• Bank faoliyatini boshqarishning chiziqli modeli va uning tuzilishi.
  • 2. mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishi




    Download 71,6 Kb.
    bet3/12
    Sana28.05.2024
    Hajmi71,6 Kb.
    #255555
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    2.mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishi

    Ma’muriy blokka kadr, kanselyariya, xo‘jalik bo‘limi, binoga xizmat ko‘rsatadigan barcha xodimlar va boshqalar kiradi.
    Amaliyot ko‘rsatishicha, yuqoridagi bo‘limlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, faoliyatni amalga oshirishda zaruriy ma’lumotlar almashadi. Bank faoliyatini tashkil etishda yuqoridagi kabi bo‘limlarning tashkil etilishi bank faoliyati yo‘nalishi, hajmi ko‘lamiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin.
    Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishda rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida chiziqli va matritsali modellardan foylaniladi. Albatta har bir bank bunda o‘zining spetsifik xususiyatidan kelib chiqadi. Quyidagi bo‘limda har modelning mazmuni va uni tashkil etilishini ko‘rib o‘tamiz.


    1. Bank faoliyatini boshqarishning chiziqli modeli va uning tuzilishi.


    CHiziqli model banklarning xizmatlari, hududi, ixtisoslashuviga muvofiq, shulardan bittasi negizida shakllantiriladigan bankning tashkiliy tuzilishi hisoblanadi. Har tijorat banki uni mustaqil ravishda o‘z faoliyatidan kelib chiqib foydalanadi.


    CHiziqli model o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:

    • funksional model – aniq bir xizmat va mahsulotlarga yo‘naltirilgan;

    • divizion model – tarmoq faoliyatiga yo‘naltirilgan;

    • geografik model – bank mijozlari va bozorga yo‘naltirilgan.

    Funksional model – bankning ko‘rsatadigan an’anaviy xizmatlari va operatsiyalariga (kredit, depozit, hisob-kitob, kassa, valyuta, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalari va boshqalar) muvofiq tarzda bankning tarkibiy bo‘linmalari ajralib chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Ushbu operatsiya va xizmatlarga mos ravishda banklarda guruhlar, bo‘linmalar, boshqarma va qo‘mitalar tashkil qilinadi. Bank yangi bo‘lim va maxsus bo‘linmalarni tashkil qilish uchun zarur bino-inshoatlarga, kadrlarga va texnikaga ega bo‘lishi talab etiladi.
    Funksional model banklar faoliyatini tashkil etishning klassik va eng keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi. Ammo bu omil ushbu modelning to‘g‘ri va samarali ekanligini anglatmaydi. Ekspertlarning fikriga ko‘ra bank faoliyatini tashkil etishning funksional modeli konservativ bo‘lib bozordagi o‘zgarishlarni hisobga olmasligini kamchilik sifatida ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, banklar faoliyatining bunday tashkiliy tuzilishi banklarda yuqori malakali mutaxassislarning bo‘lishini talab qiladi. Funksional modelga muvofiq banklarning maxsus bo‘linmalarini tashkil qilishda bankning umumiy faoliyati emas, bank biznesining tanlangan strategik yo‘nalishlari olinadi. Tanlangan ushbu yo‘nalishlar qo‘yilgan maqsad va strategiya asosida amalga oshiriladi.
    CHiziqli modelning divizion model shaklida bank biznesining alohida faoliyat tarmoqlarini 3 ta qismga bo‘lish tavsiya etiladi. Bular tijorat faoliyati hisoblanib kredit, investitsion faoliyati – xalqaro investitsiyalar va bankning trast operatsiyalari kiradi.
    Banklar faoliyatini operatsiyalari asosida tashkil etish ixtisoslashuv yoki ma’lum bir sho‘‘balarni tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan, tijorat banklari qoshida lizing, ko‘chmas mulk, avtotransport, forfeyting, trast, konsalting, depozitariy, faktoring kabi bo‘linmalarni tashkil qilish orqali shakllantiriladi. Umuman, bankning o‘zida bir operatsiya va xizmatlarni ko‘rsatuvchi bo‘linma sifatida tashkil etilishi mumkin.
    CHiziqli modelning yana bir yangi shakli bozor geografiyasiga borib taqaladi va ko‘proq universal banklarga talluqlidir. Universal banklar turli hududlarda tashkil etilib turli bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Bunday sharoitda banklarning boshqaruv organlari hududiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va vaziyatdan kelib chiqib bankning tarkibiy tuzilishi funksional yoki divizion shaklida tashkil etilishi mumkin.
    CHiziqli modelning to‘rtinchisi har bir tarmoqning xususiyatiga, mijozlarning iqtisodiy holatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Bank mijozlari mayda, o‘rta va kichik guruhlarga ajratilib xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu har bir bank tomonidan mustaqil belgilanadi.



    1. Download 71,6 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 71,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishi

    Download 71,6 Kb.