Sholini ko„chat usulida yetishtirish texnologiyasi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
Sholini ko„chat usulida yetishtirish texnologiyasi 
 Osiyo davlatlarining asosiy qismida sholi yetishtirishda ko„chat usuli 
muhim o„rini egalaydi. Dunyo miqyosida ekiladigan sholi maydoning 85-90% da 
shu usul qo„llanildi. Sholi ko„chat usulida yetishtirilganda to„g„ridan-to„g„ri 
ekishga nisbatan ko„pgina afzalliklarga ega: 
1. Sholi urug„i ko„chatxonalarda ekilishi munosobati bilan kech kuzga 
qolmasdan yig„ishtirib olish imkonini yaratadi.
2. Ko„chat usuli har bir yerdan unumli foydalanib, ikki marta (bug„doy-
sholi) g„alla hosili olish imkoniyatini yaratadi.
3. Sholi urug„ining 60-70% iqtisod qilinadi.
4. Sholining o„suv davrining 30-35 kuni ko„chatxonada o„tishi munosabati 
bilan suv sarfi 20-25% ga qisqaradi.
5. Sholi hosildorligi esa to„g„ridan-to„g„ri ekkanga nisbatan 15-30% yuqori 
bo„ladi.


167 
Sholini ko„chat usulida yetishtirishning asosiy kamchiligi qo„l mehnatini 
ko„p talab qilishidir.
Respublikamizda sholini bu usulda yetishtirish 1993-1995 yillarda ishlab 
chiqildi. A.A. Shokirov, G.N. Rahimov, U.X. Tilavov ma‟lumotlariga ko„ra, asosiy 
ekin sifatida sholi ekiladigan maydonlar bo„yicha quyidagi agrotexnik tadbirlar 
amalga oshirilishi lozim. Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm, Andijon, 
Namangan, 
Farg„ona viloyatlarida “Avangard” navi, Qoraqalpog„iston 
Respublikasida “Nukus” navi asosiy ekin sifatida ko„chatxonalarga 1-10 mayda 
ekiladi. Asosiy maydonga 10-20 iyunda ko„chat ko„chirib ekiladi. Respublikamiz 
bo„yicha barcha xo„jaliklarda hosildorlikni yoppasiga 30-40 foizga bemalol 
oshirish uchun ichki intensiv imkoniyatlar mavjud bo„lib, ulardan eng asosiysi 
sholini ko„chat usulida mexanizatsiya bilan yetishtirishdir.
Jahon miqyosida sholikorlar ko„chat usulining urug„ni bevosita ekish 
usulidan mohiyat e‟tibori bilan bunday farq qilishiga, uning afzalliklari nihoyatda 
ko„pligiga ishonch hosil qilib va foydali barcha jihatlarni hisobga olib bu usulning 
og„irligini, tashvishlarining bir qismini mexanizatsiya zimmasiga yuklash borasida 
har xil moslamalar, ekish mexanizmlari yaratganlar, sinab ko„rganlar, qo„llaganlar 
va bu jarayon uzluksiz davom ettirilib kelinmoqda.
Ko„chat usuli urug„ ekish usulidan quyidagi foydali jihatlari bilan farq qiladi: 
Ishni 20-30 kun avval boshlash mumkin va bunda eng kechpishar sholi 
navlarini ham kontinental iqlim mintaqalarida ekish va yuqori hosil olish 
imkoniyati kafolatlangan.
1. Bir oy davomida katta maydonni o„g„itlash, sug„orish, o„toq qilish 
tashvishlari o„z-o„zidan bartaraf etiladi, ya‟ni sholi ko„chatlari ko„chatxonada 
kamida 1 oy o„stirilib, suv va o„g„it bilan ko„chatxonada kichik maydonchada 
to„liq ta‟minlanadi va 25-30% o„g„it iqtisod qilinadi.
2. An‟anaviy urug„ ekish usulida O„zbekiston bo„yicha tavsiyalarga binoan 
bir gektar maydonga 200-220 kg sholi urug„i ekilsa, ko„chat usulida 65-70 kg 
urug„ sarflanib, har bir gektaridan 150 kg urug„ iqtisod qilinadi va ko„pgina chet 


168 
mamlakatlarda 1 gektar yerga 30-35 kg urug„ sarflanadi va keyingi holat 
Sholichilik ITI tadqiqotlarida ham isbotlandi.
3. Bir oy mobayiida sholi o„simligi ko„chatxonada kichik maydonda 
parvarishlanishi tufayli beriladigai umumiy suv me‟yorining 30% dan oshig„i 
tejaladi.
4. Ko„chat usulida o„stirilgan sholining hosildorligi urug„dan ekilgan sholiga 
nisbatan har doim kamida 25-30% ortiq bo„ladi. Bu ma‟lumotlarni ko„pgina adabiy 
manbalar ham to„liq tasdiqlaydi.
5. Takroriy ekin sifatida kuzgi g„alladan bo„shagan maydonlarda sholini 
ko„chat usulida ekib bemalol hosil olish imkoniyati mavjud bo„lib, sholi to„liq 
pishib yetilishi uchun talab yetiladigan ochiq-issiq kunlar soni va zarur foydali 
harorat yetarlidir.
6. Sholi ko„chatlari o„tkazilgan paytda bo„yi 15-25 sm bo„lib, dala esa begona 
o„tdan toza bo„ladi va begona o„tga qarshi maxsus kurashishning ayrim xollarida 
ehtiyoji bo„lmaydi yoki keskin qisqaradi.
7. Urug„dan o„stirilgan sholi ayrim xollarda o„g„it ortiqchalik qilsa, g„ovlab 
yotib qoladi va tabiiyki o„z-o„zidan hosil yo„qoladi. Ko„chatdan o„stirilgan sholi 
esa hech qachon yotib qolmaydi, chunki poyasi yo„g„on, baquvvat, tuplanish 
darajasi yuqori bo„lib, tashqi shamol ta‟sirlariga nihoyatda bardoshlidir.

Download 7.59 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sholini ko„chat usulida yetishtirish texnologiyasi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish