• Ekish me‟yori
  • Sug„orish usullari
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet111/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Samolyotda sholi ekishBu usulda sholi ekishda ish unumi ancha yuqori bo„ladi, 
    ya‟ni kuniga 150-200 ga yerga sholi ekish mumkin. Samolyotda sholi ekishda har 
    gektar maydonga sarflanadigan mehnat harajatlari ancha qisqaradi, shuning uchun 
    ham bu istiqbolli usul deb hisoblanadi. Ob-havo sharoiti noqulayligi, vaqtida suv 


    162 
    kelmaganligi oqibatida va boshqa sabablarga ko„ra, ekish muddati surilib ketgan 
    xollarda samolyotda foydalanish mumkin. Lekin, bunda yer ekishga juda yaxshi 
    tayyorlangan bo„lishi shart. AQSh, Ruminiya, Vengriyada samolyotda sholi ekish 
    keng miqyosda qo„llaniladi.
    Ekish me‟yori. Ekish me‟yori o„simliklarning ko„chat qalinligini belgilaydi. 
    Ekish me‟yori qancha yuqori bo„lsa, har gektar yyerdagi ko„chatlar soni shuncha 
    ko„p bo„ladi. Ekish me‟yori sholi navining biologik xususiyatlariga, tuproq 
    unumdorligiga, ekish muddatiga va usuliga, va boshqa sharoitlarga bog„liq bo„ladi.
    O„zbekiston sharoitida gektariga 5,0-7,5 mln. donagacha sholi ekilganda, 
    ya‟ni 1 metr kvadrat yerda o„rimga qadar 250-350 tup atrofida o„simlik va 450-500 
    ta unumdor ro„vakli poya bo„lgan taqdirda sholidan mo„l hosil olinadi.
    O„zbekiston sholichilik institutida olib borilgan kuzatishlarga qaraganda
    urug„ning unuvchanligi 37-56% atrofida o„zgarib turadi, o„rimga qadar esa unib 
    chiqqan maysalarning 75-93% saqlanib qoladi. Urug„ ekishning muqobil me‟yorini 
    belgilashda bunday kamayishni hisobga olish, shuningdek, yuqori hosil 
    yetishtirishga imkon beradigan barcha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarur.
    Ekish me‟yori urug„likning vazniga qarab belgilanadigan bo„lsa, bu 
    ko„rsatkich urug„ning xo„jalik jihatdan 100% yaroqligi va 1000 dona urug„ning 
    vazniga qarab hisoblab chiqariladi 
    Sug„orish usullari. Tabiiy iqlim sharoiti va sholi yetishtirish 
    texnologiyasiga ko„ra, dunyo sholichiligida sug„orishning to„rt usuli: doimiy suv 
    bostirish, qisqa muddat suv bostirib sug„orish, dam oldirib sug„orish va vaqti-vaqti 
    bilan sug„orish usullari ma‟lum.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish