105
Rasm 3.1.Pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinaning sxemasi: 1- ventilyatorda xavoni
uzatish; 2-klapanlar; 3-panjara; 4- yuklash; 5-o‘ta og‘ir
donalarni saralash; 6-
nisbatan og‘ir donalarning chiqishi; 7- engil maxsulotlarni chiqishi; 8-changlangan
xavo
Ventilyatordan tushuvchi havo oqimi bir klapanga va boshqa mashina
klapaniga ketma-ket uzatiladi va panjarada material qavatida pulsasiya sodir
bo‘ladi. Natijada xavo oqimi tasirida material ikkita engil va og‘ir
qismlarga
ajraladi. Bunda og‘ir donalar pastga va engillari yuqoriga chiqadi. To‘ldiruvchilar
og‘ir va engiliga ajratiladi va shu bilan birga changdan tozalanadi.
Rasm 3.2. G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish uchun ishlatiladigan
separatorning sxemasi: 1-panjara; 2-filtr; 3-xavo uzatish; 4-qum; 5-
to‘ldiruvchilarni yuklash; 6-engil maxsulotning chiqishi; 7-nisbatan og‘ir
maxsulotning chiqishi
Og‘ir to‘ldiruvchilarni ajratish
suvli suspenziyada bajarilsa, g‘ovak
to‘ldiruvchilarni ajratish pnevmosuspenziyada bajariladi. Bu qurilma quyidagicha
ishlaydi(rasm 3.2.): filtr orqali havo qum qavatiga uzatiladi va natijada qum
qaynaydi. Qumning zichligi va yirikligi bo‘yicha kerakli zichlikdagi suspenziyaga
moslab tanlanadi, bu erda yirik g‘ovak to‘ldiruvchi bir qismi cho‘kadi,
qolgani
qumning yuzasiga chiqadi. Ikkita sinfga ajratilgan yirik to‘ldiruvchi qum bilan
birga olinib, elak(groxot)dan o‘tkaziladi. Qum yana qurilmaga qaytariladi.
To‘ldiruvchilarni sinflarga ajratish havo oqimi ta’sirida ham bajariladi.
106
Rasm 3.3. G‘ovak to‘ldiruvchilarni havo oqimi ta’sirida ajratish: 1-engil maxsulot; 2-
nisbatan og‘ir maxsulot; 3-ventilyator; 4-ta’minlovchi
Bunday usulda yirik to‘ldiruvchilarning zichligi bo‘yicha sinflarga ajratish mumkin.
YUqorida sanalgan barcha usullarda g‘ovak to‘ldiruvchilarni ikki sinfga ajratish mumkin, ya’ni
uni bir jinslilikka keltiriladi va og‘ir qo‘shimchalardan xalos etiladi.
Masalan, pemzada og‘ir vulqon shishasi(obsidian) donalari mavjud bo‘lib,
ularni olib
tashlab to‘ldiruvchining sifatini oshirish mumkin. G‘ovak tog‘ jinslari asosidagi chaqiq tosh
dona shakli bo‘yicha QMQ ga ko‘ra 4ta guruxga bo‘linadi, ya’ni plastinkasimon shakldagi
donalarning massa ulushi bo‘yicha: oddiy-30% dan ko‘p emas; yaxshilangan – 20% gacha; kub
shaklidagi – 15% gacha; qirrali – 10%gacha.
G‘ovak chaqiq toshning
donalarini shaklini yaxshilash, olinadigan tog‘ jinsini maxsus
baraban tipidagi maydalagichda maydalab erishiladi.