• Sistematika.
  • Biologiyasi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet154/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     


    224 
    3.8. XITOY LOVIYASI (Vigna) 
    Ahamiyati. Oziq-ovqat havfsizligi muammosi tufayli oxirgi yillarda bu 
    ekinga e‟tibor oshdi, chunki to„yimli yorma va yem tayyorlash mumkin.
    Vignaning quruq donida o„rtacha 27% oqsil, 62% karbon suvlari, 1,3% yog„ 
    bo„ladi. Pichani va ko„kati mollari tomonidan yaxshi yoyiladi. Vigna oqsili barcha 
    muhim aminokislotalarni o„z ichiga qamrab olgan.
    Vignani yem-xashak ekin sifatida beda o„smaydigan qurg„oqchil sharoitda 
    ekishadi. Vignaning doni oziq-ovaqatda, poya va bargi yem-xashak sifatida 
    qo„llaniladi. Etilmagan dukkaklari salatlar tvyyorlashda qo„llaniladi.
    Vigna tropik, subtopik va janubiy mo„„tadil mintaqalardan etishtiriladi. 
    AQSh ning Illinoys, Indiana, Ogayo, Nyu-Djersi shtatlarida vigna yetishtiriladi. 
    Afrikaning markaziy mintaqalarida vigna oziq-ovqatda keng qo„llanadi. 
    Hindistonning janubiy xududlarida oziq-ovqat va yem-xashak sifatida keng 
    ishlatiladi. Bundan tashqari choy ekiladigan maydonlarda vigna siderat uchun 
    ekiladi.
    MDH davlatlardan vigna Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, O„zbekiston, 
    Turkmanistonda ekiladi.
    Sistematika. Vigna turkumi (Vigna Savi) 57 ta turni o„z ichiga qamrab oladi, 
    shulardan 42 ta turi Afrikada tarqalgan. Aynan, Afrikadan vignaning kapskaya 
    vigna (V. capensis Walp. ), vigna katyang (V. catjang Walp.), tuksiz vigna (V. 
    glabra Savi) kelib chiqqan. Introduksiya evaziga Osiyo markazi tashkil topgan. Bu 
    markazdan vignaning V. sinensis Endl, Xitoy vignasi (ssp. sinensis), va 
    uzunmevali vigna (ssp. se-squpedalis) turlari kelib chiqqan.  
    Biologiyasi. Issiqsevar o„simlik. Urug„ni o„sib chiqishi uchun maqbul 
    harorat 15-20 
    o
    C. Maqbul sharoitda (Kuba) maysa 5 kun paydo bo„ladi. Ammo, 
    Shimoliy mintaqada (Toshkent) 14,2 
    o
    C haroratda maysa 22 kunda, 16 
    o
    C da 15 
    kunda, 28,4 
    o
    C da 6 kunda paydo bo„lgan. Maysa 0,1 
    o
    C nobud bo„lgan, -2 
    o
    C da 
    maysa va o„simlik nobud bo„lgan.


    225 
    Qurg„oqchilikka burchoq nisbatan bardoshli. Ammo, havo va tuproq 
    qurg„oqchiligi hosilni pasaytiradi. Vigna qumoq va loyli tuproqlarda yaxshi o„sadi. 
    Unumdorligi yuqori bo„lgan tuproqlarda vegetativ massa ko„p hosil bo„ladi.
    Amal davrining davomiyligi bo„yicha guruhlarga bo„linadi: tezpishar 60-70 
    kun, o„rtapishar 70-100 kun va kechpishar 150 kundan ortiq.
    Vignaning etishtirilayotgan turlari o„zidan changlanadi, ammo tabiatda 
    chetdan (xashoratlar) changlanib duragaylar hosil qiladi. Gullash pastdan yuqoriga 
    qarab gullaydi. Meva o„rtacha 60% gullardan hosil bo„ladi. 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish