2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

Uyma 
zichligi 
bo‘yich

markas
i
Silindrda maydalanish
mustaxkamligi, MPa
sifat darajasiga ko‘ra, 
kam emas
Uyma 
zichligi 
bo‘yicha 
markasi
Silindrda maydalanish
mustaxkamligi, MPa
sifat darajasiga ko‘ra, 
kam emas
oliy
birinchi
oliy
birinchi
400
500
600
0,4
0,6
0,8
0,3
0,5
0,7
700
800
900
1,0
1,4
1,6
0,9
1,2
1,4
Silindrda maydalashda mustahkamlikning absolyut emas balki nisbiy qiymati 
aniqlanadi, chunki mustahkamlik sinalayotgan to‘ldiruvchi shakliga bog‘liqdir. 
Metall silindrga solingan o‘ta qirrali agloporit chaqiq toshni ezishda keramzit 
shag‘aliga nisbatan kam kuch sarflanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 
agloporitning mustahkamligi betonda sinalganda silindrda standart mustahkamlikni 
sinashdagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 25-30 barobar ortadi.
Agloporit va keramzitning g‘ovaklari orasidagi bo‘shliqni to‘ldiruvchi keramik 
material (shisha fazasidan iborat erigan massa) mustahkamligi deyarli bir xil. Shu 
sababli beton tarkibidagi bir xil dona zichlikdagi agloporit va keramzit 
mustahkamligi 
bir 
biriga 
yaqin 
hisoblanadi. 
Aglopotirning 
hisobiy 
mustahkamligini R
xisob
=15ρ
2
dona
formuladan foydalanib aniqlash mumkin. 
Masalan, agar agloporit donasi zichligi -1,2g/sm
3
bo‘lsa, u holda hisobiy 
mustahkamlik 20MPa ni, zichlik-1,4g/sm
3
bo‘lsa, hisobiy mustahkamlik 40MPa ni 
tashkil etadi. 
Agloporit chaqiq toshi yoki shag‘alining donalari fraksiyasi kamayishi bilan 
ularning uyma zichligi oshadi. Bu agloporitda turli xil o‘lchamdagi g‘ovaklar 
(3mm va undan katta) borligi bilan tushuntiriladi. Agloporitni maydalash vaqtida 
yirik g‘ovaklari bo‘yicha buzilishga olib keladi, shu sababli fraksiyalar qanchalik 
kichik bo‘lsa, donalar g‘ovakligi ham shuncha kam bo‘ladi va donalar zichligi va 
mustahkamligi esa katta bo‘ladi. 
Turli fraksiyadagi agloporit quyidagi uyma zichlikni tashkil etadi: chaqiq tosh 
fraksiyasi 20-40mm, uyma zichligi 500-600kg/m
3
; 10-20mm, 600-700 kg/m
2

510mm, 700-800kg/m
3
; 5mm gacha yiriklikdagi qumda – 1000kg/m
3
gacha. 
Agloporit chaqiq toshining donalari orasidagi bo‘shiqlik 50-60% ni (yuqori sinfli 
uchun 50% gacha) tashkil etadi. Dona zichligi chaqiq tosh uyma zichligiga 
nisbatan 2 va undan ko‘p martaga ortadi. Agloporit chaqiq toshining donalar 
g‘ovakligi 40-60% ni tashkil etadi. 
Donalar shakli koeffitsienti o‘rtacha 2,5 dan oshmasligi kerak (yuqori sifatli 
agloporit uchun -2). Keramzit shag‘alidan farqli ravishda agloporit chaqiq toshida 


131 
ko‘p miqdorda ochiq g‘ovaklar (15-20%) bo‘lib, betonda suv yoki sement 
qorishmasi bilan to‘ladi. Bu sement sarfini bir muncha oshishiga olib keladi, biroq 
to‘ldiruvchining sement qorishmasi bilan yaxshi bog‘lanishini va mustahkamligini 
oshishini ta'minlaydi. Natijada yuqori mustahkamlikdagi agloporit beton olinadi.

Download 2,95 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish