140
material donalari gazlar harakat tezligining yetarlicha o‘zgarishida pechning pastki
konus qismida turib qoladi, issiq gaz ta'sirida ko‘pchiydi, yo‘nalgan gazlar oqimida
pechdan tashqariga chiqariladi.
Vertikal pechlarda yirikligi 2mm gacha, ko‘pincha 1,2mm gacha
maydalangan jinslar kuydiriladi. Bu pechda dastlab jinslar isitiladi, so‘ngra bir
necha sekundgacha pishiriladi. Bu ko‘pchitilgan
qum donalarining darzliligi,
yuqori darajada ochiq g‘ovaklar va suv shimuvchanligi (massa bo‘yicha 500% ga
yetadi), kichik mustahkamligi bilan tushuntiriladi.
Natijada xomashyoning kuydirishdagi darz ketishida donalarni katta
qismining o‘lchami 2mm dan oshmaydi. Bir vaqtning o‘zida chaqiq tosh va qum
yoki faqat chaqiq toshni kuydirishda aylanma pechlar qo‘llaniladi, uning o‘lchami,
aylanish tezligi va burchak qiyaligi berilgan kuydirishning
davomiyligi va
agregatning mahsuldorligi bo‘yicha tanlanadi.
Perlit jinsining yirik fraksiyalari (chaqiq tosh va yirik qum) pechning
harakatlanuvchi qavatida, mayda donalar esa osma holatida kuydiriladi.
Qisqa
muddatli kuydirish (20-60sekund) pech barabanining katta tezlikda (8-18 ayl/min)
aylanishi va ikkita forsunka yordamida gaz alangasining yo‘naltirilishi natijasida
erishiladi.
Qaynovchi qatlam pechining ishlashi xuddi suyultirilgan qatlamni qo‘llashga
ko‘ra asoslangan. Bu pechlarda dona yirikligi 10mm gacha, ko‘pincha yirikligi
5mm gacha qumlar olinadi.
Perlitga termik ishlov berish ikki
kamerali pechda bajariladi, birinchi
kamerada dastlabki isitiladi, ikkinchisida esa kuydiriladi. Kuydirish davomiyligini
5-15minutgacha o‘zgartirish mumkin.
Ko‘pchigan perlit ishlab chiqarish texnologik liniyalari, mahsuldorligi 25, 50
va 100ming m
3
/yil da, fraksiyalangan jinslar va gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘ini
qo‘llash ( 16,1-2-3-rasm) keltirilgan.