagi bo‘limlar bo‘lishi mumkin: bank kengashi; boshqaruv, boshqarma, bo‘linma, filial va boshqalar.
Bank faoliyatini tashkil etishda uning tarkibiy bo‘limlarini to‘g‘ri taqsimlanishi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Masalan, har bir bankda Bank Kengashi, Boshqaruv, Ma’muriy boshqaruv, har-xil moliyaviy, tijorat va umumiy masalalar bilan ishlovchi turlicha bo‘limlardan tashkil topadi.
Bank kengashiga odatda, uning ta’sischilari kiradi. Banklarning ta’sischilari odatda, ham yuridik, ham jismoniy shaxslardan tashkil topadi. Bank kengashi bankning yillik hisobotini tasdiqlaydi, shuningdek, bank faoliyatini strategik masalalarini hal qilishda faol ishtirok etishlari mumkin.
Boshqaruv (Direktorlar kengashi)ga odatda, bankning umumiy boshqaruviga, uning strategik maqsadlarining bajarilishiga javobgar hisoblanadi. Boshqaruv kengashiga bankning raisi (prezidenti, boshqaruvchisi), uning o‘rinbosarlari, bankning muhim boshqarma boshliqlari kiradi.
Umumiy masalalar boshqarmalarining oldida bank faoliyatining istiqbollarini belgilash, metodologiyani tayyorlash va ishlab chiqish, yuridik xizmat va xavfsizlik xizmati kabi masalalarni hal qilish turadi. SHuningdek, ushbu bo‘lim oldida Markaziy bank tomonidan belgilangan me’yorlarga (aktivlarning sifati, kapitalni etarliligi, likvidlilik va h.k.) amal qilish vazifalari yuklatilgan bo‘ladi. Moliya boshqarmasi ham odatda shular jumlasidandir.
Tijorat faoliyatiga bankning turli xizmatlari – kreditlash, investitsiyalash, valyuta, trast va boshqa aktiv operatsiyalar, shuningdek, turli pullik to‘lovlar kiradi. YA’ni, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi blok asosiy bankning daromadini keltiradigan boshqarmalardan tashkil topgan bo‘ladi. Xususan, kredit boshqarmasi, operatsion boshqarma, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlash boshqarmasi, valyuta operatsiyalari boshqarmasi. Ushbu funksional blok bank daromadalari shakllanadigan asosiy bo‘linmalar hisoblanadi.
Kreditlash banklarning asosiy operatsiyalaridan biri bo‘lib, tijorat banklarining asosiy daromadalari shakllanuvchi manba hisoblanadi. Kreditlash har
bir tijorat bankida mustaqil amalaga oshirilib, bankning kredit siyosatiga asoslanadi.
Hisob-kitob operatsion bo‘lim mijozlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirib, naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib boradi.
Tijorat banklari boshqa sub’ektlar tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kiritishi va ular o‘rtasida vositachilik xizmatlarini ko‘rsatib borishi mumkin. Bundan tashqari tijorat boshqa turli bo‘limlarni tashkli etish va undan foydalanib bank xizmatlarini ko‘rsatish mumkin.
Moliya bloki bankning daromad va xarajatlarining hisobini yuritadi. Buxgalteriya, hisob-kitob markazi, kassa, banklararo vakillik munosabatlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalar kiradi.
Avtomatlashtirish bloki banklar faoliyatining muhim bo‘g‘ini bo‘lib ma’lumotlani elektron ko‘rinishga keltirish, ularni qayta ishlash, uzatish va qabul qilish kabi vazifalarni bajaradi.
|
| |