• 3.To‘ldiruvchilarni qayta ishlash
  • 2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    2. Shlakli pemzani qo‘llash sohasi
    Beton uchun to‘ldiruvchi sifatida mayda g‘ovakli shlakli pemzani qo‘llash 
    yaxshi samara beradi Shlakli pemza ko‘pchishi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmagan holda 
    olinadi. Shu sababli maydalangandan va yirikligi bo‘yicha navlarga ajratgandan 
    so‘ng, yana qo‘shimcha dona zichligi bo‘yicha taqsimlash, uni ishlatish 
    samaradorligini oshiradi.
    Shlakli pemza asosan to‘suvchi konstruksiyalarda konstruksion issiqlikdan 
    himoyalovchi betonlar uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Uning kam issiqlik 
    o‘tkazuvchanligini inobatga olib yuqori zichlikdagi shlakli pemza betonini 
    issiqlikdan himoyalash xususiyatini pasaytirmasdan qo‘llash mumkin. Masalan, 
    keramzit beton bilan taqqoslanganda: zichligi 1400kg/m
    3
    bo‘lgan shlakli pemza 
    beton issiqlik o‘tkazuvchanligi zichligi 1200kg/m
    3
    bo‘lgan keramzit betonga 
    tengdir[3].
    Markasi M700 va M900 bo‘lgan shlakli pemza turli xil yuk ko‘taruvchi 
    konstruksiyalar olishda yuqori mustahkamlikdagi beton uchun ishlatish mumkin.
    Biroq shlakli pemza betonda ishlatiladigan po‘lat armaturalarning shlakdagi 
    mavjud sulfat ta'sirida yemirilishi inobatga olinishi shart. Shu sababli dastlabki 
    zo‘riqtirilgan konstruksiya ishlab chiqarishda, shlakli pemza betonda 
    armaturalarning chidamliligi maxsus o‘rganilishi kerak.
    3.To‘ldiruvchilarni qayta ishlash
    Yirik to‘ldiruvchilar zahirasini bir joyga yig‘ish va uni qayta ishlash bir 
    muncha oson bajariladi. Bu ayniqsa, to‘ldiruvchini tog‘ qiyaligidan tushishida 
    erishiladi. Bu tabiiy holatda to‘ldiruvchining donalari yirikligi bo‘yicha saralanadi, 
    ya'ni yirik donalar pastda va mayda donalar tepa yuzada joylashadi[1].


    135 
    To‘ldiruvchilarni ortish-yuklash ishlarida asosiy bir talabni inobatga olish 
    zarur, bunda yirik to‘ldiruvchilar quyidagi fraksiyalarga ajratilishi lozim: 5-10mm, 
    10-20mm, 20-40mm, 40-70mm va boshqa. Bu to‘ldiruvchi fraksiyalari aloxida 
    ajratilishi va beton aralashtirgichga kerakli proporsiyada uzatilishi lozim.
    Shunday qilib, xar bir fraksiya bo‘yicha to‘ldiruvchi aloxida ajratilishi lozim, 
    bunda qayta ishlashga aloxida e'tibor berish lozim. To‘ldiruvchilarning 
    bo‘linmasligiga e'tibor berish lozim, ayniqsa yirikligi 40 mm va undan katta 
    to‘ldiruvchi donalari yuqoridan pastga uloqtirilmaligi lozim. Singan yirik donalar 
    aralashtirishga uzatadigan ta'minlagichli bunkerlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik 
    lozim.
    Turli o‘lchamdagi proporsiyalarni nazorat qilish bir muncha qiyin kechadi, 
    hamda jarayon narxi ham ortadi. Bu holatda bir jinsli beton olish va sement sarfini 
    iqtisod qilishga erishiladi. To‘ldiruvchilarni noto‘g‘ri transportirovka etishda ham 
    uni ifloslanishiga olib keladi, masalan ilgari shakar saqlangan qoplarda 
    to‘ldiruvchini keltirilishi shunday natijani bergan. Bu bo‘limda tabiiy 
    to‘ldiruvchilar va ularning xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tildi. yengil 
    to‘ldiruvchilar keyingi bo‘limlarda qarab chiqiladi. Bundan tashqari, sun'iy 
    to‘ldiruvchilar ham qarab chiqiladi. Bu sun'iy to‘ldiruvchilarni o‘rganish zaruriyat 
    tug‘diradi. Ekologik nuqtai nazaridan sun'iy to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish katta 
    ahamiyatga ega. Biroq kar'erlarni qayta ishlash va o‘ra qazish ishlariga qarshi 
    fikrlar mavjud. Biroq qurilish va sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish va ulardan 
    yaroqli sun'iy to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish singari masalalar mavjud. Bu sanoat 
    chiqindilarini qayta ishlash orqali beton olish uchun yaroqli to‘ldiruvchilar olish 
    imkonini beradi. 

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish