• Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar
  • -AMALIY MASHG’ULOT: METALLURGIYA SHLAGI




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

     
    11-AMALIY MASHG’ULOT: METALLURGIYA SHLAGI 
    ASOSIDAGI TO’LDIRUVCHILAR 
     
    Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zaxirasi sifatida sanoat 
    chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu maxsulotlardan xali to‘liq foydalanilgan 
    emas.
    Tog‘ kon materiallarni qayta ishlash va ularni o‘zlashtirishda xamma vaqt 
    “keraksiz deb hisoblanadigan” turli tosh jinslarni xam qayta ishlashga to‘g‘ri 
    keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo‘ladi. 
    Ko‘pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 10....15% ni tashkil etsa, 
    ikkilamchi tosh jinslarning xajmi 90% ni tashkil etadi. SHu sababli ikkilamchi 
    materiallar qurilishda yaroqli bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda 
    ko‘miladi.
     Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar 
    Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan 
    ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini 
    bosadi. SHu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga 
    nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq toshining mustahkamlik 
    chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin. 
    Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va 
    shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton 
    to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va 
    shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun xam 
    taaluqlidir. Davlat standartlari faqat maxsulotning texnik taraflarini emas, balki 
    uning iqtisodiy jihatlarini xam qamrab oladi. 


    118 
    Masalan, agar mavjud tabiiy xom ashyolarni qayta ishlashda olinadigan 
    to‘ldiruvchilar uncha sifatli bo‘lmasa va ularni betonda qo‘llash qo‘shimcha 
    mablag‘ni talab etsa, u xolda bunday tabiiy konni qayta ishlash maysadga muvofiq 
    bo‘lmaydi. SHuning uchun sanoat chiqindilarini qurilishda qo‘llashda, ular 
    asosidagi to‘ldiruvchilardan samarali foydalanishga ruxsat beradigan yangi davlat 
    standartlari yoki texnik shartlari tasdiqlanadi. 
    Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom 
    ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa xisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza 
    qilishda xam samarali hisoblanadi. 
    Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi 
    materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo 
    materiallar sifatida qo‘llaniladi. 
    Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan 
    ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida 
    ishlatiladi. 
    Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma 
    vaqt alohida qayta ishlanmay, ba’zida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi. 
    Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish 
    vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh 
    shaklida hosil bo‘ladi.
    Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-
    kvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% gacha 
    kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda mayda qum 
    (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, 
    bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori mustahkamligi va 
    chidamli betonlar olib bo‘lmaydi. 
    YUrtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi 
    omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va 
    ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar 
    xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar 
    asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m
    3
    ni 
    tashkil etadi. Ulardan maxalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustaxkamlik chegarasi 
    10-20MPa ga teng engil betonlar olish mumkin va bunda sement sarfini keskin 
    kamaytirish imkonini beradi. 
    Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy 
    g‘ovak to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli 
    jinslardan olish mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu 
    sababli ko‘mir boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada 
    chiqindi tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun etarli 
    hisoblanadi. 

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -AMALIY MASHG’ULOT: METALLURGIYA SHLAGI

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish