Nazorat savollari
1. Tabiiy tog‘ jinslari asosida to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish
texnologiyasini keltiring?
2.Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring?
3.Tabiiy to‘ldiruvchilar asosida qanday beton olinadi?
6- AMALIY MASHG’ULOT: TO’LDIRUVCHILAR ISHLAB
CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI
Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilar qo‘llaniladi. Donalari 5 mm dan
kattaroq yirik to‘ldiruvchilarni shag‘al va chaqiq tosh turlariga ajratiladi.
102
Betondagi mayda to‘ldiruvchilar tabiiy va sun’iy qum hisoblanadi. CHaqiq toshni
tog‘ jinslarini maydalash orqali olinadi.
Qurilishda aksariyat ohaktosh va granitdan olingan chaqiq toshlar
ishlatiladi. SHag‘al sirti tekis va shamolda nuragan tog‘ jinslarini noanik
aralashmasini ifodalaydi. Odatda, donalari turli yiriklikdagi shag‘al-qum
aralashmalar uchraydi. Engil betonlar uchun g‘ovakli tog‘ jinslaridan olingan
tabiiy chaqiq tosh (tuf, pemza va boshqalar) yoki ko‘p hollarda mahsus sun’iy
tayyorlangan to‘ldiruvchilar ishlatiladi (keramzit, agloporit, shlakli pemzasi va
boshqalar).
Qum o‘zida uvalangan mayda zarrali tarkibni ifodalab, u tog‘ jinslarining
shamol ta’sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning
zarralari aralashgan kvars qumlari, kam hollarda esa dala shpatli va ohaktoshlilari
uchraydi. Ba’zan qumni tog‘ jinslarini mahsus maydalash yo‘li bilan olinadi.
Biroq bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli mahsus
maqsadlardagina qo‘llaniladi.
To‘ldiruvchilar betonning 80% hajmini egallab, uning xususiyatlariga, uzoq
muddatga chidamliligiga va narxiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchilarning betonga kiritilishi bilan, betondagi eng qimmatbaho
hisoblangan xomashyo – sement sarfini keskin kamayishiga erishiladi. Bundan
tashqari, to‘ldiruvchilar betonning texnik xususiyatlarini yaxshilaydi. YUqori
mustahkamlikdagi to‘ldiruvchili baquvvat skelet ma’lum darajada betonning
mustahkamligini va deformatsiyalanish modulini ko‘taradi – konstruksiyalarning
bosim ta’sirida deformatsiyalanishini kamaytiradi, shuningdek betonning
siljuvchanligini – betonga uzoq muddat bosim ostida ta’sir ko‘rsatish natijasida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qaytmas deformatsiyalardan saqlaydi.
To‘ldiruvchi betonning kirishishini oldini oladi va bu bilan uzoq muddat
chidaydigan materialni olish imkonini beradi. Sement toshining qotish
jarayonidagi cho‘kishi 1-2 mm/m ni tashkil etadi. Notekis cho‘kish
deformatsiyalari sababli ichki zo‘riqishlar va xatto mikroyoriqlar yuzaga keladi.
To‘ldiruvchi cho‘kish deformatsiyasi zo‘riqishini qabul qiladi va sement toshiga
nisbatan bir necha barobar cho‘kishni kamaytiradi.
G‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar kam zichlikka ega bo‘lib, engil
betonning zichligini kamaytiradi, uning issiqlik tutuvchanlik xususiyatini
yaxshilaydi. Maxsus betonlarda (yuqori haroratga chidamli, nurlanishdan
himoyalash va boshqalar) to‘ldiruvchining ahamiyati juda katta, chunki ularning
xususiyatlari asosan bunday betonlarning mahsus sifatlarini aniqlab beradi.
Silikat betonlarda to‘ldiruvchi o‘zining odatdagi tadbiqidan tashqari o‘ziga
xos muhim ahamiyat kasb etadi. Uning donalarining sirti bog‘lovchi modda bilan
ta’sirlashadi va ko‘p hollarda olinayotgan betonning xususiyatlari ularning
mineralogik tarkibiga va nisbiy yuzasiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘ldiruvchining narhi beton va temir-beton konstruksiyalari narhining 30-
50 % (ba’zi hollarda yanada ko‘proq) ga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun keltirish
oson bo‘lgan va arzon mahalliy to‘ldiruvchilar qator hollarda qurilish narhini,
103
transport harajatlari hajmini kamaytirishga va qurilish muddatlarini qisqarishiga
olib keladi.
Beton uchun to‘ldiruvchilarni to‘g‘ri tanlash, ularni me’yorida qo‘llash –
beton texnologiyasida ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi. Beton uchun
mo‘ljallangan to‘ldiruvchilarga beton tarkibiga ta’sir etuvchi xususiyatlardan kelib
chiqib tegishli talablar qo‘yiladi. Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining
donadorlik tarkibi, mustahkamligi va tozaligi nisbatan ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi.
Donadorlik tarkib to‘ldiruvchidagi turli yiriklikdagi donalar miqdorini
ko‘rsatadi. Bu miqdorni to‘ldiruvchidan olingan namunani teshiklari 0,14-70 mm
va undan ham yirikroq standart elaklardan o‘tkazib aniqlanadi. To‘ldiruvchilar turli
o‘lchamdagi donalarga ega odatdagi va fraksiyalangan turlariga bo‘linadi.
Fraksiyalangan to‘lidiruvchining donalari alohida fraksiyalarga ajralgan,
o‘lchamlari esa bir-birlariga yaqin, masalan 5-10 mm yoki 20-40 mm dan iborat.
To‘ldiruvchini eng kichik yiriklikdagi yoki eng katta yiriklikdagilari bo‘yicha
xarakterlaydilar. Bu holda to‘ldiruvchi donalarining nisbatan eng kichik yoki eng
katta o‘lchamlariga qarab tushuniladi. To‘ldiruvchida alohida yirik yoki mayda
donalar uchrashi mumkin, biroq ularning miqdori 5 % dan oshmasligi kerak.
Agarda donadorlik tarkibda barcha o‘lchamlardagi, xususan eng
maydasidan eng yirigigacha donalar mavjud bo‘lsa bu tarkib uzluksiz tarkib
deyiladi. Agarda to‘ldiruvchida qandaydir bir oraliq o‘lchamlardagi donalar
mavjud bo‘lmasa bunday donador tarkib uzlukli tarkib deb ataladi.
To‘ldiruvchining optimal (eng maqbul) donadorlik tarkibini belgilash
bo‘yicha juda ko‘p tavsiyalar mavjud. Ko‘pchilik tadqiqotchilar uzluksiz donador
tarkibni samaraliroq deb biladilar. Uzlukli tarkibli qorishmalardan o‘rtacha
o‘lchamlardagi fraksiyalarni olib tashlanganda g‘ovaklikning kamayishi
ta’minlanadi. Biroq, undagi yirik donalar orasida siqilib qolgan mayda donalarning
harakatchanligi chegaralanadi va ma’lum darajadagi harakatchan beton
qorishmasini olish uchun donalarni sement hamiri bilan qalinroq qamrab olish
zarurati tug‘iladi. Uzluksiz donador tarkibli qorishmalarda esa bu qatlam yupkaroq
bo‘lishi kuzatiladi va uzlukli jarayonda to‘ldiruvchidagi mayda fraksiyalarning
hajmi, hamda to‘ldiruvchining nisbiy yuzasi ortib boradi. Natijada donalarni
qamrab olish uchun sement sarfi ortadi va to‘ldiruvchining bo‘shliqlarini
kamaytirish hisobiga sementni iqtisod qilish imkoniyati kamayadi. Bundan
tashqari uzlukli donadorlik tarkibning qatlamlanishga moilligi bo‘lib, bu betoning
bir jinsliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchining uzluksiz donadorlik tarkibini tanlash uchun turli samarali
elash egrilari taklif etilgan. Bir vaqtning o‘zida bo‘shliqlari minimal darajadagi va
eng kam donalar nisbiy yuzasiga ega bo‘lgan qorishmani olish mumkin
bo‘lmaganligi tufayli (minimizatsiyani faqat bir omil orqali o‘tkazish mumkinligi
sababli), ideal egrini quyidagi shartdan olish mumkin. Buning uchun
qorishmadagi bo‘shliqlar miqdori va donalarning yuzalari yig‘indisi ma’lum
darajadagi harakatchanlikka ega bo‘lgan beton qorishmasini va mustahkam
betonni olish uchun minimal miqdordagi sementni talab etishi kerak. Ideal egri
bo‘yicha turli o‘lchamlardagi donalarni tanlash va solishtirishda o‘sha sement sarfi
104
bilan qatlamlanishga moilligi kamroq va yanada harakatchanroq qorishmalar
olinadi.
Bunday ideal egrilarga misol sifatida quyidagi Fuller va Bolomeylar
tomonidan taklif etilgan tenglamani keltirish mumkin:
ф
k
y
чег
ф
D
x
k
/
100
, (1.1)
bu erda: k
f
– shakl koeffitsienti; k
f
=8-14; x – berilgan fraksiyadagi donalar
o‘lchami; D
cheg
– to‘ldiruvchining chegaraviy yirikligi.
Amaliyotda aniq ideal egri bo‘yicha to‘ldiruvchilar tarkibini tanlash uchun
shag‘al va qumni elash kabi qo‘shimcha jarayonlar talab etiladi. Alohida
fraksiyadagi materiallar(ashyolar)ning bir qismi ortib qolishi va boshqa
fraksiyalarni to‘ldirish uchun esa qo‘shimcha maydalash talab etiladi. SHuning
uchun amaliyotda bu usul keng tadbiq etilmagan.
Temir-beton zavodlari yoki qurilish ob’ektlarida to‘ldiruvchining donadorlik
tarkibini tanlashda zarur miqdorda aniqlangan qum va shag‘aldan foydalaniladi va
bunda qum va alohida olingan shag‘al fraksiyalari orasidagi nisbat imkoniyat
darajasida ideal egriga yaqinlashishi lozim. Biroq, bu nisbatning ideal egriga aniq
mos tushishi talab etilmaydi. Katta bo‘lmagan nomutanosibliklarga yo‘l
qo‘yilishi mumkin. Donador tarkibni yomonlashuvini qator texnologik usullar
yordamida kompensatsiyalash mumkin. Bu usullar bilan betonning narxi
tushiriladi va transport-tayyorlov harajatlari kamaytiriladi. SHuning uchun
standartlar va texnik ko‘rsatmalarda bir necha turli donadorlik tarkiblar tavsiyasi
ko‘rsatiladi va to‘ldiruvchi qorishmasining xususiyatlarini ahamiyatli darajada
yomonlashuvi kuzatilmaydigan, alohida fraksiyalar nisbatida ma’lum darajadagi
o‘zgarishlarga imkon beriladi.
|