Rasm-5. Qumni ochiq holatda qazib olish




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

 
Rasm-5. Qumni ochiq holatda qazib olish: 
1- pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan maydon. 
Ekskavator–draglaynlar bir kovshlidan shunisi bilan farq qiladiki, ularning 
cho‘michi katta belkurakli tipda bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan bo‘ladi. Draglayn 
o‘zi turgan joyning pastki qismini qaziydi, shu sababli konning yuqori maydonida 
ishlaydi.
Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar hozirda eng ko‘p ishlatiladi. Zanjirli ko‘p 
kovshli 
ekskavatorlar 
konveyr 
shaklidagi 
to‘xtovsiz 
harakatlanuvchi 
cho‘michlardan iborat. Cho‘michlarni bo‘shatish lentali transporterga tashlash 
bilan bajariladi.
Cho‘michlarning sig‘imi katta emas, lekin zanjirda ularning soni 40 
donagacha yetadi. Shu sababli ularning to‘xtovsiz harakatida yuqori 
mahsuldorlikka erishiladi. Zanjirli ekskavatorning ramasi turli burchaklarda 
joylashgan bo‘lishi mumkin, ya'ni ekskavator turgan joy darajasida va ish 
pog‘onasining pastki yoki yuqori qismida joylashadi. 
Agar qum koni bir jinsli bo‘lmay, qavatma-qavat yuzaga kelgan bo‘lsa, 
donalari yirikligi bilan farq qilsa, u holda ko‘p cho‘michli ekskavatorda qazib 
olishda qumning donadorlik tarkibi mo‘tadillashtiriladi, bu esa ijobiy faktor 
hisoblanadi.
Zanjirli ekskavatorlar o‘rniga ko‘p cho‘michli rotorli ekskavatorlar ham 
ishlatiladi, ularning ichki organlariga o‘q yaqinida aylanuvchi rotorli cho‘michlar 
osilgan xalqa kiradi. Cho‘michlardagi qazib olingan qumlar o‘q ichida joylashgan 
lentali transportyorga yuklanadi va bunker, transport vositalari yoki maxsus 
chuqurlarga uzatiladi. Rotorli ekskavatorlarda qumni qavatma-qavat ishlash oson 
kechadi.


109 
Ko‘p cho‘michli ekskavatorning bir cho‘michlidan afzallik tomoni: qazish 
ishlarini uzluksiz davom ettirish, transport vositalarini bir xil to‘ldirish, 1t massa 
uchun ishlab chiqarishning katta mahsuldorligi, energiyaning kam solishtirma 
sarfi. 
Qum konini qayta ishlash geologik qidiruvga asoslangan va tuzilgan karta 
bo‘yicha bajariladi. Qumning sifatini va bir jinsliligini sistematik nazorat qilinadi. 
Sifati past qum uchastkalari qayta ishlanmaydi yoki maxsus chuqurlarga to‘kiladi. 
Qum koni uchun asosiy transport turi tirkamali va yarim tirkamali 
avtosomosvallar va avtotyagachlar hisoblanadi. Bundan tashqari elektromotorli 
samosval-trolleyvozlar, o‘zi to‘kar tirkamali traktorlar, temir-yo‘l transportlari 
(motovozlar, elektrovozlar, qum to‘kar vagonlar va platformalar), kanatli osma 
yo‘llar kiradi. 
Ko‘p hollarda lentali transportyorlardan iborat to‘xtovsiz harakatlanuvchi 
konveyr transportini rotorli yoki zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar bilan birga 
qo‘llash o‘ta samarali hisoblanadi.
Konveyr transportini ishlatish ekskavatorlar ishlashini uzluksizligini 
ta'minlaydi, ularning mahsuldorligini 35-50% ga oshiradi, boshqarish va ishlab 
chiqarishni avtomatlashtirish imkonini beradi. Olingan qumning tannarxini va 
kapital harajatlarni pasaytiradi.
Kon ichida va undan tashqarida ko‘p kilometrli konveyr transportidan 
foydalanish imkoniyati mavjud. Suvli konlarda mavjud suv ostidagi qumlarni 
qazib olish ekskavator-draglaynlarda, kanatli skreyperlarda amalga oshiriladi va 
eng samaralisi bu gidromexanizatsiyalashgan qazib olish hisoblanadi.

Download 2,95 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm-5. Qumni ochiq holatda qazib olish

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish