• 4.5. QASHQARBEDA Ahamiyati.
  • Oq qashqarbeda
  • Sariq qashqarbeda
  • Biologiyasi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet175/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Hosilni yig„ish. Dukkaklarning 70% yetilganda hosil yig„iladi. Donchilikda 
    qo„llaniladigan texnika yordamida ishlar bajariladi.
     
    Takrorlash uchun savollar: 
    1. Bargakning morfologiyasi bo„yicha bedadan farqi ? 
    2. Bargak necha yil yashaydi? 
    3. Bargakning biologik xususiyati? 
    4. Ko„kat uchun ekish me‟yori 
    5. Bargakni ekish usuli? 
    6. Hosil qanday yig„iladi? 
    7. Bargak ko„kati va pichanining hosili qancha - s/ga hisobida? 
    4.5. QASHQARBEDA 
    Ahamiyati. Qashqarbeda to„yimli oziq beradigan o„simlik, yuqori sifatli 
    ko„kat, pichan, senaj va silos tayyorlanadi. Bir kilogramm ko„katida 17-25 g oqsil 
    va 0,16-0,20 oziq birligi mavjud.
    Qashqarbeda dehqonchilikda ahamiyati katta, chunki qurg„oqchilikka, 
    sovuqqa va sho„rlanishga chidamli o„simlik, tuproqni azot bilan boyitadi, sho„rini 
    kamaytiradi va asal beruvchi o„simlikdir.
    Qashqarbeda 2 yillik o„simlik bo„lib, uning 16 turidan ikkitasi ko„p 
    tarqalgan: oq va sariq qashqarbeda.


    251 
    Oq qashqarbeda - Melilotus albus Mecdir 2 yillik o„simlik, ildizi o„q ildiz 
    bo„lib yaxshi rivojlangan, poyasi o„tsimon, tik o„sadi, yaxshi shoxlanadi, balandligi 
    75-200 sm bo„ladi. Bargi murakkab uch bo„lakli, tukli va tuksiz, yumaloq va 
    cho„zinchoq shaklda. Gullari barg qo„ltiqlarida joylashadi, shingil shakldagi gul 
    to„plamiga ega. Dukkagi mayda, bir urug„li, usti to„rlangan, urug„i mayda, 
    sarg„ich-yashil, 1000 ta urug„ining vazni 1,5 g. O„zbekistonda daryo qirg„oqlarida, 
    ariq bo„yilarida ko„p uchraydi.
    Sariq qashqarbeda - Melilotus offisinalis Pall 1-2 yillik o„simlik o„q ildizli, 
    poyasi tik o„sadi, sershox, antotsian rangli, bargi murakkab, uch bo„lakli. Shingili 
    uzun, gullari sariq rangli, dukkagi mayda, bir urug„li, urug„i mayda, sariq yoki 
    sariq-yashil, 1000 tasining vazni 1,3-1,5 g. Sariq qashqarbeda oziq-ovqatda va 
    farmakologiyada dorivor o„simlik sifatida foydalanadi.
    Biologiyasi. Qashqarbeda biologik xususiyati bo„yicha bedaga yaqin, ammo 
    qishqi qurg„oqchilikkka chidamliligi bedaga nisbatan yuqori, namni ko„p talab 
    qiladigan davri-gullash davri. Shu davrda suv etishmasa bargi to„qiladi.
    Amal davri 80-135 kun. Bu ko„rsatkich bo„yicha mavjud tur xillari va navlari 
    4-ta guruhga bo„linadi: eng ertapishar 80-95 kun; o„rta kechpishar 95-110 kun; 
    kechpishar shakli 110-120 kun va juda kechpishar shakli 120-135 kun. Ertapishar 
    shakllari shimoliy rayonlarda tarqalgan (Rossiya), o„rtakechpishar shakllari cho„l 
    sharoitida tarqalgan; juda kechpishar shakllari O„rta Yer dengiz sohillarida 
    tarqalgan. Sariq qashqarbedaning eng ertapishar shakli Kavkaz tog„larida tarqalgan 
    (amal davri 85-90 kun), eng kechpishar shakllari Ozarbayjonda ekiladi (amal davri 
    130-140 kun).
    Shonalash davrida tez o„sib, sutkalik o„sishi 3-5 sm ga to„g„ri keladi. Erta 
    bahorda o„sishi boshlanadi. Gullash davri tur xillariga qarab 14-15 kun davom 
    etishi mumkin. O„rtacha 8-14 kunni tashkil qiladi. Shingilning pastki qismidagi 
    gullar oldin gullaydi. Shimoliy hududlarda gullash 14-28 kun davom etadi, janubiy 
    xududlarda 30-45 kun davom etadi. Gullash boshlanganda qashqarbedaning poyasi 
    dag„allashadi. Mevasi yetilganda to„qiladi. Qashqarbedaning hamma turlari 


    252 
    ildizida, poyasida, bargida, gulida va mevasida kumarin aromatik (xushbo„y) 
    modda bor.
    rasm-24. Qashqarbeda 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish