111
Shu sababli 0,16 mm ko‘zli elakdan 10% dan ko‘p bo‘lmagan qum namunasi
o‘tishi kerak.
Qumning donadorlik yoki granulometrik
tarkibi unda mavjud turli
yiriklikdagi donalar bilan harakterlanadi va o‘rtacha qum namunasini standart
elaklardan elab aniqlanadi.
Qumni elash quyidagi ko‘zli standart elaklarda amalga
oshiriladi: 10mm; 5mm; 2,5mm; 1,25mm; 0,63mm; 0,315mm; 0,16mm.
10mm va 5mm elaklar qum tarkibidagi shag‘al va
chaqiq toshlarni ajratish
uchun ishlatiladi. 10mm dan katta donalar 0,5%( massa bo‘yicha)gacha ruxsat
etiladi, 5mm dan yirigi esa:
-tabiiy qumda –
10% gacha;
-maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 19% gacha;
-boyitilgan qumlarda - 5% gacha.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli
elakdan elab, yirik
qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi. Quruq qumdan olingan namunaning 1000g
massasini 2,5mm
li elakka solinadi, uning ostida boshqa ko‘zli elaklar
joylashtiriladi (kichik ko‘zli elaklar ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig‘ish
idishi qo‘yiladi. Qum namunasini elaklar to‘plamidan mexanik usulda va qo‘lda
titratib o‘tkaziladi, natijada elaklarda qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi.
Ayrim
qoldiq qum namunasining umumiy massasi bo‘yicha foizda beriladi. Shundan
so‘ng elaklardagi to‘la qoldiq aniqlanadi. To‘la qoldiq
shu elakdagi va nisbatan
yirik ko‘zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning yig‘indisi bilan ifodalanadi.
(4.1-rasm)