124
shlakining tashqi ko‘rinishi yoqilg‘i shlaki kabi bo‘lib, to‘q qizg‘ishdan qora
ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon shlaki shag‘alining uyma
zichligi 400-850 kg/m
3
, vulqon shlaki qumi esa 650-1300kg/m
3
. Vulqon shlaki
to‘ldiruvchi sifatida turli yengil betonlarda ishlatiladi.
Vulqon tuflari, bu mayda g‘ovakli jinslar bo‘lib, vulqon changlarining turli
darajadagi zichlanishi va ko‘pchishidan yuzaga keladi. Lava tuflari esa bu tezda
qotgan g‘ovaklangan lava bo‘lib, unda vulqon changi va qumlari mavjud bo‘ladi.
Tuflar va lava tuflari asosida tosh devorlar va yirik bloklar ishlab chiqariladi. Tosh
kesish mashinalarida qayta ishlangan, konlarda chiqqan sanoat chiqindilari
(ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p hajmi chiqindiga aylanadi)ni maydalash va
navlarga ajratishda yengil betonlar uchun yaroqli bo‘lgan, uyma zichligi 600-800
kg/m
3
g‘ovak chaqiq tosh va uyma zichligi 700-1000 kg/m
3
bo‘lgan g‘ovak qum
olinadi. Tuflar donador strukturaga ega bo‘ladi. Lava tuflari esa aralash strukturaga
ega bo‘lib, ba'zan yacheykali strukturaga ega bo‘ladi, ular mustahkamligining
zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi:
n
А
R
, (26)
bu yerda:
n-daraja ko‘rsatkichi;
n- lava tuflari uchun 3 gacha olinadi;
n- tuflar uchun 4 va undan yuqori olinadi;
Shu sababli bir xil zichlikdagi lava tuflari, tuflarga nisbatan mustahkam va
pemzaga nisbatan mustahkamligi pastroqdir. Tuflarning bir qancha turlarining
suvga chidamligi va sovuqqa chidamligi yetarli bo‘lmaydi, bu uning
strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi.
Bunday tuflar betonda qo‘llanilmaydi, biroq yuqori samarali sun'iy g‘ovak
to‘ldiruvchi olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.