• Navlari:.
  • Hosilni yig„ish .
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet171/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Ekish muddati va me‟yori. Sebarga erta bahorda oddiy don yoki don-o„t 
    ekadigan seyalkada ekiladi. Sof holda gektariga 12-16 kg, urug„ olish uchun keng 
    qatorlab ekilsa 6-8 kg ekiladi. Boshqa o„tlar bilan qo„shib ekilsa gektariga 6-10 kg 
    urug„ sepiladi. Qizil sebarga bedaga o„xshab qoplovchi o„simliklar bilan ham 
    ekiladi. Urug„i mayda bo„lganligi uchun ekish chuqurligi 2-3 sm bo„ladi.
    Navlari:. UzROS-73, Uzbekistanskiy-3.  
    rasm-23
    . Қизил себарга 


    246 
    Parvarishlash. Maysa unib chiqishidan oldin va maysalanishdan keyin 
    borona qilish tavsiya qilinadi. Sebarga bedaga o„xshab sug„oriladi. Barglarini to„la 
    saqlab, to„yimli ozuqa tayyorlash uchun gullash davrining boshlanishida o„riladi.
    Urug„ olish uchun sebarga keng qatorlab ekiladi yoki ikkinchi yilgi sebarga 
    urug„ olish uchun ajratiladi. 
    Hosilni yig„ish. Yetilganda urug„i to„kilmaydi, gulto„plami 80% qorayganda 
    hosil yig„ishtirib olinadi. Urug„lik yanchiladi, tozalanadi va quritib omborlarda 
    saqlanadi.
     
    Takrorlash uchun savollar: 
    1. Qizil sebarganing kelib chiqish markazi? 
    2. Qizil sebarganing turlari? 
    3. Morfologiyasida bedadan farqi nimada? 
    4. Qaysi ekin bilan almashlab ekiladi? 
    5. Ekish me‟yori qancha bo„ladi? 
    6. Hosil qachon va qanday yig„iladi? 
     
    4.4. BARGAK 
    Ahamiyati. Bargak keng tarqalgan ozuqa beradigan o„simlik. Bargakning 
    100 kg pichanida turlariga qarab 53,5-54,0 oziq birligi va 11,9-12,6 kg oqsil 
    mavjud. Uni hamma chorva mollari xush ko„rib eydi. Bargak ekinlari bilan mollar 
    boqilganda timpanit kasalligiga uchramaydi. Bu o„simlik asal ham beradi
    gektaridan 120-170 kg gacha asal yig„iladi.
    Bargak o„rmon, cho„l, tog„ mintaqalarida keng tarqalgan. Lalmi yerlarda 20-
    75 s, sug„oriladigan yerlarda 150 s gacha pichan olish mumkin. Bir o„suv davrida 
    1-3 marotaba o„riladi. Urug„ hosili 6-18 s bo„ladi.
    Dukkakli o„simliklar kabi bargak ham tuproqni azot bilan boyitadi, bir 
    gektarda 100-200 kg azot to„planadi.


    247 
    Qurg„oqchilikka chidamli o„simlik bo„lganligi O„zbekiston uchun katta 
    ahamiyatga ega. O„zbekistonda sug„oriladigan sharoitda pichan hosili 15/ga, lplmi 
    yerlarda-25-30 s/ga ni tashkil qiladi. Amal davrida 2-3 marotaba o„riladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish