153
talabalar yotoqxonasidagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy
axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan xolda mustaqil
o’qish jarayonlarida ishtirok etish;
fakultativlar va maxsus seminarlar ishlarida ishtirok etish;
kafedralar va fakultetlarning ilmiy xamda ilmiy-uslubiy ishlarida
ishtirok etish va boshqalar.
Тalabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga
bo’ysundirilganki, butun o’quv jarayoni to’laligicha talabalar tomonidan faol,
ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o’zlashtirish va ularda iqtisodiy
dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va
shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib xal
qilinishi mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tamiz.