-rasm. Dolomit asosida karboporit yengil g‘ovak to‘ldiruvchilar olish




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

17.1-rasm. Dolomit asosida karboporit yengil g‘ovak to‘ldiruvchilar olish 
texnologik sxemasi
Karboporitning fizikaviy-mexanik xossalari
17.1-jadval

Ko‘rsatkich
1
Zichligi, g/sm
3
2,5
2
Uyma zichligi, kg/m
3
480-500
3
Donalar g‘ovakligi,%
58-60
4
Suv shimuvchanligi: %
1 soatdan keyin
30,5
48 soatdan keyin
32,5
5
Mustahkamligi, MPa
2,2-3,3
 
2.Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilarni qo‘llash
Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilar qo‘llaniladi. Donalari 5 mm dan 
kattaroq yirik to‘ldiruvchilarni shag‘al va chaqiq tosh turlariga ajratiladi. 
Betondagi mayda to‘ldiruvchilar tabiiy va sun'iy qum hisoblanadi. Chaqiq toshni 
tog‘ jinslarini maydalash orqali olinadi[1].
Qurilishda aksariyat ohaktosh va granitdan olingan chaqiq toshlar ishlatiladi. 
Shag‘al sirti tekis va shamolda nuragan tog‘ jinslarini noanik aralashmasini 
ifodalaydi. Odatda, donalari turli yiriklikdagi shag‘al-qum aralashmalar uchraydi. 
yengil betonlar uchun g‘ovakli tog‘ jinslaridan olingan tabiiy chaqiq tosh (tuf, 
pemza va boshqalar) yoki ko‘p hollarda mahsus sun'iy tayyorlangan to‘ldiruvchilar 
ishlatiladi (keramzit, agloporit, shlakli pemzasi va boshqalar).


142 
Qum o‘zida uvalangan mayda zarrali tarkibni ifodalab, u tog‘ jinslarining 
shamol ta'sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning 
zarralari aralashgan kvars qumlari, kam hollarda esa dala shpatli va ohaktoshlilari 
uchraydi. Ba'zan qumni tog‘ jinslarini mahsus maydalash yo‘li bilan olinadi. Biroq 
bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli mahsus 
maqsadlardagina qo‘llaniladi. 
To‘ldiruvchilar betonning 80% hajmini egallab, uning xususiyatlariga, uzoq 
muddatga chidamliligiga va narxiga ma'lum darajada ta'sir ko‘rsatadi. 
To‘ldiruvchilarning betonga kiritilishi bilan, betondagi eng qimmatbaho 
hisoblangan xomashyo – sement sarfini keskin kamayishiga erishiladi. Bundan 
tashqari, to‘ldiruvchilar betonning texnik xususiyatlarini yaxshilaydi. Yuqori 
mustahkamlikdagi to‘ldiruvchili baquvvat skelet ma'lum darajada betonning 
mustahkamligini va deformatsiyalanish modulini ko‘taradi – konstruksiyalarning 
bosim ta'sirida deformatsiyalanishini kamaytiradi, shuningdek betonning 
siljuvchanligini – betonga uzoq muddat bosim ostida ta'sir ko‘rsatish natijasida 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qaytmas deformatsiyalardan saqlaydi. 
To‘ldiruvchi betonning kirishishini oldini oladi va bu bilan uzoq muddat 
chidaydigan materialni olish imkonini beradi. Sement toshining qotish 
jarayonidagi cho‘kishi 1-2 mm/m ni tashkil etadi. Notekis cho‘kish 
deformatsiyalari sababli ichki zo‘riqishlar va xatto mikroyoriqlar yuzaga keladi. 
To‘ldiruvchi cho‘kish deformatsiyasi zo‘riqishini qabul qiladi va sement toshiga 
nisbatan bir necha barobar cho‘kishni kamaytiradi. 
G‘ovak tabiiy va sun'iy to‘ldiruvchilar kam zichlikka ega bo‘lib, yengil 
betonning zichligini kamaytiradi, uning issiqlik tutuvchanlik xususiyatini 
yaxshilaydi. Maxsus betonlarda (yuqori haroratga chidamli, nurlanishdan 
himoyalash va boshqalar) to‘ldiruvchining ahamiyati juda katta, chunki ularning 
xususiyatlari asosan bunday betonlarning mahsus sifatlarini aniqlab beradi. 
Silikat betonlarda to‘ldiruvchi o‘zining odatdagi tadbiqidan tashqari o‘ziga 
xos muhim ahamiyat kasb etadi. Uning donalarining sirti bog‘lovchi modda bilan 
ta'sirlashadi va ko‘p hollarda olinayotgan betonning xususiyatlari ularning 
mineralogik tarkibiga va nisbiy yuzasiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 2,95 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Dolomit asosida karboporit yengil g‘ovak to‘ldiruvchilar olish

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish