121
Xo‘l (shliker) usulida gillar maxsus katta sig‘imlar-gilaralashtirgichlarda
suv bilan qayta ishlanadi. Olingan loysimon massaning namligi taxminan 50% ni
tashkil etadi. Bu massa nasos yordamida shlambasseynga va undan aylanma
pechga uzatiladi.
Bu holatda aylanma pech qismiga osma zanjirli parda o‘rnatiladi. Bu
zanjirlar issiqlik almashinuvini ta’minlaydi: ular pechdan chiqayotgan issiq gazlar
tasirida qiziydi va loy massani quritadi, undan so‘ng quriyotgan “bo‘tqani”
granulalarga aylantiradi, shundan so‘ng bu granulalar quriydi, qiziydi va
kupchiydi. Bu usulning asosiy kamchiligi bu ko‘p yoqilg‘i sarfi, ya’ni shlikerning
dastlabki yuqori namligi hisobiga. Afzalligi xomashyoni bir jinslilikka keltirish,
qo‘shimchalarni oson va bir tekisda kiritish, xomashyodan oxak donalarini va
toshsimon qo‘shimchalarni yo‘qotishning soddaligi hisoblanadi. Bu usul gilning
kondagi namligi yuqori bo‘lganda tafsiya etiladi. Ho‘l usul gilning
gidromexanizatsiyalashgan qazib olishda va keramzit ishlab chiqarish korxonasiga
suyuq loy shaklda trubalarda uzatishda ham qo‘llaniladi.