136
O‘rta Osiyo mintaqasida industrial qurilishni keng taraqqiyoti uchun mahalliy
xomashyo resurslari asosida yangi sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarur.
Shuningdek, O‘zbekiston viloyatlarida ham qurilish industriyasida zarur
bo‘lgan tabiiy va sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish uchun xomashyo
bisyordir. Ya'ni, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatining xomashyo
bazasi yaratilgan bo‘lib, jami 526 tadan ko‘proq konlarda geologik qidiruv ishlari
bajarilmoqda, shu jumladan, 27ta sement, 200ta g‘isht, 14ta keramzit xomashyosi,
75ta qum-shag‘alli materiallar, 44 ta qurilishbop toshlar, 25ta oxak ishlab chiqarish
uchun, 25ta beton va silikat buyumlar ishlab chiqarish, 11ta gips va ganch, 3ta
mineral bo‘yoqlar ishlab chiqarish uchun, 5ta shisha xomashyosi va x.k[4].
Aniqlangan konlarning umumiy sonidan 236 tasi sanoat o‘zlashtirilishiga jalb
qilingan, shulardan 114 tasi “O‘zqurilishmateriallar” AK balansidadir. Bugungi
kunda
Respublikamizda
qum-shag‘al
materiallari Xorazm viloyati va
Qoraqolpog‘iston Respublikasidan tashqari barcha viloyatlarda mavjud bo‘lib,
jami 75 ta konlarni tashkil qiladi. Ulardan 52 tasida 491,6 mln.t. zahiralar
o‘zlashtirilgan, 2009 yilda qum, shag‘al ishlab chiqaruvchi 4 ta korxona tashkil
qilindi: “Risming Star”MChJ (yiliga 15,6 ming m
3
, Qashqadaryo vil.), “Xoji
Abdurashid ishlab chiqarish va ta'minot” XK (yiliga 40 ming m
3
, Qashqadaryo
vil.), “Bek Mada qurilish” XK (yiliga 35ming m
3
., Toshkent vil.), “Fayz-S” XK
(yiliga 20 ming m
3
., Samarqand vil.).
O‘zbekistondagi qurilish moddalarini ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalari
to‘g‘risidagi ma'lumot 12.1-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki,
sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi keramzit Respublikadagi 8ta korxonada 64,3 mln. m
3
hajmda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shu jumladan
Qoraqolpog‘iston Respublikasida 2ta korxonada 14,3 mln. m
3
, Navoida 1,3
mln. m
3
, Qashqadaryoda 2ta korxona – 17,8 mln. m
3
, Surxondaryo viloyatida 1ta
26,2 mln. m
3
, Samarqand viloyatida 1ta korxona 3,7 mln. m
3
va Farg‘ona
viloyati1ta korxona 1 mln. m
3
keramzit ishlab chiqariladi.
Ob'ektlar qurilishida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi-vermikulit mahsulotining
qo‘llanilishini a'lohida ta'kidlash lozim. O‘rta Osiyoda yagona vermikulit rudalari
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Tebinbuloq konida joylashgan bo‘lib, bugungi
kunda Respublikamizda undan qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llash
yo‘lga qo‘yildi.
Shuni aytish mumkunki, 20 sm qalinlikda to‘kilgan vermikulit issiqlik
o‘tkazishi bo‘yicha 1,5 metr qalinlikdagi g‘ishtli devor yoki 2 metr qalinlikdagi
beton devorga ekvivalentdir. Chordoq orayopmalariga 5 sm qalinlikda to‘kilgan
vermikulit issiqlik yo‘qotilishini 75% ga, 10sm qalinlikdagisi esa 92% ga
kamaytiradi.