145
Domna shlaklari asosidagi chaqiq toshning
silindrda maydalanish
ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘rtta markaga bo‘linadi: Dr45- mustahkamlik chegarasi
20MPa dan past
betonlar uchun; Dr35- mustahkamlik chegarasi 20-30MPa
betonlar uchun; Dr25- mustahkamlik chegarasi 30-40MPa betonlar uchun; Dr15-
mustahkamlik chegarasi 40MPa va undan yuqori betonlar uchun ishlatiladi.
Domna shlaklari asosida chaqiq toshdan turli konstruksiyalar uchun yuqori
mustahkamlikdagi betonlar olish mumkin. Metallurgiya sanoati rivojlangan
hududlarda shlakli chaqiq tosh boshqa tabiiy tosh asosidagi chaqiq toshga nisbatan
arzon bo‘lib, uni qo‘llash yuqori iqtisodiy samara beradi.
Biroq shlaklarda mavjud oltingugurt po‘lat armaturani
yemirilishiga olib
kelishi mumkin.
Shu sababli shlakli chaqiq toshni temir-beton zo‘riqtirilgan armaturali
konstruksiyalarda qo‘llashda maxsus tadqiqotlarga asoslanish kerak,
agarda
otingugurt 2,5% dan oshsa, u holda barcha turdagi konstruksiyalar uchun
ishlatiladigan betonlar ustida tadqiqotlar o‘tkaziladi.
Shlakli chaqiq toshning uyma zichligi og‘ir beton uchun 1000 kg/m
3
dan
kam bo‘lmasligi kerak. Bu zich va mustahkam, qora hamda to‘q-kulrang rangdagi
to‘ldiruvchi hisoblanadi.
Granullangan shlaklar- suyuq qizib turgan metallurgiya
shlaklarini suv
yordamida qayta ishlashda olinadi. Bunda shlak eritmasini tez sovitishda va uni
granulyasiya va maydalashda alohida mayda donalar olinadi. Donalar strukturasi-
amorf va shishasimon bo‘ladi.
Granullangan shlaklar donadorlik tarkibiga ko‘ra yirik qumga mos keladi:
uning donalari o‘lchami 0,6-5mm bo‘lib, yirikligi 2,5 mm bo‘lgan
donalari
umumiy tarkibda 50%ni tashkil etadi. Yirik donalar (10mm) ham oz miqdorda
bo‘lsada uchraydi.
Granullangan shlaklarning uyma zichligi 600 - 1200kg/m
3
atrofida bo‘ladi.
Buni shu narsa bilan tushuntirish mumkinki, shlak eritmasining
xususiyatlari va
granulyasiya texnologiyasiga bog‘liq holda zich yoki g‘ovak granullangan shlak
olish mumkin.
Granullangan shlaklarning donalar orasidagi bo‘shliqlik yuqori bo‘lib, 60-
70% gacha tashkil etadi.
Granullangan shlaklarning donalari asosan shlakoportlandsement ishlab
chiqarishda to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
1>