• Kichik guruhlar uchun topshiriqlar: 1-guruh uchun topshiriq
  • 2-guruh uchun topshiriq
  • 3-guruh uchun topshiriq
  • 2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

     
    5 – Semestr 
     
    1–AMALIY MASHG‘ULOT:KERAMZIT ISHLAB CHIQARISH 
    TEXNOLOGIYASI
    Faollashtiruvchi savollar: 
    1.Keramzit necha usulda ishlab chiqariladi?
    2. Keramzit ishlab chiqarish texnologik sxemasini keltiring?
    3. Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi xisob – kitob ishlari orqali qanday 
    loyihalanadi?
    4. Keramzit xomashyosiga qo‘yiladigan birinchi talabni ayting?
     
    Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:
    • Har kim o‘z o‘rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak.
    • Har kim faol, berilgan topshiriqga mas'uliyat bilan qaragan holda ishlashi 
    kerak.
    • Har kim zarur holda yordam so‘rashi lozim.


    125 
    • Har kim undan yordam so‘ralganda albatta yordam berishi kerak. ? Har 
    kim guruh ishi natijasini baholashda ishtirok etishi shart.
     Kichik guruhlar uchun topshiriqlar:
    1-guruh uchun topshiriq
    Keramzit qumi ishlab chiqarish texnologiyasi va sxemasini izohlab bering. 
    Keramzit qumi ishlab chiqarishda ishlatiladigan qaynovchi qatlam pechining 
    ishlash prinsipini tushuntiring. Keramzit qumiga qo‘yiladigan texnik talablar. 
    2-guruh uchun topshiriq
    Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi va sxemasini keltiring. Keramzit 
    ishlab chiqarishda ishlatiladigan bir barabanli, ikki barabanli aylanma pechlarning 
    ishlash prinsipini tushuntiring. Keramzit to‘liruvchisiga qo‘yiladigan texnik 
    talablar. 
    3-guruh uchun topshiriq
    Keramzit xomashyosining yaroqliligini aniqlash uchun uchta talabni keltiring. 
    Keramzit ishlab chiqarishda qanday sovitish va navlarga ajratish qurilmasi 
    ishlatiladi. Keramzit shag‘ali va qumi qanday soxalarda ishlatiladi. 
    Keramzit ishlab chiqarish 
    Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil xom ashyosining yaroqli ekanligi 
    xomashyo xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi. 
    Gil xom ashyosiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: 
    Birinchi talab, bu gilning kuydirishda ko‘pchishidir. Gilning ko‘pchishi- 
    ko‘pchish koeffitsienti bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
    c
    k
    b
    V
    V
    R

    , (27) 
    bu yerda: V
    k
    – ko‘pchigan keramzit granulalarining hajmi; 
    V
    c
    – pishirishdan oldingi xom granulalarning hajmi. 
    Ko‘pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin: 
    )
    100
    1
    (
    п
    к
    с
    b
    П
    R




    , (28) 
    bu yerda: ρ
    s 
    – quruq xom granulaning zichligi;
     ρ
    k 
    – ko‘pchigan keramzit granulasining zichligi; 
    P
    p 
    - quruq xom granulaning pishirishdagi massa bo‘yicha yo‘qotishi,% 
    Keramzit ishlab chiqarishda gil xomashyosining ko‘pchish koeffitsienti 2 
    dan kam bo‘lmasligi (3-4 bo‘lsa yaxshi) kerak. 
    Gil 
    xomashyosiga 
    qo‘yiladigan ikkinchi talab, bu uning oson 
    eruvchanligidir, ya'ni xomashyoni kuydirish 1250 
    0
    C dan oshmasligi kerak, aks 
    holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada xom gil granulasi 
    ko‘pchimaydi. 
    Gil xomashyosiga qo‘yiladigan uchinchi talab, bu kerakli ko‘pchish intervali 
    hisoblanadi. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko‘pchish boshlanishi harorati 
    orasidagi farq hisoblanadi. Ko‘pchish harorati deb, zichligi 0,95 g/sm
    3
    ga teng 


    126 
    keramzit granulalarining hosil bo‘lish haroratiga aytiladi. Pishirish harorati 
    chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq qatlam bilan qoplanishi 
    harorati tushuniladi. 
    Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratning keskin ko‘tarilib 
    ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda granulalar yuzasi erib bir-biri bilan 
    yelimlanib qoladi. Bu esa keramzit shag‘alining chiqishini kamaytiradi va ba'zan 
    pechni ishdan chiqaradi. Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratni 
    belgilangan optimal darajadan pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda 
    ko‘pchish koeffitsienti kamayadi va mahsulot kam ishlab chiqariladi. Ishlab 
    chiqarishda xomashyoning ko‘pchish intervali 50 
    0
    C dan kam bo‘lmasligi kerak. 
    Bu xususiyatlarga barcha gil jinslari ega bo‘lmaydi. Gil xomashyosining 
    xususiyatlarini yaxshilash uchun unga 1% gacha mazut, solyarka moyi yoki 
    boshqa organik moddalar qo‘shiladi. Gil granulalarining ko‘pchish harorati 
    intervalini uzaytirish uchun gil granulalari sirtiga olovga bardoshli gil kukuni yoki 
    maydalangan 
    kvars 
    qumlari 
    purkaladi. 
    Keramzit 
    ishlab 
    chiqarishda 
    qo‘shimchalarni qo‘llashda xomashyo mahsulotning ko‘pchish koeffitsientini 2-3 
    barobar oshiradi, mahsuldorlik ham oshadi, tan narxi esa pasayadi. 

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish