|
-– AMALIY MASHG‘ULOT:MAVZU: SHAG’AL ISHLABBog'liq BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK
13-– AMALIY MASHG‘ULOT:MAVZU: SHAG’AL ISHLAB
CHIQARISH TEXNOLOGIYASI.
Chaqiq tosh tog‘ jinslarini maydalash asosida olinadi. Chaqiq tosh yuqori
mustahkamlikdagi betonlar uchun sifatli yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
U shag‘aldan qimmat, biroq O‘zbekistonda chaqiq tosh ishlab chiqarish
hajmi shag‘aldan bir necha bor ortadi. Bu shu bilan tushuntiriladi: shag‘al
Respublikamizning
barcha
tumanlarida
ham
uchramaydi
va
yuqori
mustahkamlikdagi beton olish uchun ishlatib bo‘lmaydi.
Chaqiq tosh olishda asosiy xomashyo sifatida otqindi tog‘ jinslari-granit,
gabro, diabaz, bazalt va karbonat cho‘kindi jinslari ohaktosh va dolomitlar
ishlatiladi. Sanoatda qumtosh va metamorfik tog‘ jinslari kam ishlatiladi.
Keltirilgan talablar zichligi-1800 kg/m
3
dan katta tog‘ jinslarini maydalashda
olingan shag‘alga mos keladi.
Zich tog‘ jinslaridan olingan shag‘al va chaqiq toshning donadorlik tarkibi
ularning chegaraviy yirikligi turli (20, 40, 60, 70 mm) bo‘lganligi uchun eng kichik
va eng yirik o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Chaqiq toshga qo‘yiladigan O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich
tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” bo‘yicha talablar uning keltirilgan fraksiya yoki
aralashmasi tarkibida, donalari nisbatiga ko‘ra yuqorida keltirilgan shag‘al
singaridir.
Chaqiq tosh donalari shakliga ko‘ra uchta guruhga bo‘linadi: oddiy, bunda
plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 35% gacha (massa bo‘yicha);
yaxshilangan, bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 25% dan ko‘p
emas; kubsimon, bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 15% dan ko‘p
emas.
6.1-jadval
|
| |