• Nazorat savollari
  • 2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    W, % massa bo‘yicha
     
    3-rasm. Qum hajmining uning namligini oshishiga qarab o‘zgarishi: 
    1mayda qum; 2- yirik qum
    Qumga quyilgan suv uning donalarini yelimlaydi, shu sababli bunday qumni 
    biror sig‘imli uskunaga solganda kompakt joylashmaydi va bo‘sh tarkibni xosil 
    etadi. Qumning eng katta bo‘sh tarkiblisi namlik 4-7% bo‘lgada (massa bo‘yicha) 
    kuzatiladi (rasm-4.3). Bunda qumning uyma zichligi 10-40% ga kamayadi. Beton 
    tayyorlashda qumning namligini inobatga olish zarurdir. 
    Shag‘al deb, yirikligi 5mm dan (ba'zida 3 mm) 70mm (ba'zida undan ham 
    yuqori) gacha tog‘ jinsi tosh bo‘laklariga aytiladi. 
    Shag‘al donasi yuqori darajali jinslar bo‘lgan granitlar, gneyslar, diabazlar, 
    oxaktoshlar va qum-tuproqlardan iborat bo‘ladi. 
    Dengiz qirg‘oqlarida va daryo havzalarida mavjud shag‘al donalari o‘ta silliq 
    yuzali bo‘lib, tuxumsimon yoki oval disk shaklida bo‘ladi, betonda sement toshi 
    bilan yomon bog‘lanadi. Shu sababli, shag‘al tosh mustahkamlik chegarasi 30MPa 
    dan ortiq bo‘lmagan betonlarda qo‘llanadi. Shag‘alning yirik fraksiyalari chaqiq 
    tosh olish uchun maydalashda ishlatiladi.
    Ba'zi holatlarda shag‘alning yumaloq shakldagi donasi chaqiq toshga nisbatan 
    samaralidir. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida o‘ta harakatchan va yuqori 
    joylashuvchan beton qorishmasi olish mumkin.
    Nazorat savollari 
    1. Qumning yiriklik moduli qanday aniqlanadi?
    2. Qumning donadorlik tarkibi qanday aniqlanadi?
    3. Qum qanday fizik xusiyatlarga ega bo‘lishi kerak?
    4.Qumlarda organik aralashmalar va chang nechi foizdan oshmasligi kerak? 
     
    10-AMALIY MASHG’ULOT:SHAG’AL, CHAQIQ TOSH VA QUM 
    OLISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI 


    115 
    Tabiiy qum qum va qum-shag‘alli konlardan qazib olinadi. Qum-shag‘alli 
    aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi. Qum konlari kelib chiqish sharoitiga 
    qo‘ra boshqa foydali qazilmalar kabi og‘ oldi, tekislik va suvda olinadigan turlarga 
    bo‘linadi. Tog‘ oldi jinslari tog‘ yonbag‘irlarida joylashadi.bunda qumni qazib 
    olish joyi o‘rab turgan atrof muxit va transport yo‘llaridan tepada joylashgan 
    bo‘ladi. Bu konlarda xamma vaqt quruq qumlar uchraydi. Tekiskonlarida qum er 
    yuzasidan pastda va ba’zan grunt suvlaridan pastda yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu 
    konlar quruq yoki nam xolatda bo‘ladi. Qumni qazib olish usulidan kelib chiqib, 
    kondan suvni yuqotish uchun quritiladi (drenajda), yoki qumni olish uchun suv 
    bilan to‘ldiriladi. Suvli konlarda qum daryo ko‘l va boshqa suv xavzalaridan suv 
    ostidan olinadi. SHunday qilib, konlarda qumlar ochiq usulda yoki yopiq usulda 
    ishlab chiqariladi. Qumni ochiq usulda qazib olish eng ko‘p tarqalgan. Konlardagi 
    qumlar zamin, gil va boshqa jinslar ostida yig‘iladi. Bu qavatni ochish qavati 
    qo‘yiladi va uning xajmining foydali qazilma xajmiga nisbati ochish koeffsentini 
    ifodalaydi. Ochish ishlari, kon chegarasidagi ochish qavatini olib tashlash, foydali 
    qazilmalar ustni ifloslantiruvchi va boshqa zararli jinslardan tozalash uchun 
    bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreper jo‘natish bajariladi. Konlarda 
    ochish ishlari bajarilgandan so‘ng transport yo‘llari va ishlash pog‘onalari xosil 
    qilishda transheyalar yotqiziladi. (rasm2.1) 
    Rasm 2.1. Qumni ochiq holatda qazib olish: 
    1- pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan maydon. 
    Ishlash pog‘onalari balandligi 6-10m va undan yuqorini tashkil etadi. U 
    bevosita ekskovator chumichi balandligiga bog‘liq. Agar qum konda katta 
    vatlamda mavjud bo‘lsa, u xolda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi. Qazib 
    olish qavatiing eni ekskovator chumichi radiusiga bog‘liq xolda 1.2-1.3m ni tashkil 
    etadi. Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskovatorla , skriperlar va 
    boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir chumichli bir kurakli ekskavatorlar 
    qo‘llaniladi. Bunday ekskavatorlarni cho‘michining balandligi 6-30m bo‘lib, 
    qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi. To‘g‘ri kurakli bunday ekskavatorlar ishlash 
    pog‘onasining pastki maydonida transport vositalari bilan bir qatorda joylashadi. 


    116 
    Ekskavator – draglayndan bir kovushlidan shunisi bilan farq qiladiki, ularning 
    kovushi katta belkurakli bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan bo‘ladi. Draglayn o‘zi 
    turgan joyini pastki qismini qaziydi, shu sababli konning yuqori joylarida 
    ishlatiladi. Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar xozirda eng ko‘p ishlatiladi. Xanjirli 
    ko‘p kovushli ekskavatorlar konveyr shaklidagi tuxtovsiz xarakatlanuvchi 
    cho‘michlardan iborat. CHo‘michlarni bo‘shatish lentali transporterda tashlash 
    bilan bajariladi. CHo‘michlarning sig‘imi katta emas, lekin zanjirda ularning soni 
    40 donagacha etadi. SHu sababli ularning to‘xtovsiz xarakatida yuqori 
    maxsuldorlikka erishiladi. Zanjirli ekskavatorning ramasi turli burchklarda 
    joylashagna bo‘lishi mumkin , ya’ni ekskavator turgan joy darajasida va ish 
    pog‘onasining pastki yoki yuqori qismida joylashadi. Agar qum koni bir jinsli 
    bo‘lmay, qavatma-qavat yuzaga kelgan bo‘lsa, donalari yirikligi bilan farq qils, 
    uxolda ko‘p qavatli ekskavatorda qazib olishda qamning donadorlik tarkibi 
    mutadillashtiriladi, bu esa jobiy faktor xisoblanadi.
    Zanjirli ekskavatorlar o‘rniga ko‘pcho‘michli rotorli ekskavatorlar xam 
    ishlatiladi, ularni ichki organlari o‘q yaqinida aylanuvchi rotorni cho‘michlar 
    osilgan xalqa kiradi. CHo‘michlardagi qazib olingan qumlar o‘q ichida joylashgan 
    lentali transportyorga yuklanadi va bunker transport vositalari yoki maxsus 
    chuqurlarg uzatiladi.
    Rotorni ekskavatorlarda qumni qavatma-qavat ishlash oson kechadi. Ko‘p 
    cho‘michli ekskavatroning bir cho‘michlidn afzalli tomoni qazish ishlarini uzluksiz 
    davom ettirish, transport vositalarini bir xil to‘ldirish, 1t massa uchun katta ishlab 
    chiqarish maxsuldorligi energiyaning kam solishtirma sarfi qum konini qayta 
    ishlash geologik qidiruvga asoslangan va tuzilgan karta bo‘yicha bajariladi. 
    Qumning sifatini va birjinsliligini sistematik nazorat qilinadi. Sifati past qum 
    uchastkalari vayta ishlanmaydi yoki maxsus chuqurlarga to‘kiladi. Qum koni 
    uchun asosiy transport turi bu tirkamali va yarimtirkamali avtosomosvallar va 
    avtotyagachlar xisoblanadi. Bundantashqari elektromotorli samosval trolleyvozlar 
    (motovozlar, elektrovozlar, qum to‘kar vagonlar va platformalar), kanatli osma 
    yo‘llar kiradi. 
    Ko‘p xollarda lentali transporterlardan iborat to‘xtovsiz xarakatlanuvchi 
    konveyr transportini rotorli yoki zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar bilan birga 
    qo‘llash o‘ta samarali xisoblanadi. Konveyr transportini ishlatish ekskavatorlar 
    ishlashini uzluksizligini ta’minlaydi, ularning maxsuldorligini 35-50% ga oshiradi, 
    boshqarish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish imkonini beradi, olingan 
    qumning tarkibini va kapital xarajatlarigi pasaytiradi. Kon ichida va undan 
    tashqarida ko‘p kilometrli konveyrdan foydalanish imkoniyati mavjud. Suvli 
    konlarda mavjud suv ostidagi qumlarni qazib olish ekskavator-draglaynlarda, 
    kanatli 
    skreperlarda 
    amlga 
    oshiriladi 
    va 
    eng 
    samaralisi 
    bu 
    gidromexanizatsiyalashgan qazib olish xisoblanadi. Suv ostidagi qum konlarini 
    qayta ishlashda suzuvchi uskunalardan er suruvchi skeredlar keng ishlatiladi. 
    Ularda pokton mavjud bo‘lib, malum pozitsiyaga troslar, langarlar va qoziqsimon 
    uskunalar yordamida joylashtiriladi. Pantonga tuproq so‘ruvchi markazdan qochma 
    tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv ostiga tuproq so‘ruvchi uskuna va zarur xolda 


    117 
    mexanik bo‘shatgich tushuriladi. Tuproq so‘rgich va bo‘shatgich birga ishlaydi, 
    chunki bo‘shagan qum suv bilan birga trubada suvli aralashma ko‘rinishida 
    so‘riladi, so‘ruvchi aralashma uzatuvchi yordamida yig‘iladi. Markazdan qochma 
    tuproq so‘rgichlardan tashqari qum suvli aralashmali qazib olishda gidro-
    elevatorlar ishlatiladi. Qum suvli aralashmalar qirg‘oq bo‘yidgi maxsus ombor 
    maydonchasida yig‘iladi, u erdagi suv xavzaga qaytariladi. Bunda bir vaqtning 
    o‘zida qumni chang va gilsimon qo‘shimchalardan tozalash boyitish va 
    fraksiyalash ishlari bajariladi. Qumni gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat 
    daryo yoki boshqa suv xavzalarida emas, balki suvli tekislik konlarida xam 
    ishlatish mkmkin. Suv yuzasidan yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash 
    gidromagnitorlarda bajariladi. Gidromagnitor o‘zida boshqariladigan trubali stvol 
    va oxirida tor nasadni mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv 
    xavzasidan uzatilgan suvgidromagnitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. Tog‘ 
    konlari sanoatida ishlatiladigan gidromonitorlar o‘ta mustaxkam tog‘ jinslarini 
    buzish xususiyatiga xam ega. Qumni aslida suvning 0.3-0.5MPa bosimi etarli 
    bo‘ladi. Maxsus chuqurlikka suv qumli aralashma o‘z og‘irligida xarakatlanadi, 
    qiyshiq trubalar yordamida uzatiladi. 

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish