• Kichik guruhlarda ishlash qoidalari
  • Kichik guruhlar uchun topshiriqlar: 100 1-guruh uchun topshiriq
  • 2-guruh uchun topshiriq
  • 2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI 
     
    Faollashtiruvchi savollar: 
    1. Tabiiy tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar qanday betonlarda ishlatiladi? 
    2. Ko‘mir boyitish chiqindilari asosida qanday beton olinadi?
    3. Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar beton xususiyatiga qanday ta'sir etadi?
    4. Tabiiy to‘ldiruvchilar turlarini va ularning xususiyatlarini keltiring 
    Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:
    • Har kim o‘z o‘rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak.
    • Har kim faol, berilgan topshiriqga mas'uliyat bilan qaragan holda ishlashi 
    kerak.
    • Har kim zarur holda yordam so‘rashi lozim.
    • Har kim undan yordam so‘ralganda albatta yordam berishi kerak.
    • Har kim guruh ishi natijasini baholashda ishtirok etishi shart.
    Kichik guruhlar uchun topshiriqlar:


    100 
    1-guruh uchun topshiriq
    Tabiiy to‘ldiruvchilar va yengil betonning turlari va ularning xususiyatlarini 
    ochib bering. Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilarning yengil beton xususiyatiga ta'sirini 
    izohlab bering. 
    2-guruh uchun topshiriq
    Tabiiy tog‘ jinslari asosida to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish texnologiyasi. 
    Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi. Chaqiq toshga qo‘yiladigan texnik 
    talablar. 
    3-guruh uchun topshiriq
    O‘zbekistonda beton olishda qanday turdagi tabiiy to‘ldiruvchilardan 
    foydalaniladi. Tabiiy to‘ldiruvchilarni betonda qo‘llash. Tabiiy to‘ldiruvchilarning 
    beton xususiyatiga ta'siri. 
    To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasini zich tabiiy 
    tog‘ jinslari asosidagi toshlar tashkil etadi. Kelib chiqishi bo‘yicha tog‘ jinslari 
    uchta sinfga bo‘linadi: otqindi, cho‘kindi va metomorfik. 
    Otqindi tog‘ jinslari erigan magmaning qotishidan yuzaga keladi. Ularning 
    tarkibi va xususiyati magmaning qotish sharoitidan kelib chiqadi. Ichki (intruziv) 
    otqindi jinslar magmaning sekin qotishidan yuzaga keladi va donador-kristal 
    tarkibga ega bo‘ladi. Tashqi (effuziv) otqindi jinslar magmaning tashqi yuzada 
    juda tez qotishidan yuzaga keladi, bunda kristallanishi to‘liq sodir bo‘lmaydi va 
    shishasimon yopiq kristalli tarkibga ega bo‘ladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra otqindi 
    tog‘ jinslari bo‘linadi: 
    1.Nordon (SiO
    2
    -65% ko‘p) 
    2.O‘rta (SiO
    2
    -55-65%) 
    3. Asosiy (SiO
    2
    -55% dan kam) 
    Nordon otqindi tog‘ jinslariga donador kristall tarkibli ichki tog‘ jinsi 
    granitlar kiradi. Tog‘ jinsini hosil qiluvchi minerallar quyidagilar: dala shpati 
    (asosan ortoklaz K
    2
    O·Al
    2
    O
    3
    ·6SiO
    2
    )- 70% gacha; kvars (kristall kremnezem- 
    SiO
    2
    )–20% dan ko‘p; slyudalar (muskovit, biotit) va boshqalar – 5%gacha. 
    Granit otqindi tog‘ jinsi sifatida to‘ldiruvchilar olishda eng ko‘p ishlatiladi. 
    Granitning zichligi 2600-2700 kg/m

    ni tashkil etadi. Suv shimuvchanligi 0,5% dan 
    oshmaydi. Siqilishga mustahkamligi 100MPa dan yuqori, ba'zan 200-250MPa ga 
    yetadi. Rangi qizg‘ish yoki kulrang. 
    O‘rta otqindi tog‘ jinslariga ichki jinslar (diorit, sienit) va tashqi (andezit, 
    traxit) jinslar misol bo‘ladi. Andezit va traxit ishqorlar bilan aktiv bog‘lanadi, shu 
    sababli ularni sementli betonlarda qo‘llash chegaralangan. Andezit va traxit 
    kislotaga bardoshli to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Diorit va sienit esa granitdan 
    tarkibida kvars yo‘qligi bilan ajralib turadi. Diorit va sienit tabiatda kam uchraydi. 
    Diorit to‘q yashil tusga ega, sienit esa yorqin yashil rangga ega. Dioritning 
    siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi 250MPa gacha, sienitniki esa 180MPa gacha 
    bo‘ladi. 
    Asosiy otqindi tog‘ jinslariga ichki yuzaga kelgan tog‘ jinslari gabbro va 
    tashqi bazalt va diabaz kiradi. Bu tog‘ jinslari yuqori mustahkamligi (siqilishga 


    101 
    mustaxkamligi – 300-500MPa) va yuqori zichligi (3000 kg/m

    dan yuqori) bilan 
    ajralib turadi. 
    Cho‘kindi tog‘ jinslari mavjud tog‘ jinslarining tabiatda buzilishidan yuzaga 
    keladi. Ya'ni suv, shamol, harorat o‘zgarishi, kimyoviy va biokimyoviy 
    yemirilishlar natijasida paydo bo‘ladi. Cho‘kindi tog‘ jinslari asosida qum va 
    shag‘al yuzaga keladi va ular beton uchun eng arzon to‘ldiruvchilar hisoblanadi. 
    Kvars qumlar deb tarkibida kvars miqdori 60% dan ko‘p bo‘lgan qumlarga 
    aytiladi. Tarkibida 50% gacha dala shpati donalari bo‘lgan qumga kvars- 
    dalashpati qumi deyiladi. 
    Ko‘p miqdorda qazib olinadigan qum va shag‘al konlari allyuvial kelib 
    chiqishga ega. Ular daryo o‘zanlarida hosil bo‘ladi. Shu narsa ma'lumki, oqimning 
    tezligidan kelib chiqib suv katta yoki kichik tog‘ jinsi donalarini bir joydan 
    ikkinchi joyga oqizishi mumkin. Shu sababli suv oqimi qum va shag‘alni bir joyga 
    yig‘ishi bilan bir qatorda uni yuvadi va navlarga ajratadi. 
    Shamol ta'sirida (cho‘l shamoli) vujudga keladigan Eoll (barxan) qumlarni 
    betonlarda qo‘llash chegaralangan. Chunki bu qumlar juda mayda bo‘lib, donalari 
    o‘ta silliq yuzaga ega, bu esa ularning sement toshida birikishini yomonlashtiradi. 
    To‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni karbonatli cho‘kindi jinslar-
    ohaktosh va dolomitlar egallaydi. Ohaktoshlarning asosiy mineral tashkil 
    qiluvchisi bu kalsit SaSO

    hisoblanadi. Kristall ohaktoshlarning zichligi-2700 
    kg/m

    va siqilishga mustahkamligi 200 MPa gacha bo‘ladi. 
    Ohaktoshlar portlandsement toshidagi ishqorli muhitga chidamli bo‘lib, 
    betonda u bilan yaxshi bog‘lanadi va u och kulrang yoki sariq ranga ega. 
    Dolomitning asosiy mineral tashkil etuvchisi esa SaSO
    3
    · MgSO
    3
    . Bu tog‘ 
    jinsi xam o‘ta zich va mustahkam bo‘lishi mumkin. 
    Metamorfik tog‘ jinslari otqindi yoki cho‘kindi tog‘ jinslarining yerning 
    chuqur qismida yuqori bosim va xarorat ta'sirida o‘zgarishidan yuzaga keladi. 
    Metamorfik tog‘ jinslaridan to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda gneyslar ishlatiladi. 
    Gneyslar granitdan qavatma qavat joylashuvi bilan farq qiladi. Marmarlar esa 
    ohaktoshlarning perekristallizatsiyasi jarayonida yuzaga keladi, kalsit kristallaridan 
    iborat bo‘ladi. Mustahkamlik chegarasi yuqori (300MPa gacha) bo‘ladi, tabiatda 
    turli ranglarda uchraydi, maydalashda qirrali yuzali donalar olinadi va beton uchun 
    og‘ir to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. 

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish