1.2. Ta’lim muassasasi psixologining profilaktika faoliyati samaradorligi
ko’rsatkichlari
Nazariyalar muallifini sanab borishi mumkin, ammo kategoriyalar “tilga”
o‘xshab nomsiz, ular butun olimlar tomonidan qabul qilinib har birini faoliyatiga
rahbarlik qilib turgan tamoyil tarkibiga va tushuntirish nuqtasiga kiradi. Fan
kategoriyasi tarixiy natijadir. Ularning mazmuni asrdan asrga o‘zgaradi. Kategorial
qurilish o‘z rivojlanishida qator davrlarni o‘tadi. Psixologiya tarixining manbalari.
Psixologiya tarixining manbalari bo‘lib psixologik bilimlarni to‘plashning aks
ettiruvchi barcha materiallar eng avvalo o‘tmish psixologlarning, faylasuflarning
asarlari hisoblanadi. Tibbiyotga ayniqsa, psixiatriya sohasiga oid bilimlar,
shuningdek boshqa fanlar tabiatshunoslik, jumladan fizika, kimyo, astronomiya,
11
tilshunoslik, etnografiya, antrapologiya kabi fanlarning ma’lumotlari ham
psixologiya tarixining manbai hisoblanadi. Psixologiyani rivojlantirishda olimlar
alohida bir xususiyatni aniqlab, uning faktini va xarakteristikasini tasvirlash bilan
birga tizimlar to‘g‘risidagi tushunchani kiritish kerak, deb hisoblashdi. Psixologik
tizimlar “supernazariya” deb nomlanadi. Ularning paydo bo‘lishini bir qator
mualliflar psixologiyaning g‘oyaviy yetilmaganligi bilan bog‘laydilar. Paradigmal
yondashish. Kun Tomas “Ilmiy revolyusiyalar strukturasi” kitobida ko‘pchilikni
o‘ziga jalb qilgan ilmiy g‘oyalarni tabiiy harakati tizimini ko‘rsatdi, unda harakat bir
necha davrga bo‘lingan. Boshlang‘ich davrda ba’zi omillar chegarasi, muammosi
usulida umumiy kelgani yo‘q. Ammo fan ong yuqori yetilish darajasiga borganda
paradigma paydo bo‘ladi, bu paradigmani aktual ilmiy amaliyotini umumqabul
qilgan namunasi deb taniladi. Paradigma, Kun Tomasning aytishicha, yetarli kuchga
ega, shuning uchun uzoq vaqt olimlarning aqlini asir qiladi, olimlarning alternativ
yo‘nalishlarini axtarishda adashtiradi. Pedagogika o‘zga qonunlarni, g‘oyaviy
xulosalarni va ularning yangi masalalarini kiritadi. Ma’lum muddat shu fan bo‘yicha
ishlamayotganlar ushbu paradigmaga amal qilib keldilar. To‘g‘ri kelmaydigan
fikrlarni e’tirof etadilar yoki shu qonunga moslashtiradilar. Klassik bixeviorizm
(psixologiya predmetini stimullarga harakat reaksiyasi deb hisoblovchi) “proksimal
stimullar − proksimal reaksiyalar” bog‘lanish bilan chegaralanadi (a-A). Freydizm
organizmni uzoq o‘tmishga bog‘liqligi bilan chegaralanadi (S-0). Funksionalizm
muhit ob’ektlarini ular bilan operatsiya qilish munosabatini nazarga oladi (v-A). Bu
sxemani e’tiborga olib Brunevik har bir sanalgan nazariya butun jarayonni bir
fragmenti deb hisoblaydi, ammo psixologiya tarixini anglash uchun Brunevik
sxemasi talabga javob bermaydi: genetik sababi va nazariyalar buzilishini
tushuntirib bermaydi. “Sistematologiya” daniyalik olim K. Madsen fanni o‘zini
ilmiy analiz qilish kerakligini gapirib, psixologik nazariyalarini solishtirib o‘rganish
kerakligini, uni “Sistematologiya” qilishni taklif qiladi. Nazariya deb, u shved
faylasufi G.Gernebodan so‘ng “ilmiy matn” yoki fikrlash (yozma, og‘zaki),
metonazariya deb - shu matnni nazariy analizini tushunamiz deydi. Matnni
yaratganda bir necha darajani taklif qiladi: a) diskriptiv (tasvirlovchi); b) gipotetik
12
(tushuntiruvchi); v) metastrata, bunda matnning muallifi bilim, haqiqat, metod,
model to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi. “Sistematologiya” asosiga Madsen “fikrlash
ekanomikasini” qo‘ydi. Bu adashtiruvchi ishonch, chunki ko‘z bilan ko‘rilgan
haqiqatni bildiradi, haqiqat ilmiy bilimning mazmunini tashkil qiladi, deb
adashtiradi. Materialistik dialektika pozitsiyasidan psixologik o‘rganishni ilmiy
kategorial analiz qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kategoriyalar − fikrni eng umumiy
buzilmas, o‘zaro bog‘langan ish tashkilotchilari hisoblanadi. Ular haqiqatni faol
tasvirlanishidir. Falsafiy kategoriyalar ilmi (forma va mazmun, son, sifat va
boshqalar) grammatik kategoriyalarga o‘xshab uzoq tarixga ega. Mazmunan-
formal. Olimning o‘z ulushini ilmga qo‘shishi qaytarilmas bo‘lganligi uchun
tarixchini vazifasi bu ulushning maxsus xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Konkret
voqealarni qaytadan o‘zgartirib tarixchi ularni boshqalar bilan solishtirmay,
razryadga taqsimlamay baholay olmaydi. Bu ikki bo‘linmas tarixiy fikrni operatsiya
qilish nazariyalarda o‘xshash emasliklari bilan aks ettirilgan. Nazariyalarda
mazmuniga yoki “formasiga” e’tibor kuchaytirilgan. Bularda mazmun tarixiy
qaytarilmas voqealarni moslashtirgan, formal esa tamoyillar va konstruksiyalar bilan
moslashtirgan. Individual- sotsial. Ilmiy o‘rganish boshidan sotsialdir. Shu bilan
birga har bir o‘rganuvchi shaxs o‘z dasturiga ega va hech kim yetolmagan maqsadga
intiladi. Ammo, hammaning boshqachaligini tan olish ma’nosiz bo‘lar edi, agar
umumqabul qilingan hisobot tizimi bo‘lmasa kategoriya tizimi jamoani ijodi va
boyligidir. XX asrda psixologiyaning o‘tmishiga bir necha bor qiziqish kuchaydi.
XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida qiziqish tobora kuchayib bordi. Bu yillar
psixologiyaning uyg‘onish davri deb hisoblanadi. XX asrning 10-yillarida
psixologiyaning o‘sha paytda hukmron bo‘lgan metod va fan sifatida o‘rganish
tizimi qattiq tanqid qilingan. Bu fanning predmeti sifatida fenomenlar yoki ong
aktlari, metodi esa o‘z-o‘zini eksperimental nazorat qilish to‘g‘risidagi
tushunchadan iborat bo‘lgan. 1.3. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi
Psixologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga tabiat hodisalarning
tajribalari va determinik tadqiqot muvaffaqiyati orqali zamin tayyorlangan.
Psixologiya tarixchisi Nordenshelning aytishicha, o‘sha paytda ko‘p organik
13
hodisalarga yangi tushunchani qo‘llashga shoshilishar edi. Shu yangi tushunchani
ma’nosi shunday iborat ediki, butun borliq jonlimi, jonsizmi bitta yagona sodda aniq
bir sabab bog‘lanishidir, bunga tayanib murakkab hayotiy ko‘rinishlarini soddaga
aylantirish mumkin, deb aytgan. 40 - yillarda vitalistik qarashning tarafdori I.
Myullerning boshchiligida yosh olimlar guruhi o‘z ustoziga qaramaqarshi chiqishdi.
Shu o‘quvchilar, jumladan, Gelmgols va Dyuba Reyman tomonidan «yashirincha
kollej» tashkil qilindi, keyinchalik u tarixga fizikaximiyaviy maktab deb kiritilgan
edi. Bu maktabning dohiylari - Gelmgols, Dyuba Reyman va boshqalar
psixologiyani tajribali fan qilib ko‘rsatdi. Gelmgols, Dyuba Reyman va boshqalar
ongni materiya sabablari orqali tushuntirib bo‘lmaydi, degan fikrga kelishgan. «Bu
jarayonda insonning aqli» jahon siriga duch kelib, uni hech qachon yengib
bo‘lmaydi” -dedi Dyuba. Tabiat hodisalari ustidagi juda ko‘p izlanishlar va
muvaffaqiyatli tajribalar psixologiyaning alohida fan bo‘lib ajralib chiqishiga katta
omil yaratadi. Psixologiya fanining rivojiga har xil fanlar, yo‘nalishlar olimlarning
hissasi juda kattadir. Masalan: tabiiy hodisalarga fizikaviy matematiklar ko‘zi bilan
qarash, ya’ni energiyani saqlanish qonuni hech qanday o‘zgarishsiz tirik organizmga
tadbiq qilishni avvaldan fan tasdiqlab bergan bo‘lsa, keyinchalik undan voz kechildi,
bunga sabab Ch. Darvin ta’limotlarini psixologiya faniga qo‘shgan hissasi va
boshqalardir. Ch.Darvin 1970 yilda o‘zining «Odamning paydo bo‘lishi» nomli
asarida odamdagi va hayvondagi emotsional holatlarni taqqoslab ko‘rdi va bu
holatlardagi harakatlar mimikani kelib chiqishi va bularni ma’nosi haqida fikr
yuritdi. Ch.Darvinning fikricha, bu harakatlar va mimikalar insoniyat tarixida
ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kerak bo‘lgan, ya’ni hayotiy zaruriyati bo‘lgan
hayvonlar o‘ljasiga tashlanishdan oldin og‘izlarini katta ochib o‘kirgani singari
odam ham ov paytida bu harakatlari bilan o‘zini himoya qilgan va hokazo.
Ch.Darvin hozirgi turli mimika va harakatlarni ana shu ibtidoiy odamdan qolgan
rudimentlar deb fikr bildirgan. Bularga odam o‘rganmaydigan, balki insonga instinkt
sifatida tabiat tomonidan beriladi, deb aytgan. Bu bilan Ch.Darvin odamning
emotsional holatini hech qanday odam psixologiyasiga bog‘lamay, balki uni hech
qanday hissiz, fikrlamasdan bajariladigan bir fiziologik harakat deb ta’riflaydi. Bu
14
bilan Ch.Darvin katta xatoga yo‘l qo‘ygan edi. Insondagi bu harakat va mimikalar,
intonatsiya bu - jamiyat rivojlanishining mahsulidir. Jamiyat rivojlanishi bilan
biologik formalar ham o‘sib, rivojlanib boradi. Bora-bora refleks haqidagi
ta’limotlar ham o‘zgardi. Myuller reflektor yoyini hech qanday o‘zgarmaydigan
yo‘llarini bog‘lanish deb odamdagi turli reaksiyalar tashqi muhit o‘zgarishida
ongning ta’siri deb tushuntirganlar. Ular reflektor harakatlarida psixik ta’sirni
umuman inkor etdilar va bu harakatga faqat fiziologik ma’no berdilar, xolos.
Ularning bu ta’limotini 1853- yili nemis fiziologi Aflyuger inkor etdi, buning uchun
u bitta baqani boshini olib, unga ta’sir qilganda uning qolgan qismi xuddi bir butun
organizm, psixologik jarayon ekanligini tasdiqlab berdi. Myullerning fikricha, har
bir sezgi organi bu alohida maxsus energiya bilan zaryadlangan apparatdir. Sezish
esa ma’lum bir harakat sababli bu energiyaning apparatdan chiqishi bilan hosil
bo‘ladi deb ta’kidlaydi. Gelmgols esa buni ya’ni sezishni psixologiya bilan
bog‘laydi. Shunday qilib, psixologiya fani juda ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘ldi.
Psixofiziologiya deb nom olgan yo‘nalishda esa hamma psixik hodisalar ma’lum bir
qonuniyatga bo‘ysunadilar va buni matematik hisoblash yo‘li bilan o‘rganish
mumkin deyiladi. Bu yo‘nalishda nemis olimi Gustav Fexner ish olib bordi. U 1820-
1830-yillarda Leypsigda fizika fanini olib borar edi va elektr sohasida ko‘p tajribalar
o‘tkazar edi. Shunda u psixologiya bilan qiziqib qoladi. Uning fikricha, ong butun
koinot bo‘ylab sochilib tarqatilgan, koinotdagi turli jismlarga esa jon berilgan,
materiya esa psixikani teskari tomoni, aniqrog‘i, soyasi xolos deydi. Buni esa
matematik hisoblashda tasdiqlashga harakat qilgan. XIX asr o‘rtalariga kelib nerv
harakatlari juda ham katta tezlikda o‘tadi, hatto yorug‘lik tezligiga teng deb
hisoblanar edi va buni hisoblash mumkin emas, deb kelinar edi. Lekin 1850-yilda
Gelmgols bu muammoni yechdi. Hisobiga ko‘ra, bu harakat uncha katta emas,
sekundiga bir necha o‘n metr edi xolos. Bu tadqiqotiga ko‘p olimlar hatto
Gelmgolsning o‘z ustozi Myuller ham ishona olmadi. Gelmgols tajribasi faqatgina
fiziologiya bilan bog‘liq bo‘lib qolmay, balki psixologiyaga ham taalluqli edi. Bu
bilan u nerv sistemasidagi jarayonlar fiziologik jarayonlar kabi ma’lum.
Psixologiyaning alohida fan sifatida ajralib chiqishida faqatgina fiziologik tajribalar
15
sababchi bo‘lmasdan, balki falsafaning ham roli kattadir. Bu yo‘lda ingliz
faylasuflari Djon Mill, Spenser va boshqalar ko‘p tadqiqotlar olib borganlar. Ongni
sintez qilib xuddi kimyoviy reaksiyalardan yangi modda olingani kabi, yangi
natijalarga erishish mumkin deb hisoblanar edi. Ongni mayda atomlarga bo‘lib,
kimyoda Mendeleev jadvalidagi kabi yangi atomlar olish mumkin. Millning bu
yo‘nalishi keyinchalik psixologizm deb nom olgan. Aleksandr Ben o‘zining ko‘p
yillar mobaynida mashhur bo‘lgan ikki asarida, ya’ni «Emotsiyalar va erk», «Sezgi
va intellekt» asarlarida psixologiya bilan fiziologiyani yaqinlashtiradi. U o‘zining
bu asarlarida psixologiyani ko‘zda ko‘rinarli tomonlari: reflekslar, instinktga va
odatga ko‘proq e’tibor berdi. Refleks organizmning tashqi muhit ta’siriga
stereotiplar bilan javob beradi, xulq-atvor turli-tumanligini tushuntirishga javob bera
olmas edi. Harakatning xohishi va erki bilan Ben o‘zining ta’limotida ongni
faoliyatini organizm faoliyati bilan yakdil deb biladi, psixologiya va shunga
o‘xshash boshqa yo‘nalishlarni inkor etadi. Biologik evolyusiyani psixologiya bilan
bog‘lash davr talabiga aylanib bordi. Gerberd Spenserning «Psixologiya asoslari
kitobi» bunga javob edi. Lekin bu asar ko‘p vaqt U Peterburgdagi harbiy injenerlar
bilim e’tibordan chetda qoldi. Darvinning evolyusiya ta’limotidan keyin esa
Spenser evolyusion psixologiya asoschisi deb e’lon qilindi. Uning fikricha, ong bu
yashash uchun kurashning muhim qurolidir. Psixologiya bu ichki hodisalarni o‘zaro
munosabati yoki tashqi hodisalarni o‘zaro munosabati emas, balki bu ikki harakat
hodisaning ta’siridir. Shunday qilib, psixologiya fanining mustaqil fan sifatida
ajralib chiqishiga, uning rivojlanishida hech qaysi fan yo‘nalishi chetda qolgani
yo‘q. Psixologiya alohida fan sifatida o‘rganilayotganligiga yuz yillar bo‘ldi.
Ungacha uzoq vaqt davomida bu falsafa, diniy bilimlar qatorida edi. Psixologiya
boshqa nomlar bilan ham o‘rganilar edi. Masalan, pnevmatologiya, mental falsafasi
va hokazo. Psixologiya tarixini biz faqatgina falsafada emas, balki yuqorida
aytganimizdek biologiya, meditsina, pedagogika, sotsiologiyada ham ko‘rishimiz
mumkin. 1873-yilda Sechenovning psixologiyani qayta ishlab o‘rganishni ob’ektiv
fan sifatida taklif etadigan «Psixologik etyudlar» asari nashr qilindi. Bu asarning
asosini materialistik metodologiya tashkil etar edi. Sechenov pomeshchiklar oilasida
16
katta bo‘lgan. yurtini tamomlab, oliy texnika injeneri ma’lumotini olgandan so‘ng
Moskva universitetining meditsina fakultetiga o‘qishga kirdi. III kursdan boshlab
falsafa fanining tarkibida bo‘lgan psixologiya bilan shug‘ullana boshladi. Uning
ta’biricha, «falsafaga moskvachasiga ishtiyoq» ijodida keyinchalik muhim rol
o‘ynaydi. Universitetni tamomlab, Germaniyadagi Gelmgols Dyuba-Reyman
laboratoriyasiga ilm o‘rganish maqsadida bordi. 1860-yilda Germaniyadan vataniga
qaytgan Sechenov Peterburgda medikaxirurgik akademiyasining 1-rus fiziologik
maktabini tashkil qildi. Bu maktab fizika- kimyoviy yo‘nalishda edi. Bu davrda kelib
Rossiyada eski iqtisodiy taraqqiyot yemirilayotgan, sinflar orasidagi qarama-
qarshiliklar va ziddiyatlar rivojlanayotgan edi. Bu ziddiyatlar bilan bir paytda odam
tanasining tuzilishi, uning organizmi va psixik funksiyaning o‘zgarishi masalasi ham
mavjud edi. Sechenov va Chernishevskiyning asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan P.D.
Yurkevich shunday yozgan edi: hozirgi zamonda fiziologlari kundalik hayotidagi
o‘zgarishlarni hamda bu o‘zgarishlarni paydo bo‘lishi va sabablarini ortiqcha
o‘rganmoqda. P.D.Yurkevich va uning tarafdorlari fikrini «Sovremenik» jurnali
xodimlari qoralashib chiqdilar. Ular fiziologik va psixologik hodisalarning
materialistik dunyoqarash nuqtai-nazaridan yoqlab chiqdilar. I.M.Sechenov
revolyusion demokratik intellegensiya bilan yaqin aloqada bo‘lib «Nima qilmoq
kerak?» asarini yaratgan. Jon haqidagi bahslar keskinlashgan paytda Sechenov miya
ustida olib borgan ekperementlarida tormoz markazlari, ya’ni harakat aktivligini
ushlab turadigan qo‘zg‘alish, «lokalizatsiya» qilingan nerv markazlarini ochib
beradi. Bu buyuk kashfiyot edi. Bu bilan u nafaqat bosh miya fiziologiyasida yangi
bo‘lim ochdi, balki bu organizmning funksiyalari haqidagi tasavvurlarni umuman
o‘zgartirib yubordi. Bu kashfiyot fiziologik ongga tormozlanish haqida yangi
tushuncha olib kirdi. Olim bu bilan esa tormozlanish va qo‘zg‘alish o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatga aloqador bo‘lgan neyrodinamik muammolarning keng
kompleksini ochib berdi. Lekin bu keyinroq sodir bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda
Sechenov uchun muhim narsa shu ediki, u tajriba yo‘li bilan miya moddasini
kichkina bir bo‘lagidan chiqayotgan iroda asrlar bo‘yi yurakdan chiqadi deb
hisoblanib kelinayotganligi noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berish kerak edi, ya’ni
17
inson irodasi faqat ruhga emas, balki inson organizmining bir bo‘lagi hisoblangan
miya faoliyatiga bo‘ysunishini isbotlashi kerak edi. Axir iroda fe’latvorning eng
ishonchli belgisi qo‘zg‘ovchilarga qarshi tura olishni bilish, shartsiz impulslarni
ushlab qolish edi. Bu belgilarning hammasi eksperement guvohlik bergani kabi
markazdan miyaga tortiladi. Bu kashfiyotdan foydalanib, Sechenov 1863-yil
«Sovremennik» jurnaliga o‘zining «Inson miyasining reflekslari» nomli birinchi
psixofiziologik traktatini yozadi. Sechenov maqolasidagi g‘oyalar rus zamini
bo‘ylab uzoqlarga tarqaldi. Sechenov 1866-yilda «Nerf sistemasining fiziologiyasi»,
1867-yilda «Sezgi organining fiziologiyasi» nomli asarini yozdi. Sezgi organining
fiziologiyasi ustida ish olib borish jarayonida Sechenov psixologiyaga ham to‘xtalib
o‘tdi. Kavelinning asariga javobida hamda «Kim va qanday psixologiyani
o‘rganadi?» (1872) nomli maqolasida Sechenov psixologiyani maxsus fan sifatida
tan oladi. Uning fikricha, psixologiyaning fiziologlar yaxshi o‘rgana oladilar. 1870-
yillarning boshlarida hali psixologiya fan sifatida tan olinmagan edi, shuning uchun
faylasuflarda uni tushunadigan g‘oyalar yurar edi. Inson psixikasi haqida
Sechenovga Leybnis, Shopengauer, Gelmgols va boshqalar o‘z fikrlarini bildirgan
edilar. Sechenov ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan
materiyaning xususiyati yoki miyaning mahsulidir. Odatda, psixika tashqi
dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasida bevosita ta’sir etish asosida
vujudga kelib, bilish jarayonlari, shaxsning xususiyatlari, holatlari, diqqati, his-
tuyg‘usi, xarakter xislatlari, qiziqish va ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib
keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini
bildiradi. Bosh miya katta yarimsharlarida vujudga keladigan muvaqqat
bog‘lanishlarni psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi
ta’sirining natijasida hosil bo‘ladi. Muvaqqat nerv bog‘lanishlari nerv
jarayonlarining irraditsiyasi, konsentratsiyasi hamda o‘zaro induksiyasi qonunlari
zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar yig‘indisidagi muvaqqat bog‘lanishlar
assotsiatsiyalari qanday yuz berayotganini, qanday shartsharoitda tormozlanishi
muvaqqat bog‘lanishlarning yo‘qolayotganini yoki paydo bo‘layotganini
18
tushuntirish imkonini beradi. Psixofiziologik qonuniyatlariga binoan miyaning
funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashishi mexanizmi hamda
analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Psixikani tadqiq etish
insonning butun ongli faoliyatini uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini
o‘rganishdir. Sechenov ham o‘zining «Bosh miya reflekslari» asarida o‘sha zamon
fiziologiyasining ilg‘or yutuqlariga va shaxsiy tekshirishlariga asoslanib turib,
odamning psixik faoliyati qandaydir moddiy bo‘lmagan ruhning namoyon bo‘lishi
emas, balki faqat miyaning faoliyatidir xolos, deb dadillik bilan aytadi. Sechenov
psixik jarayonlarning asosi bosh miya reflekslaridir, degan ta’limotni ilgari suradi.
«Ongli va ongsiz psixikaning barcha harakatlari, - deb yozadi u, - o‘zining kelib
chiqishi jihatidan reflekslardir». U ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi bosh miya
funksiyalari bo‘lgan psixik jarayonlarning kelib chiqishini o‘rganishdan iborat deb
hisoblaydi. U yana shunday deydi: «Psixik hodisalarning ilmiy jihatdan haqiqiy
analiz qilib berishning kaliti fiziologiyaning qo‘lidadir». Sechenovning psixik
jarayonlarni mohiyatini tushuntirib beradigan asosiy qonun - qoidalari mana
shulardan iborat edi.
|