• Yerni ishlash .
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Kasallik va zararkunandalar: Sholi hosiliga kasallik va zarakunandalar 
    ancha zarar keltiradi. Kasalliklardan: pirikulyarioz, fuzarioz, ildiz chirishi. 
    Zararkunandalar: sholi chivini, sohiloldi mushkasi, hasva, shira, shilimshiq.
     
    Yetishtirish texnologiyasi 
    O„tmishdosh. Sholidan mo„l hosil olishda almashlab ekishning roli katta. 
    O„zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish instituti ma‟lumotlariga qaraganda, 4 va 6 
    dalali almashlab ekishda gektaridan 40-50 s hosil olingan holda surunkasiga sholi 
    ekilgan maydonlarda hosildorlik atigi 25-27 s ni tashkil etadi.
    O„zbekistonda quyidagi almashlab ekish tizimi qabul qilingan: to„rt dalali: 
    sholi, band shudgor, sholi ulushi 75%.
    Olti dalali: 1,2,3,4-dala sholi: 5,6-dala o„tlar. Bunda jami almashlab ekish 
    maydonining 66,6% ni sholi band qiladi.
    To„qqiz dalali: 1,2,3-dala sholi: 4-dala band shudgor 5,6,7-dala sholi va 8,9-
    dala o„tlar.


    160 
    O„n dalali: 1,2,3,4-dalasi sholi: 5-dala band shudgor: 6,7,8-dala sholi 9,10-
    dala o„tlar. Bunday umumiy maydonning 70% sholi bilan band qilingan.
    Yetti dalali (urug„chilik xo„jaliklarida) 1,2-dala o„tlar: 3,4-dala sholi: 5-dala 
    band shudgor: 6,7-dala sholi. Bunda sholi 57,1% ni tashkil qiladi.
    Yerni ishlash. Suv bostirilgan sholipoyalarda tuproqqa havo kirolmaydi. 
    Shuning uchun zararli bo„lgan birikmalar: vodorod, sulfid, metan, temir (II) oksidi 
    birikmalari, marganets va mikrofloraning anaerob sharoitida hosil bo„lgan boshqa 
    mahsulotlar to„planadi. Bularning hammasi tuproq unumdorligini pasaytirib va bu 
    o„z navbatida, sholi hosilining kamayishiga sabab bo„ladi. Bunday noqulay 
    sharoitni bartaraf qilish uchun sholi ekishga qadar, ya‟ni kuz, qish va bahor 
    davomida yerni yaxshilab quritish hamda shamollatib turish zarur. Yerni 
    yumshatish, shamollatish va quritish ishlari tuproqni maxsus agrotexnik qoidasi 
    asosida ishlash yo„li bilan amalga oshiriladi. Sholipoya va band shudgordan 
    bo„shagan maydonlarni (o„t ekilgan erlar bundan mustasno) ishlash kuzgi 
    shudgorlashdan boshlanadi. Yerni kuzda haydash sholi hosildorligini oshirishda 
    katta ahamiyatga ega.
    Yerni kam mehnat va mablag„ sarflab ishlashda qator mashinalar, jumladan: 
    KFS-2,4, KFS-3,6, FN-1,6 rusumli kultivator, freza-seyalka, shuningdek PR-2, 
    PR-2,7 rusumli rotatsion plug va boshqa mashinalar ham ishlatiladi. Mana shu 
    mashinalar bir o„tishda bir yo„la bir necha ishni, masalan, yerni ekish oldindan 
    ishlash, tekislash, ekish, o„g„it solish, gerbitsid sepish, yerni g„altaklash va 
    boshqalarni bajaradigan bitta komplekt tuzish mumkin.
    Suv bostirilgan sholipoyalarda yerni ishlash quruq sholipoyalarni 
    ishlashdagiga qaraganda bir nechta ish turini qisqartirishga imkon beradi.
    Sholi ekiladigan yerlarni ekish oldidan ishlashda marza cheklarni D-24 1 M 
    va D-20 B rusumli greydyerlarda yoki PA-3,P-2,P-4 rusumli uzun bazali 
    tekislagichlarda joriy tekislash katta ahamiyatga ega.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish