143
Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zahirasi sifatida sanoat
chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu mahsulotlardan hali to‘liq foydalanilgan
emas.
Tog‘ kon materiallarni qayta ishlash va ularni o‘zlashtirishda
xamma vaqt
“keraksiz deb hisoblanadigan” turli tosh jinslarni ham qayta ishlashga to‘g‘ri
keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo‘ladi.
Ko‘pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 10....15% ni tashkil etsa,
ikkilamchi tosh jinslarning hajmi 90% ni tashkil etadi. Shu sababli ikkilamchi
materiallar qurilishda yaroqli bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda
ko‘miladi.
Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan
ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini
bosadi. Shu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga
nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq
toshining mustahkamlik
chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin.
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar
va shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton
to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va
shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun ham
taaluqlidir. Davlat standartlari faqat mahsulotning
texnik taraflarini emas, balki
uning iqtisodiy jihatlarini ham qamrab oladi.
Masalan, agar mavjud tabiiy xom ashyolarni qayta ishlashda
olinadigan to‘ldiruvchilar uncha sifatli bo‘lmasa va ularni betonda qo‘llash
qo‘shimcha mablag‘ni talab etsa, u holda bunday
tabiiy konni qayta ishlash
maysadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning uchun sanoat chiqindilarini qurilishda
qo‘llashda, ular asosidagi to‘ldiruvchilardan samarali foydalanishga ruxsat
beradigan yangi davlat standartlari yoki texnik shartlari tasdiqlanadi.
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom
ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa hisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza
qilishda ham samaralidir.
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda
chiqadigan ikkilamchi
materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo
materiallar sifatida qo‘llaniladi.
Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan
ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida
ishlatiladi.
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘
jinslari hamma
vaqt alohida qayta ishlanmay, ba'zida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi.
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli
boyitish vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq
tosh shaklida hosil bo‘ladi.
144
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida
temir-kvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70%
gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. Shu bilan bir qatorda mayda
qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. Izlanishlar shuni
ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan
yuqori
mustahkamlikdagi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi.
Yurtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda
chiqindi omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh
jinslarni va ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan
yongan jinslar xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan
jinslar asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyma zichligi 800-1000 kg/m3
ni tashkil etadi. Ulardan mahalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustahkamlik
chegarasi 10-20MPa ga teng yengil betonlar olish mumkin va bunda sement sarfini
keskin kamaytirish imkonini beradi.
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun'iy g‘ovak
to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli jinslardan olish
mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. Shu sababli ko‘mir
boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi.
Natijada chiqindi
tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun yetarli hisoblanadi.