112
∑A=A2,5+A1,25+A0,63+A0,315+A0,16=5a2,5+4a1,25+3a0,63+2a0,315+a0
,16; Bundan ko‘rinadiki ∑A ga teng elaklardagi
qumning ayrim qoldiqlari-a
ko‘proq ta'sir etadi. Qum qanchalik yirik bo‘lsa, ∑A va yiriklik moduli ham katta
bo‘ladi.
Yiriklik modulini nazariy noldan (agar qumning barcha donalari 0,16mm dan
kichik bo‘lsa) 5mm gacha (agar qumning barcha donalari 2,5mm dan yirik bo‘lsa)
qabul qilish mumkin. Amaliy yiriklik modulining o‘zgarishi kamdir.
O‘zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar” da qumning
yiriklik moduli va 0,63mm ko‘zli elakda qolgan to‘la qoldiq bo‘yicha
guruhlarga
bo‘linishi nazarda tutiladi.
O‘ZRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton”ga ko‘ra qumning
yiriklik moduli 1,5-3,25 oraliqda bo‘lishi kerak, mustahkamlik chegarasi 20MPa
va undan yuqori betonlar uchun qumning yiriklik moduli 2dan kam bo‘lmasligi,
mustahkamlik chegarasi - 35MPa va undan yuqori betonlar uchun yiriklik moduli
2,5dan kam bo‘lmasligi kerak.
Qumning yiriklik modulining o‘zgarish
koeffitsienti, gidrotexnik inshoatlar
uchun ishlatiladigan betonlar uchun 10% dan oshmasligi kerak.
Taklif etilgan donadorlik tarkibidagi qumni qo‘llash, kam sement sarflab, eng
yaxshi xususiyatli beton qorishmasini olish imkonini beradi. Standart talablari ham
ilmiy izlanishlar va amaliy tajribalar natijasiga tayanadi.
Bu talablardan biroz
chetlanish mumkin. Ya'ni texnik-iqtisodiy asoslangan bo‘lsa, mustahkamlik
chegarasi-20MPa bo‘lgan va undan yuqori beton uchun yiriklik moduli 2dan
kichik qumlarini ishlatish mumkin. Masalan,
O‘zbekistonning cho‘lli xududlarida o‘ta mayda
barxan qumlari asosidagi
beton keng qo‘llanadi.
Qumning donadorlik tarkibi uning bo‘shliqligi bilan bevosita bog‘langan. Bu
ko‘rsatkich qum uchun aniqlanmasa ham uning donadorlik tarkibini normaga
keltirish uchun zarurdir. Qumning bo‘shliqligi
uning uyma zichligi va dona
zichligi bo‘yicha hisoblanadi. Qumning dona zichligi berilgan mineral tarkibi
bo‘yicha kam farq qiladi, chunki uning bo‘shliqligi uyma zichligiga bog‘liq bo‘lib,
uyma zichlik qancha katta bo‘lsa, bo‘shliqlik shuncha kichik bo‘ladi.
Beton qorishmasida sement qum donasining sirtini yupqa qavat bilan o‘rab
oladi (ko‘pincha 0,01dan 0,1mm gacha). Shu sababli
qum donasining yuzasi
qancha katta bo‘lsa, sement sarfi ham oshadi. Fraksiya 2,5-5mm uchun qumning
solishtirma yuzasi 10sm
2
/g ni, mayda fraksiya qum uchun 100-300 sm
2
/g ni tashkil
etadi. Tabiiy o‘rta donadorli qumning solishtirma yuzasi 40-70sm
2
/g yoki 4-7m
2
/g
ni tashkil etadi.
Qumda beton uchun xavfli qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi.
Shu sababli
standart ularni chegaralaydi. Qumda mavjud changsimon, gilsimon qo‘shimchalar
(o‘lchami 0,05mm dan kichik) standart usullarda suvda yuvish orqali aniqlanadi.
Olingan namuna qumni o‘lchov idishga solinadi va suv quyib 2 soat ushlab turiladi
(vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi). Aralashtirgandan 2 minutdan so‘ng qum ustidagi
suv to‘kiladi, toza suv quyib qumni yuvishni toki suv bilan qumni aralashtirganda
tiniq holatga qolguncha davom ettiriladi.
113
Mavjud standartlarga ko‘ra qumning donadorlik tarkibi (4.2-rasm) uning zich
katta uyma zichligini va eng kam bo‘shliqda donalarining kompakt joylashuvini
ta'minlaydi.