• Agrotexnik kurash chora-tadbirlari.
  • Begona o„tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Begona o„tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari. Hozirgi vaqtda sholi 
    unib chiqqandan keyin va o„suv davrida begona o„tlarga qarshi, boshqa agrotexnik 
    tadbirlarga halal bermagan holda, gerbitsidlardan foydalaniladi. Endilikda 
    O„zbekistondagi barcha sholikor tumanlarda asosiy maydonlar gerbitsidlar bilan 
    ishlanadi. Gerbitsidlar tanlab (selektiv) va yoppasiga (qirib tashlaydigan) ta‟sir 
    qiladigan bo„ladi.
    Sholi ekilgan maydonlarga gerbitsidlar samolyotda yoki (traktorga 
    o„rnatilgan OTN-8-16, OVX-14, ONK-400 kabi) apparatlarda kurmak maysalari 1-
    3 ta chinbarg chiqargan paytda sepiladi. Bir gektar ekinzorga sepish uchun 5 kg 
    ta‟sir etuvchi modda 100 litr suvga aralashtirilib, ishchi eritma tayyorlanadi. Shu 
    xildagi eritmadan yerga sepiladigan bo„lsa, gektariga 400 litr, samolyotda 
    sepiladigan bo„lsa, 100 litr sarflanadi.
    Gerbitsidlar bilan ishlanadigan dalalar oldindan tayyorlab qo„yiladi. Buning 
    uchun dori sepishga 2-3 kun qolganda sholipoyalardagi suv chiqarib yuborilib
    biroz selgitiladi, lekin yer betini qurib yorilishiga yo„l qo„ymaslik kerak. Kurmak 
    maysalari suvqatlami tagida qolmasligi nihoyatda muhimdir. Sholipoyalarni uzoq 
    vaqt suvsiz qoldirmaslik kerak, aks holda bu o„simlikning yaxshi o„sishiga halal 
    beradi va o„suv davri cho„zilib ketadi. Suvo„tlarni yo„qotish uchun mis kuporosi 
    xaltachalariga solib, pollarga suv kiradiga joylarga qo„yiladi va shu yerda 
    pollarning hamma tomoniga tarqaladi. Gektariga 10-12 kg hisobida preparat 
    sarflanadi.


    166 
    Agrotexnik kurash chora-tadbirlari. Bu tadbirlarga almashlab ekish, sholi 
    ekish muddati va usullari, begona o„tlarni yo„qotish hamda ekishni sug„orish rejimi 
    kiradi. Urug„larni to„la unib chiqishini ta‟minlash va hasharotlardan saqlash uchun 
    urug„ga pestitsidli preparatlar yuqtirish oldini olish tadbirlaridan biri hisoblanadi. 
    Buning uchun 1 t urug„ga 0,6 kg TMTD, 0,3 kg GXSG preparatlaridan olib, unga 
    MF-17 yopishqoq modda qo„shiladi va hosil bo„lgan suyuqlik 1 s urug„ga 2,5 litr 
    hisobidan yupqa qilib yuqtiriladi va urug„ namlanadi. Bu moddalarni fentiuram 
    (gektariga 0,6-0,8 kg) deb ataladigan kompleks preparat bilan almashtirish ham 
    mumkin.
    Urug„ PS-10 yoki “Mobitoks” apparatlarida ishlanadi, agar bunday 
    apparatlar bo„lmasa, S-2276 va boshqa rusumli beton qorishtirgichlardan 
    foydalaniladi. Komponentlarni qorishtirish uchun ular mashinalarda 1-1,5 minut 
    saqlab turiladi. Urug„likni preparatlar bilan ishlashda O„zbekiston O„Simliklarni 
    Himoya Qilish Ilmiy Tekshirish Institutining maxsus yo„riqnomasidan foydalanish 
    tavsiya qilinadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Begona o„tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish