2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

Yoqilg‘i shlaki 
Eski chiqindi omborlaridan olinadigan shlaklarni maydalash va saralash 
natijasida beton uchun yaroqli chaqiq tosh ishlab chiqariladi. Chiqindi 
omborlaridagi shlaklarning tarkibi va fizik, mexanik xususiyatlari bo‘yicha bir 
jinsli emas. Ularning sovish darajasiga qarab kristallanishi turlicha kechadi. 
Mustahkamligi va g‘ovakligi xam turlicha bo‘ladi. Shu sababli tanlagan holda eski 
chiqindi omborlarini ochish va olingan chaqiq toshni boyitish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 


146 
Toshko‘mir, antratsit va boshqa qattiq yoqilg‘ilarni yoqishdan so‘ng shlak 
qoladi. Ularda qazib olingan ko‘mirlar tarkibida uchraydigan qo‘shimchalar va 
jinslar, minerallar mavjud bo‘ladi.
Shlaklar bo‘lakli yoqilg‘ini va maydalangan, changsimon yoqilg‘ilarni 
yoqishda olinganligi bilan farqlanadi. 
Bo‘lakli yoqilg‘ilarni yoqishda olingan shlaklar. Pechlarning kolosnikli 
panjarasida bo‘lakli yoqilg‘ilarni qavatlar bo‘yicha yoqishda shlak hosil bo‘ladi, u 
notekis shakldagi bo‘laklar holatida, qora, to‘q-kulrang va ba'zan kulrang ranglarda 
50mm gacha bo‘lgan yiriklikda bo‘ladi. 
Chiqayotgan shlak yoqilgan yoqilg‘ining 10% va undan ortiq massasini 
tashkil etadi. Ko‘p joylarda yoqilg‘i shlaklari ishlatish uchun yetarli miqdorda 
yig‘iladi. 
Tarkibi bo‘yicha yoqilg‘i shlaklari bir jinsli bo‘lmaydi. Shlak tarkibini 
yonmagan yoki to‘liq yonmagan yoqilg‘i, gilli qo‘shimchalar tashkil etadi. Shu 
sababli bunday shlaklar hamma vaqt ham mustahkam va chidamli bo‘lavermaydi. 
Bu nuqtai nazardan antratsitni yoqishdan olingan shlak yaxshi hisoblanadi. 
Yoqilg‘i shlaklarining uyma zichligi -1000 kg/m
3
gacha va dona zichligi 1,5-
2 g/sm
3
ni tashkil etadi.
Yoqilg‘i shlaklari to‘ldiruvchi sifatida turli konstruksiyalar uchun 
mo‘ljallangan betonlarda ishlatiladi: shlakobetonli devor bloklarida, kamqavatli 
monolit devorlarda, gipsobetonli pardevorlarda, plitalarda va boshqalarda. 
Yoqilg‘i shlaklarini qo‘llash chegaralangan arzon mahalliy material sifatida 
ishlatish mumkin.
Betonlarda ishlatiladigan shlakning tarkibida erkin kalsiy yoki magniy 
oksidlari bo‘lmasligi kerak. Yonmagan yoqilg‘i miqdori 5-10% dan oshmasligi 
kerak( faqat antratsit shlaklarida ko‘p bo‘lishiga standartda ko‘zda tutilgan). 
Shlak tarkibida oltingugurt bog‘lanishlar sement toshi va armaturalarda 
yemirilishni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pincha shlak nurashga layoqatli 
bo‘ladi.
Maxsus chuqurlarga ko‘milgan shlaklar eng kamida bir yil turishi kerak va 
so‘ngra betonda qo‘llash mumkin. Olingan shlak mayda fraksiyalari bo‘yicha 
boyitiladi, bunda yoqilg‘i qoldiqlari va boshqa zararli qo‘shimchalardan halos 
etiladi. 
Changsimon 
yoqilg‘ilarni 
yoqishda 
olingan 
shlaklar. 
Issiqlik 
elektrostansiyasi pechlarida tuyilgan ko‘mirlar yoqiladi. Bunda kul bilan birgalikda 
bo‘lakli shlak(chiqindilarning umumiy hajmining 5-20% dan iborat) hosil bo‘ladi. 
Changsimon ko‘mirni yoqishda chiqadigan shlak bo‘lakli ko‘mirni yoqishda 
chiqadigan shlakdan keskin farq qiladi. Ular kuygan va erigan kulning o‘ta yengil 
eruvchan qismini tashkil etadi.
Ko‘p holatlarda kichik g‘ovakli shishasimon strukturali, zichligi 1,6 g/sm
3
dan katta donalardan iborat bo‘ladi. Toshko‘mir va past navli ko‘mirni aralashtirib 
yoqganda yacheykali strukturaga ega, dona zichligi 0,5 -1,5 g/sm

bo‘lgan g‘ovak 
shlaklar hosil bo‘ladi. Issiqlik elektrostansiyasi pechlaridan chiqadigan shlaklardan 
mustahkamligi 5-50 MPa bo‘lgan betonlar olish mumkin. 


147 
O‘zRST 690-96 “Betonbop issiqlik elektrostansiya kul-toshqol aralashmasi” 
ga ko‘ra beton va yoqilg‘i turidan kelib chiqib shlaklar tarkibida to‘la yonmagan 
qo‘shimchalar miqdori (qizdirishda massa yo‘qotilishi asosida aniqlanganda) 3-7% 
dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari sovuqqa chidamliligi, silikat nurashga 
bardoshliligi ham tajribada sinaladi. Shlak tarkibida oltingugurt va oltinugurt 
bog‘lamalari, erkin kalsiy oksidi ham chegaralanadi. 

Download 2,95 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish