Asosiy ekin ekish uchuni yerni tayyorlash




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
Asosiy ekin ekish uchuni yerni tayyorlash 
Yerni tayyorlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. Shudgorlangan dala 
bahorda mola-borona bilan ishlov berilib, uzun bazali tekislagichlar bilan dalaning 
diagonali bo„ylab qirqib tekislanadi.
Osma chizellar bilan tuproq yumshatilib sholipoyalarga suv bostiriladi va 
suvda tekislanadi. Ko„chat ekishdan oldin suv bostirilganda dalalarga frezalar 
yordamida ishlov beriladi.
Ko„chatlar ko„lda ekish sharoitida sholipoyalarda 5-7 sm, mashinalar 
yordamida ekilganda 1-4 sm qatlamda suv bo„lishi tavsiya qilinadi. Ekish tasviri 
ko„l bilan ekilganda kechpishar navlar uchun 20 x 15, o„rtapishar navlar uchun 15 
x 15 sm, har bir uyaga 1-2 dona, mashinalar bilan ekilganda mos ravishda 30 x 16, 
30 x 14 sm, har uyaga 3-5 dona ko„chat ekiladi.
 
Takroriy ekin ekish uchun yerni tayyorlash 
Asosiy maydondan donli ekin o„rib-yig„ib olingandan so„ng, zudlik bilan yer 
18-20 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Yerni haydaganda o„simlik qoldiqlarini to„la 


172 
ko„mishga erishish kerak. Ko„chat ekishda yer tekisligi asosiy ko„rsatgich bo„lib 3 
sm tashkil qiladi. Tayyor bo„lgan sholipoyaga 5-7 sm suv qalinligida ko„chatlar 
qo„lda yoki ko„chat o„tkazish agregatlari yordamida 3-4 sm chuqurlikka 
o„tkaziladi. Ko„chatlar ko„chatxonadan olinayotganda ildiz va barglarining 1/3 
qismi kesib tashlanib, 150-200 ta o„simlikdan iborat bog„ tayyorlanadi.
Tayyor bo„lgan bog„-bog„ ko„chatlar sholipoyada suvda turishi lozim. Ular 
asosiy maydonga keltirib o„tkazgunga qadar ham suvda turishi kerak. 
Ko„chatlar asosiy maydondagi bir uyaga 1-2 ko„chat ekiladi. Uya oralig„i 
10-15 sm qilib ekish tavsiya qilinadi. Bunda gektariga 65-100 ming ko„chat 
sarflanadi. Sholipoyadagi suv rejimi umumiy agrotexnik talablar asosida olib 
boriladi.
Asosiy maydonga sholi ko„chati o„tqazilgandan so„ng birinchi o„g„it 3-5 
kundan keyin PK 40 kg/ga hisobida beriladi. 30 kundan keyin, ya‟ni sholi 7-9 
bargli bo„lgan davrida ikkinchi o„g„it beriladi, bunda 40 kg/ga hisobida beriladi. 
Suv rejimi sholi pishgunga qadar umumiy agrotexnik talablar asosida amalga 
oshiriladi.
Barcha keyingi bosqichda bajariladigan agrotexnik tadbirlar sholini asosiy 
ekin sifatida ekishdagi singari bo„lib, fakat ekish tasvirida o„zgarishlar mavjud, 
ya‟ni qo„lda ekilganda o„rtapishar navlar uchun 15 x 15 sm, ertapishar navlar 
uchun 15 x 10 sm, mashinalar bilan ekilganda mos ravishda 30 x 12, 30 x 10 sm 
qilib ekiladi.
Har ikkala usulda ham suv katlamini 2-3 kundan so„ng 8-10 sm qalinlikka 
ko„tariladi, 5-6 kundai so„ng esa yillik azotli o„g„it me‟yorining uchdan bir qismi 
beriladi. Begona o„tlarga qarshi kurash chora-tadbirlari zarurat tug„ilgan 
sharoitlarda amalga oshiriladi. Keyingi bajariladigan agrotexnologiyalar mavjud 
sholi yetishtirish tavsiyanomalari asosida olib boriladi. 

Download 7.59 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy ekin ekish uchuni yerni tayyorlash

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish