• Tuproqqa ishlov berish.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet174/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Yetishtirish texnologiyasi 
    O„tmishdosh. Bargak dala, yem-xashak va tuproqni himoya qilish, 
    almashlab ekish tizimlarida ekiladi. Shuning uchun uning o„tmishdoshi har xil 
    ekinlar bo„lishi mumkin. Bargak uchun eng yaxshi o„tmishdosh - kuzgi bug„doy, 
    ko„kat uchun ekilgan makkajo„xori. Yem-xashak almashlab ekish tizimida bargak 
    donli, yem-xashak, ildizmevali va boshqa ekinlardan keyin ekilishi mumkin.
    O„g„itlash. Ekishdan oldin urug„ga nitragin bilan ishlov beriladi. Bu hosilni 
    5-6 s/ga oshiradi. Nitraginga molibden qo„shilsa, natija bundan ham yaxshi 
    bo„ladi. Bir gektarga ekiladigan urug„ga 200 gramm molibden sarflanadi. 
    Tajribalarda bu tadbir pichan hosilini 8,8 s/ga ko„paytirgan.
    Tuproqqa ishlov berish. O„tmishdosh hosili yig„ilgandan keyin 5-7 sm 
    chuqurlikda dalaga ishlov beriladi. Agar ildizi yaxshi rivojlangan begona o„tlar 
    ko„p bo„lsa, bu ishlovning chuqurligi 10-12 sm bo„lishini talab etadi. Begona 
    o„tlar juda ko„p bo„lsa bu tadbir takrorlanadi va dala chuqur 20-25 sm haydaladi. 
    Qurg„oqchil sharoitda kuzda yer haydaladi. Bahorda kultivatsiya o„tkaziladi va 
    borona yurgiziladi. Ekish oldidan faqat kultivatsiya qilinadi va borogna 
    yurgiziladi.
    Ekish. Urug„ har xil qo„shilmalardan tozalanadi, nitragin bilan ishlov 
    beriladi. Imkoniyat bo„lsa nitragin, molibden bilan ishlov beriladi. Bargak erta 
    ekiladiga donli ekinlar bilan qo„shib ekilgani ma‟qul. Bargak erta ekiladi. Bahorgi 
    ishlar boshlangandan 2-3 kundan keyin bargak ekiladi. Ekish me‟yori 
    sug„oriladigan yerlarda sof ekilganda 90-100 kg/ga. Ekish chuqurligi 3-4 sm.


    250 
    Nav: “Milyutinskiy-2” 
    Parvarishlash. Qoplovchi ekinning hosili yig„ilgandan keyin somondan tez 
    tozalanadi, o„rish balandligi 15-20 sm bo„ladi. Baland qolgan ang„iz bargakni 
    quyosh nurlaridan, qishda esa sovuqdan saqlaydi. Keyingi yili bahorda borona ikki 
    marotaba yurgiziladi, ang„iz maydalanadi. Tuproq yumshatiladi. Bargak pichan 
    uchun o„rilgandan keyin ohir boronalarbilan ishlov beriladi. Gullash davrida 
    dalaga asalari uyalari olib chiqilsa, urug„ hosili ancha oshadi, chunki gullar yaxshi 
    changlanadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish