139
issiqlikdan himoyalovchi va konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi betonlar uchun
g‘ovak to‘ldiruvchi, B sinfga mansub perlit esa konstruksion-issiqlikdan
himoyalovchi va konstruksion betonlar uchun g‘ovak to‘ldiruvchi olishda
ishlatiladi.
Gidratlangan obsidianga bo‘sh gidratlangan massa shishaga mansub bo‘lib,
tarkibida bog‘langan suv 0,3 dan 1% gacha tashkil etadi. Masalan obsidian perlitli
va obsidian jinslarini aylanma pechda kuydirish asosida uyma zichligi 100 dan 400
kg/m
3
gacha chaqiq tosh va qum olinadi. Ko‘pchigan
perlit chaqiq toshining suv
shimuvchanligi 1 soat davomida massa hisobida 80% dan oshmasligi kerak.
Ko‘pchigan perlit ishlab chiqaruvchi korxonalar bir-biridan texnologik
sxemasi, ishlatilayotgan tog‘ jinslarining tayyorlanish darajasi (maydalash va
fraksiyalash), xomashyo materiallar xususiyati, tavsifi va to‘ldiruvchini qo‘llash
sohasiga ko‘ra asbob-uskunalar bo‘yicha farqlanadi[2].