• Suniy govak toldiruvchilar
  • 2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    Ishlab chiqarish texnologiyasi 
    Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan 
    iborat: 
    - xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga jo‘natish; 
    - xomashyoni qayta ishlash va kerakli o‘lcham, bir jinsli keramik massaga 
    ega xom granulalarni tayyorlash; 
    - xom granulalarga termik ishlov berish, ya'ni isitish, kuydirish va sovitish 
    natijasida tayyor mahsulot olish; 
    - olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo‘yicha taqsimlash
    - g‘ovak to‘ldiruvchi (keramzit shag‘ali)ni omborlarga joylash. 
    Gil xomashyosini qazib olishda bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli 
    ekskavatorlar ishlatiladi. Yumshoq gilli jinslar kondan mavsumiy qazib olinadi, 
    toshsimon gilli jinslar esa yil bo‘yi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil 
    saqlagichlarda yoki maxsus konuslarda saqlanadi.
    Sun'iy g'ovak to'ldiruvchilar 
    O‘rta Osiyo mintaqasida industrial qurilishni keng taraqqiyoti uchun mahalliy 
    xomashyo resurslari asosida yangi sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab 
    chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarur.
    Shuningdek, O‘zbekiston viloyatlarida ham qurilish industriyasida zarur 
    bo‘lgan tabiiy va sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish uchun xomashyo 
    bisyordir. Ya'ni, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatining xomashyo 
    bazasi yaratilgan bo‘lib, jami 526 tadan ko‘proq konlarda geologik qidiruv ishlari 
    bajarilmoqda, shu jumladan, 27ta sement, 200ta g‘isht, 14ta keramzit xomashyosi, 
    75ta qum-shag‘alli materiallar, 44 ta qurilishbop toshlar, 25ta oxak ishlab chiqarish 
    uchun, 25ta beton va silikat buyumlar ishlab chiqarish, 11ta gips va ganch, 3ta 
    mineral bo‘yoqlar ishlab chiqarish uchun, 5ta shisha xomashyosi va x.k.


    127 
    Aniqlangan konlarning umumiy sonidan 236 tasi sanoat o‘zlashtirilishiga jalb 
    qilingan, shulardan 114 tasi “O‘zqurilishmateriallar” AK balansidadir. 
    Bugungi kunda Respublikamizda qum-shag‘al materiallari Xorazm viloyati 
    va Qoraqolpog‘iston Respublikasidan tashqari barcha viloyatlarda mavjud bo‘lib, 
    jami 75 ta konlarni tashkil qiladi. Ulardan 52 tasida 491,6 mln.t. zahiralar 
    o‘zlashtirilgan, 2009 yilda qum, shag‘al ishlab chiqaruvchi 4 ta korxona tashkil 
    qilindi: “Risming Star”MChJ (yiliga 15,6 ming m
    3
    , Qashqadaryo vil.), “Xoji 
    Abdurashid ishlab chiqarish va ta'minot” XK (yiliga 40 ming m
    3
    , Qashqadaryo 
    vil.), “Bek Mada qurilish” XK (yiliga 35ming m
    3
    ., Toshkent vil.), “Fayz-S” XK 
    (yiliga 20 ming m
    3
    ., Samarqand vil.). 
    O‘zbekistondagi qurilish moddalarini ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalari 
    to‘g‘risidagi ma'lumot jadval-5.1da keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sun'iy 
    g‘ovak to‘ldiruvchi keramzit Respublikadagi 8ta korxonada 64,3 mln. m
    3
    hajmda 
    ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shu jumladan Qoraqolpog‘iston Respublikasida 
    2ta korxonada 14,3 mln. m
    3
    , Navoida 1,3 mln. m
    3
    , Qashqadaryoda 2ta korxona – 
    17,8 mln. m
    3
    , Surxondaryo viloyatida 1ta 26,2 mln. m
    3
    , Samarqand viloyatida 1ta 
    korxona 3,7 mln. m
    3
    va Farg‘ona viloyati1ta korxona 1 mln. m
    3
    keramzit ishlab 
    chiqariladi. 
    Ob'ektlar qurilishida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi-vermikulit mahsulotining 
    qo‘llanilishini a'lohida ta'kidlash lozim. O‘rta Osiyoda yagona vermikulit rudalari 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasining Tebinbuloq konida joylashgan bo‘lib, bugungi 
    kunda Respublikamizda undan qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llash 
    yo‘lga qo‘yildi.
    Shuni aytish mumkunki, 20 sm qalinlikda to‘kilgan vermikulit issiqlik 
    o‘tkazishi bo‘yicha 1,5 metr qalinlikdagi g‘ishtli devor yoki 2 metr qalinlikdagi 
    beton devorga ekvivalentdir. Chordoq orayopmalariga 5 sm qalinlikda to‘kilgan 
    vermikulit issiqlik yo‘qotilishini 75% ga, 10sm qalinlikdagisi esa 92% ga 
    kamaytiradi.

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish