• Kurs ishi ob’ekti
  • Kurs ishining tuzulishi
  • 2 mundarija kirish




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana10.02.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #154352
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Ta’lim tizimida psixologik xizmat muammolari va yechimlar r

    Kurs ishining maqsadi: O’quvhilarni o’zlarini kasbiy aniqlashlarini 
    faollashtirishning psixologik jabhalarini o’rganish va rivojlantirish 
    Kurs ishining vazifalari: 
    1. O’quvhilarni ilmiy ma'lumotlar bilan tanishtirish:
    2. Kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liklikni asoslash; 
    3. Kasblar psixodiagnostikasi haqida tushuncha berish; 
    4. Shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalarini 
    o’rganish. 
    Kurs ishi ob’ekti: O’quvhilarni kasbiy qiziqishlarini o’rganish 
    Kurs ishi predmeti:O’quvchilarni kasga tayyorlash uchun kasbning psixologik 
    xususiyatlari, mehnat ko’nikmalari va malakalari bilan bo’lg’usi ixtisos egalarini 
    qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. 
    Kurs ishining tuzulishi: kirish qismi, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa va 
    foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
     
    I-BOB. Ta’lim muassasida psixologning psixoprofilaktik ishlarini yulga 
    kuyish
    1.1. Profilaktika talablari va vazifalari 



    Kishining hatti-harakatlari zamirida hamisha unga dastur ul-amal bo‘lgan 
    maqsadlar, mayllar, u yoki bu voqeadan ta’sirlanish zamirida esa xarakteriga xos 
    asosiy belgilar tushunilgan. Uning uchun ham psixik jarayonlar, xususiyatlar, 
    holatlar ilmiy tahlil predmetiga aylanishidan ancha ilgari kishilarda bir-birlari 
    to‘g‘risida sodda psixologik bilimlar to‘plana boshlagan. Bu bilimlar avloddan 
    avlodga o‘tgan holda tilda, xalq ijodiyoti yodgorliklarida, san’at asarlarida o‘z 
    ifodasini topa bordi. Har qanday konkret fan boshqa fanlardan o‘z predmetining 
    xususiyatlari bilan farq qiladi. Psixologiya o‘rganadigan hodisalarning o‘ziga xos 
    xususiyatlarini aniqlash yanada qiyinroq. Bu hodisalarni tushunish ko‘p jihatdan 
    psixologiya fanini egallash zaruratiga duch kelgan odamlarning dunyoqarashiga 
    bog‘liqdir. Qiyinchilik, eng avvalo, shundan iboratki, psixologiya o‘rganadigai 
    hodisalar kishilar aqlida allaqachonlardan buyon alohida hodisalar sifatida 
    bo‘rttirilib va hayotdagi boshqa ko‘rinishlardan ajratilib kelindi. Chindan ham shu 
    narsa mutlaqo ravshanki, mening tikuv mashinkasini idrok etishim qarshimdagi stol 
    ustida turgan tikuv mashinkasining o‘zidan, ya’ni real narsadan mutlaqo boshqa va 
    farq qiladigan narsa hisoblanadi; mening mashinada yurishga bo‘lgan istagim 
    haqiqatda mashinada yurishga nisbatan allaqanday boshqa bir narsadir; mening 
    Yangi yilni kutib olish haqidagi xotiram Yangi yil arafasida real tarzda yuz 
    berganiga qaraganda farq qiladigan allaqanday bir narsa hisoblanadi va hokazo. Shu 
    tariqa asta-sekin turli xil hodisalar to‘g‘risidagi tasavvurlar tarkib topadi va ular 
    psixik hodisalar (psixik funksiyalar, xususiyatlar, jarayonlar, holatlar va boshqalar) 
    deb nomlana boshladi. Bu hodisalarning alohida xarakterga egaligi ularning 
    odamlarni qurshab turgan tashqi olamdagi hodisalardan farq qilishida, insonning 
    ichki dunyosiga tegishli ekanligida ko‘zga tashlanadi. Ularni real hodisalar va 
    faktlarga qarama-qarshi qo‘yiladigan ruhiy hayot («psixika» degan terminning o‘zi 
    yunoncha «psyuxe» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «ruh» degan ma’noni bildiradi) 
    sohasiga taalluqli deb hisoblashardi. Bu hodisalar «idrok», «xotira», «tafakkur», 
    «iroda», «hissiyot» va boshqa shu kabi nomlar bilan guruhlarga ajratilib, hammasi 
    birgalikda psixika, kishining psixik, ichki dunyosi, uning ruhiy hayoti va hokazolar 
    deb ataladigan tushunchalarni hosil qiladi. Garchi kundalik muloqot davomida 



    boshqa odamlarni kuzatib borgan kishilar xulq-atvorining turli xil faktlari 
    (harakatlar, qiliqlar, ish bajarish va hokazolar) bilan bevosita munosabatda bo‘lsalar 
    ham, amalda o‘zaro birgalikda harakat qilishga bo‘lgan ehtiyoj ularni tashqi xulq-
    atvor ortida yashirinib yotgan psixik jarayonlarni farqlay bilishga majbur qilgan. U, 
    jumladan, maqol va matallarda mujassamlasha boshladi. «Ming marta eshitgandan 
    ko‘ra bir marta ko‘rgan afzal» (ko‘z bilan ko‘rgan holda idrok etish va xotirada 
    saqlab qolishning eshitishga qaraganda afzalliklari haqida); «Odat − kishining 
    ikkinchi tabiatidir» (tug‘ma xulq-atvor turlari bilan raqobat qila oladigan barqaror 
    odatlarning roli haqida) va hokazolar. Kishining shaxsiy hayot tajribasi ham unga 
    psixika haqida muayyan tasavvur bera oladi: biron-bir matnni qaytadan o‘qib 
    chiqish uning kishi xotirasida yaxshiroq saqlanib qolishiga yordam berishini, garchi 
    «Takrorlash − ilmning onasi», degan maqol unga tanish bo‘lmasa ham o‘z shaxsiy 
    tajribasidan bilib oladi. Ijtimoiy va shaxsiy tajribada yuzaga kelgan sodda psixologik 
    ma’lumotlar ilmiy psixologiyagacha yaratilgan psixologik bilimlarni tashkil etadi. 
    Ular ancha keng miqyosli bo‘lishi, ma’lum darajada tevarak-atrofdagi kishilarning 
    xulqatvoriga qarab ish qilishiga yordam berishi, bir muncha to‘g‘ri bo‘lishi va 
    voqelikka mos kelishi mumkin. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik 
    jarayonni amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini 
    taqozo qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va harakatini 
    boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, biokimyo, kibernetika va boshqalar) bilan 
    birgalikda ochib beradi. Shunday qilib, psixologiya fan sifatida psixikaning 
    faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‘rganadi. Psixologiya fanining 
    predmetini tahlil qilishda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, 
    shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini 
    kiritish mumkin. Shunga ko‘ra pedagogika shaxsni ta’limtarbiya jarayonida kamol 
    topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o‘rganadi. 
    Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini − shaxsning 
    psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi. Psixologiya, asosan, 
    psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko‘ra psixikaning yuzaga keltiruvchi 
    asosiy psixik faoliyatlari ko‘rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni 



    o‘z ichiga oladi: - bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat; - bilish jarayonlari: sezgi, 
    idrok, xotira, xayol, tafakkur; - shaxsning hissiy-irodaviy sohasi: hissiyot, iroda; - 
    shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat 1.2. 
    Psixologik bilimlar olami Psixologiyaga oid bilimlarni rivojlanishini turlicha 
    davrlashtirish mumkin. Davrlashtirish ishiga xronologik jihatdan yondashilsa, XVII 
    asr psixologiyasiga, hududiy jihatdan yondashilsa, Meksika psixologiyasining tarixi, 
    Amerika psixologiyasining tarixi kabilarga ajratish mumkin. Demak, har qanday 
    davrlashtirish nisbiydir. Shuni hisobga olib quyidagi davrlashtirish sxemasini ham 
    navbatdagi variantlardan biri deb hisoblash kerak. Psixologiya tarixi 2 ta davrga 
    ajratiladi. Ular o‘z navbatida kichikroq davrlarga bo‘linish tamoyiliga asosan 
    tuzilgan. I-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri. Bu davrda 
    er.av. VI asrdan XIX asr o‘rtasigacha 2,5 ming yil davom etgan davrdir. II-davr. 
    Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlangan davri. Bu davr XIX asr 
    o‘rtasidan hozirgi kungacha davom etib kelayotgan davrdir. Psixologiyaning falsafa 
    tarkibidagi taraqqiyoti quyidagi bosqichlar asosida namoyon bo‘ldi: Eramizgacha 
    VI asrdan eramizning V asrigacha. Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlarining 
    paydo bo‘lishi va ularning dastlabki taraqqiyoti; V-VIII asrlar. Ruh(jon) haqidagi 
    ta’limotning falsafiy ta’limotlar va tibbiy bilimlar bazasida rivojlanishi; XIV-XVI 
    asrlar. Ruh(jon) haqidagi ta’limotning anatomo-fiziologik bilimlar va XIV-XVI 
    asrlardagi buyuk kashfiyotlar ta’sirida rivojlanishi; XVII-XIX asrlar o‘rtalarida 
    ongning psixologiya predmeti sifatida ajratilishi, psixologiya nazariy asoslarini 
    shakllanishi. Psixologiyaning mustaqil fan sifatidagi taraqqiyotiga quyidagi 
    bosqichlarni kiritish mumkin: XIX asrning boshidan XIX asrning 60-yillarigacha. 
    Psixologiyaning mustaqil fan sifatida tabiiy shakllanishi; XIX asrning 60-yillaridan 
    XIX asrning oxirlarigacha. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida paydo bo‘lishi va 
    dastlabki taraqqiyoti; XX asrning 10-30-yillarining o‘rtalarida. Psixologiyada ochiq 
    krizis; XX asrning 20-30 yillari. Sobiq sovet psixologiyasining shakllanishi; XX 
    asrning 30-yillar oxiri-50-yillar. Psixologiyada krizisning pasayishi. Sobiq sovet 
    psixologiyasi nazariy sohasi taraqqiyoti. O‘zbekistonda psixologiya fanining 
    shakllanishi; XX asrning 60-yillardan shu davrgacha psixologiyada yangi nazariy 



    yondashishlarni izlash davri. Umuman, psixologiya faning rivojlanishida juda 
    ko‘plab olimlarning tadqiqot ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy 
    tadqiqotlardagi eng muhim tamoyil − tarixiylik tamoyilidir. Bu tamoyil 
    tadqiqotchidan o‘rganilayotgan hodisaning shu davrning hamma o‘ziga xosliklari, 
    ijtimoiy-madaniy aloqalari, uning butun konkret mazmuni bilan birga o‘rganib, 
    o‘rganiladigan hodisaning qaytarilmasligi va noyobligini ko‘rsata olishni talab 
    qiladi. Tarixiylik tamoyilining tuzilishi prezentizm va antikvarizmda namoyon 
    bo‘ladi. Prezentizm − tarixiy tadqiqotni o‘rganilayotgan davrdan faqatgina hozirgi 
    zamon tasavvurlariga mos bo‘lgan ko‘rinishlarinigina ajratib olib o‘rganish bilan 
    cheklanishdir. Antikvarizm − aksincha, tarixiy o‘tmishni hozirgi zamon talablariga 
    bog‘liq bo‘lmagan, qotib qolgan hodisa sifatida o‘rganadi. O‘tmish hodisalarni 
    tasvirlashdagi har qanday bir yoqlamalik, sxematizm tarixiylik tamoyilidan 
    chekinishdir. Shu bilan tarixiy tadqiqotlar o‘rganilayotgan hodisalarning umumiy 
    qonuniyatlarini topishni talab qiladi. Bu talabni bajarishni asosan mantiqiylik va 
    tarixiylikning birligiga tayanish ta’minlaydi. Bu tamoyilga ko‘ra, tarixchi o‘tmish 
    hodisasini shunchaki tasvirlab qo‘ymay, balki uni nazariy jihatdan tasavvur eta 
    olishi kerak, ya’ni bu hodisalarda qandaydir doimiylikni topa olishi kerak. Tarixiy 
    psixologik g‘oyalarni ijtimoiy, siyosiy yo‘nalishni g‘oyaviy mohiyatini aniqlashni 
    talab qiladi. Bunday yondashish ilmiy konsepsiyalarning jamiyatdagi ijtimoiy 
    rolidan ajratib o‘rganuvchi ob’ektivizm va sub’ektivizmdan farq qiladi. Tarixiy 
    psixologik tadqiqotlarda M.G. Yaroshevskiy ta’kidlaganidek, determinizm − 
    sababiylik tamoyili katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, tarixda determinizmning 
    ko‘plab turlari paydo bo‘lgan. Mexanikadan oldin, mexanik, biodeterminizm, 
    psixodeterminizm, sotsiodeterminizm. Bularning har biri psixik hodisalar o‘z-
    o‘zidan paydo bo‘ladi, deb talqin qiluvchi indeterminizmga qarshi turadi 
    (Yaroshevskiy M.G. - 1980). Materializm va idealizm kurashi. Ba’zi ta’limotlarga 
    ko‘ra, ikki dunyoqarash: materialistik va idealistik dunyoqarashlar to‘qnashuviga 
    ta’sir etadi. Psixologiya ijtimoiy fanlar va tabiatshunoslik fani to‘qnashuvida ekan, 
    unda ana shu to‘qnashuv aniq ko‘rinadi. Ijtimoiy rivojlanishni bir davrda odamlar 
    reflekslariga ega bo‘lishdi, o‘z xulqini analiz qila olgach, idealizm fikrini maxsus 



    birlamchi haqiqat deb qabul qildi. Psixika xususiyatlarini idealizm boshlang‘ich, 
    hech nima bilan aniqlanmaydigan, boshqa hamma narsani tushuntira oladigan, deb 
    qabul qildi. Materializm ong va ob’ektiv haqiqat o‘rtasida umumiylikni izlab, ongni 
    ob’ektiv haqiqatdan chiqqan deb o‘rgatadi. Uzoq vaqt burjuaziya tarixshunoslarida 
    ikki xil yondashish hukmronlik qilgan: «personalistik» va «kontekstik». 
    Personalistik yondashish. Ilmiy gipotezalar, kashfiyotlar, adashishlar o‘z 
    mualliflariga ega, ularning nomlarini tarix saqlab qoladi, shuning uchun psixik dalil 
    (fakt) rivojlanishining oxirgi nuqtasi ayrim shaxslarni aql-idrokiga bog‘liq, degan 
    fikr paydo bo‘ldi. Kontekstik yondashish. Ko‘pgina ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 
    ilmiy g‘oyalarning yo‘nalishi ob’ektiv qonunga tobe, yakka omil − o‘z zamonining 
    namoyondasi, u o‘z zamonining intellektual iqlimida chegaralanib qolgan. 
    Kashfiyot − uni tayyorlovchi g‘oyalarsiz bo‘lmaydi. “Juftlarni qarama-qarshiligi” 
    tamoyili. Psixologik g‘oyalar harakatini umumiy chiziqlarini aniqlashda sxemalarga 
    asoslanilsa, harakat qarama-qarshilikka ega deyiladi. Buni amerikalik tarixshunos 
    “qarama-qarshilik jufti” deb atadi. Bu borada bir qancha nazariyalar taklif qilindi. 
    G. Merfi psixologik o‘rganishlarni XX asrning 10-20-yillarida to‘rt 
    «qaramaqarshilik juft»larga bo‘ldi: 1) “struktura – funksiya”; 2) “qisman butun”; 3) 
    “sifat – son”; 4) “eksperimental – statistik”. XX asrning 10-yillarida birinchisi 
    hukmronlik qilgan, 20-yillarda ikkinchisi deb hisoblangan Amerika psixologiya 
    jurnalining 50 yil davomida bosilib chiqqan ma’lumotlarini analiz qilib D. Bruner 
    va G. Olbert nazariyalarini umumlashtirib: 1) “ratsional – empirik”; 2) “teologik − 
    mexanik”; 3) “sifat – son” deb ajratdilar. Ular har bir juftni ikkinchi qismini hajmi 
    bosib chiqishini xulosa qildilar. Keyinchalik, G. Olbert nazariyalarni ikki guruhga 
    ajratdi: a) determinizm tamoyiliga amal qiluvchilar; b) shaxsni kelajagiga 
    orientatsiya qilishga aksentuatsiya qilganlar. Psixologik tizimlar supernazariya 
    sifatida. Psixologiyani rivojlantirishda olimlar alohida bir xususiyatni aniqlab, uning 
    faktini va xarakteristikasini tasvirlash bilan birga tizimlar to‘g‘risidagi tushunchani 
    kiritish kerak, deb hisoblashdi. Psixologik tizimlar “supernazariya” deb nomlanadi. 
    Ularning paydo bo‘lishini bir qator mualliflar psixologiyaning g‘oyaviy 
    yetilmaganligi bilan bog‘laydilar. Paradigmal yondashish. Kun Tomas “Ilmiy 


    10 
    revolyusiyalar strukturasi” kitobida ko‘pchilikni o‘ziga jalb qilgan ilmiy g‘oyalarni 
    tabiiy harakati tizimini ko‘rsatdi, unda harakat bir necha davrga bo‘lingan. 
    Boshlang‘ich davrda ba’zi omillar chegarasi, muammosi usulida umumiy kelgani 
    yo‘q. Ammo fan ong yuqori yetilish darajasiga borganda paradigma paydo bo‘ladi, 
    bu paradigmani aktual ilmiy amaliyotini umumqabul qilgan namunasi deb taniladi. 
    Paradigma, Kun Tomasning aytishicha, yetarli kuchga ega, shuning uchun uzoq vaqt 
    olimlarning aqlini asir qiladi, olimlarning alternativ yo‘nalishlarini axtarishda 
    adashtiradi. Pedagogika o‘zga qonunlarni, g‘oyaviy xulosalarni va ularning yangi 
    masalalarini kiritadi. Ma’lum muddat shu fan bo‘yicha ishlamayotganlar ushbu 
    paradigmaga amal qilib keldilar. To‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni e’tirof etadilar yoki 
    shu qonunga moslashtiradilar. Klassik bixeviorizm (psixologiya predmetini 
    stimullarga harakat reaksiyasi deb hisoblovchi) “proksimal stimullar − proksimal 
    reaksiyalar” bog‘lanish bilan chegaralanadi (a-A). Freydizm organizmni uzoq 
    o‘tmishga bog‘liqligi bilan chegaralanadi (S-0). Funksionalizm muhit ob’ektlarini 
    ular bilan operatsiya qilish munosabatini nazarga oladi (v-A). Bu sxemani e’tiborga 
    olib Brunevik har bir sanalgan nazariya butun jarayonni bir fragmenti deb 
    hisoblaydi, ammo psixologiya tarixini anglash uchun Brunevik sxemasi talabga 
    javob bermaydi: genetik sababi va nazariyalar buzilishini tushuntirib bermaydi. 

    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish